204 -gurux talabasi Mahdiyeva Shahzodaning “Falsafa” fanidan oraliq nazorat ishi Toshkent-2022 y


Download 46.94 Kb.
bet9/11
Sana24.12.2022
Hajmi46.94 Kb.
#1056705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
test

Ulugʻvorlik — estetika tushunchalaridan biri. Hajm va salmoqb-n bogʻliq boʻlgan narsahodisalarning bir qarashda ilgʻab olinmaydigan botiniy jihatlarini, ulkan qudrat va miqyosga ega voqelikning estetik koʻrinishini anglatadi. U. kundalik hayotda istisnoli voqelik sifatida namoyon boʻlib, odatiy voqea-hodisalardan oʻzining favquloddaligi bilan ajralib turadi. U. obʼyektiv va subʼyektiv asosga ega. Yulduzli osmon, vulqon, suv toshqini, ulkan dengiz toʻlqinlari kabi tabiatdagi narsa va hodisalar, fidoyilik, qahramonlik, buyuk tarixiy shaxslarning ijobiy faoliyati kabi jamiyatdagi voqeliklar U.ning obʼyektiv asoslari hisoblanadi. Favqulodda yoki odatiy tasavvurlardan tashqaridagi voqea-hodisalarni estetik idrok etayotgan inson qalbining moyilligi U.ning subʼyektiv asosi sanaladi; koʻpchilikni hayratga solgan voqelik baʼzilarni qayratga solmasligi va aksincha boʻlishi ham mumkin. U. oʻzining har tomonlama ijodiy ifodasini sanʼatda topadi, sanʼatning barcha tur, xil va koʻrinishlari uchun asosiy tasvir obʼyektlaridan biri boʻlib xizmat qiladi. U.ning sanʼatda namoyon boʻlishi axloqiylik va ijtimoiylik bilan bogʻliq. Insoniyat va jamiyat taraqqiyotida roʻy beradigan muhim voqealar, ulkan tarixiy shaxslar faoliyati, qahramonliklari, fidoyiliklari kishilarda hayrat va ularga ta(ushd qilish tuygʻularini uygʻotadi. Sanʼatdagi U. badiiy mazmun va shakl vositasida ifodalanadi, bunda gʻoya hal qiluvchi rol oʻynaydi. U. meʼmorlikda alohida ahamiyat kasb etadi. Misr ehromlari, Samarqand, Buxoro, Xiva sh.laridagi meʼmorlik obidalari oʻzining salobati, ulugʻvorligi bilan kishini hayratda qoldiradi. U. faqat miqyos bilan belgilanmaydi, undagi nafislik, atrof muhit bilan uzviy qoʻshilib ketganlik aloxida ahamiyatga ega. U. insonni olijanoblikka, yuksaklikka, buyuklikka undaydi, tabiat hodisalarini estetik anglash va baholash imkonini beradi, shaxe, jamiyat va millat estetik tarbiyasida muhim rol oʻynaydi.
Kulgililik kategoriyasi. Estetik tafakkur tarixida kulgililik bir qadar keng o‘rganilgan tushuncha hisoblanadi. Jumladan, Aflotun ojiz va layoqatsiz odamlarni kulgili deb hisoblagan bo‘lsa, Arastu kulgi ayrim xatoliklar hamda kishilarga ozor yetkazmaydigan va zarar keltirmaydigan xunuklikni keltirib chiqaradi, deydi. Olmon mumtoz nafosatshunoslaridan Immanuil Kant kulgililikning tabiatini latifa misolida ochib berishga harakat qiladi, Fridrix Shiller hajviyani veallik bilan ideallik orasidagi qarama-qarshilik orqali ko‘rsatib o‘tadi. Heorg Hegel kulgililikning asosini zohiriy ishonch va botiniy to‘laqonli orasidagi qarama-qarshilik orqali ifodalaydi.

Insondagi layoqatsizlik, loqaydlik, mas'uliyatsizlik, izzatta- lablik, shuhratparastlik kabi illatlar kulgililikning obyektlaridir. Shuningdek, kulgi — axloq hududlarini bezarar buzishdir. Har qanday ozod inson hazil bilan ro‘baro‘ kelishi mumkin. Bu ho- latda kulgi insonning shaxsiy ehtiyojini qondiradi. Inson kulishga va kuldirishga qodir bo‘lgan yagona mohiyatdir. Kulgililik boshqa estetik hodisalar singari faqat obyektiv tomonga ega bo‘lmay, sub- yektiv tomonlarni ham o‘zida birlashtiradi. Kulgililikning sub- yektiv tomoni — keng ma'nodagi hazil (yumor) tuyg‘usidir.


Download 46.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling