20г майдаланмаган доннинг \уритишдан кейинги


Xulosa: aralashmalar ko‘rsatkichlari standart bilan taqqoslanadi. Laboratoriya ishi №21. Moyli donlarning sifat ko’rsatkichlarini aniqlash


Download 1.69 Mb.
bet36/51
Sana02.04.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1320707
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   51
Bog'liq
laboratoriya mashug\'lot 2020(1)

Xulosa: aralashmalar ko‘rsatkichlari standart bilan taqqoslanadi.
Laboratoriya ishi №21. Moyli donlarning sifat ko’rsatkichlarini aniqlash.


Ishdan maqsad: Moyli donlarning moydorligini aniqlash. Moyli donlarni turlarini o’rganish.
Kerakli asbob va uskunalar:
1. O’rtacha namuna.
2. Texnik tarozi
3. Naab uskunasi
Asosiy tushuncha
Moyli donlar tarkibida moyga boy donlar kiritilgan. Moyli donlar ishlatilishiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi.
1. Moy olish maqsadida ekiladigan o‘simliklar: kungaboqar, masxar, kanakunjut, zig‘ir, xartol (gorchisa), raps, surepitsa, rojok, kunjut, ko‘knor, lallemansiya, perilla. Bu guruhga ko‘pincha soya va yeryong‘oq ham kiritiladi.
2. Tola va yog‘ olish uchun ekiladigan o‘simliklar: zig‘ir, nasha, chigit, kanop.
3. Efir moyi hamda oddiy o‘simlik moyi olinadigan o‘simliklar:
kashnich, anis, qora zira, arpabodiyon (oqzira), fenxel, sedana (chyernushka).
Moyli donlarning xalq xo‘jaligida oziq-ovqat va texnik moy uchun xom ashyo sifatida ahamiyati juda katta.
O‘simlik moyi sifatida kungaboqar, kunjut, xartol, chigit, raps, ko‘knor, masxar, zig‘ir, nasha, rojok urug‘ining yog‘lari ishlatiladi. Ta’m jihatidan kunjut, xartol, kungaboqar, ko‘knor yog‘lari juda yaxshi hisoblanadi. O‘simlik moylari qattiq yog‘lar (margarin) olishda, sovun pishirish, teri, lak-bo‘yoq tayyorlashda, linoleum, klyonka, sun’iy charm, suv o‘tkazmaydigan matolar ishlab chiqarishda ham qo‘llaniladi. Yog‘ moy korxonalarida, yog‘ moy olingach qoladigan oraliq mahsulot – kunjara va shrotlar, oqsil mineral moddalar, uglevod, vitaminlar yog‘ga boy bo‘lganligi sababli omixta yem tayyorlashda qimmatli konsentirlangan yem sifatida ishlatiladi. Ekilishi bo‘yicha moyli donlardan birinchi o‘rinlarga chigit, kungaboqar, zig‘ir, raps urug‘lari egallaydi.
Apparat ikki xil qurilmasidan iborat: 1-qurilma Zaychenko uskunasi uslubida ishlaydi, 2-qurilma esa Tvisselman uskunasi uslubida ishlaydi, lekin Naab uskunalari konstruktiv ko’rinishi jihatidan Zaychenko va Tvisselman uskunalaridan farq qiladi. Aniqlash Naab uskunasida o’tkaziladi (2-rasm).
Uskunaning 1-qurilmasi qabul qiluvchi kolba 1 va sovitgich 2 dan iborat. Ekstraksion patron ilgaklarga shunday osiladiki, patronning pastki qismi erituvchiga tegmay turadi.
Uskunaning 2-qurilmasi qabul qiluvchi kolba 1, ekstraktor 2 va sovitgich 3 dan iborat. Patron sovitgich ilgagiga ilinadi va uskuna rasmda ko’rsatilganidek qilib yig’iladi.
Materialni ekstraksiyaga oddiy yo’l bilan tayyorlanadi.
Naab uskunalari bilan ishlaganda tahlil qilinayoggan materialdan 1-qurilma uchun 5g, 2-qurilma uchun 10g miqdorda filtr qog’ozli patronlarga joylanadi.
2-rasm. Naab ekstraksiya uskunasi

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling