20г майдаланмаган доннинг \уритишдан кейинги
Xulosa: quyidagi namuna standart bilan taqqoslanadi. Laboratoriya ishi №22. Dukakli donlarning sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash
Download 1.69 Mb.
|
laboratoriya mashug\'lot 2020(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli asbob va uskunalar
- Asosiy tushunchalar
Xulosa: quyidagi namuna standart bilan taqqoslanadi.
Laboratoriya ishi №22. Dukakli donlarning sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash Ishning maqsadi: - dukkakli ekinlar donlari tarkibi, turlari, xillari va sinflari bilan tanishish; - dukkakli ekinlar donlari aralashmasini tahlil qilish; - donning ifloslanganligi, zararkunandalar bilan zararlanganligini aniqlash; - donning namligini aniqlash. Kerakli asbob va uskunalar: 1.Xomashyolar: dukkakli ekinlar donlari (nuxot, loviya, chechevitsa, china, nut, soya, dukkaklar). 2. Kimyoviy reaktivlar: 1% li yod eritmasiga ega kaliy yodit, kaliy yodit 1% eritmasi, 0,5% li o‘yuvchi natriy eritmasi, 1% li kaliy permanganat eritmasi. 3. Qopqoqli byukslar, quritish shkafi, tegirmon, eksikator, laboratoriya tarozisi, saralash taxtasi, shpatel yoki pinset, teshiklarining o‘lchami 1,5 va 2,5 mm bo‘lgan elaklar to‘plami, lupa, soat, termometr, sovochek, filtr qog‘oz, lezviye (skalpel), sig‘imi 500 sm3 bo‘lgan kolba,sig‘imi 200 va 500 sm3 bo‘lgan chashka va stakanlar. Asosiy tushunchalar Dukkakli donlarga no‘xot, chechevitsa, loviya, soya, vika dukkaklari, china, nut, mosh kiradi. Dukkakli ekinlar kata maydonlarga ekilmaydi. Ular ichida no‘xot, chechevitsa, loviya, mosh soya keng tarqalgan. Dukkakli ekinlar donlarida oqsillar miqdori ko‘p. Dukkakli ekinlar donlarida 28-32%, soya donida esa 40% ko‘proq oqsil mavjud. Oqsillar tarkibi globulinlardan: no‘xotdagi legumin, soyadagi glitsenin, loviyada fazeolin va boshqalardan iborat. Dukkaklilar oqsillari katta miqdorda almashinmaydigan aminokislotalarga, xususan lizinga boy. Dukkaklilar oqsillari nisbatan sekin bo‘kadi va pishirish vaqtida sekin denaturatsiyalanadi. Dukkaklilarda uglevodlar asosan kraxmaldan iborat bo‘lib, 50-60% gacha yetadi. Faqat soyada kraxmal mavjud emas. Urug‘ qobig‘ida kletchatka, pentozanlar, va qandlar miqdori soyada yuqori bo‘ladi. Barcha dukkakli ekinlarda yog‘ miqdori kam bo‘lib, 2,9-3% ga teng. Soyada yog‘ miqdori 20% atrofida bo‘ladi. Dukkakli ekinlarda mineral moddalar miqdori 2,5-3% ga yetadi. Temir, fosfor va kalsiyga boyligi sababli dukkakli ekinlarning mineral moddalari ovqatlanishda qimmatli hisoblanadi. Bundan tashqari dukkaklilarda B1, B2 va PP vitaminlarining miqdori katta. Boshqa dukkakli ekinlar (dukkaklar, vika) kletchatka miqdorining kattaligi (10% gacha) va kraxmal kamligi bilan farq qiladi. No‘xot. No‘xotning barcha navlari ikki guruhga bo‘linadi:otish va shakarli. Otshi navlarida qobiq ostida mustahkam pergament qavati bo‘ladi, shu sababli butun holda ovqatga ishlatilmaydi. Yetilgan vaqtida dukkaklar yoriladi va qobiqlar o‘ralib qoladi. Shakarli navlari pergament qavatiga ega emas, egilganda oson sinadi va konservalashda ishlatiladi. GOST 28674-90 ga ko‘ra tayyorlanadigan va ovqatga ishlatiladigan, yem-xashak va omixta yemga ishlatiladigan no‘xot turlarga va xillarga bo‘linadi: I-xil. Ovqatga ishlatiladigan: 1-xil xilligi–urug‘lar rangi sariq tusli, urug‘ qobig‘i shaffof. Navlari: Kazanskiy 38, Chishminskiy 242; 2-xilma xilligi–urug‘lar rangi yashil, qobig‘i shaffof; navlari: Tulunskiy yashil; II-xil. Yem-xashakka mo‘ljallangan: xillarga bo‘linmaydi. Tayyorlanadigan no‘xot uchun mo‘ljallangan bazis me’yorlar: namligi - 15,0%; iflos aralashmalar - 1,0%; donli aralashmalar I xil uchun - 2,0%, II xil uchun - 4,0%; zararkunandalar bilan zararlanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Oziqaviy konsentratlar iste’molchilari uchun no‘xotning qaynab pishishi katta ahamiyatga ega. No‘xotning turli navlari turlicha qaynab pishish davomiyligiga ega bo‘lib, 65-100 minutni tashkil qiladi. Qaynab pishishiga navi va urug‘lar o‘lchamlarida tashqari saqlanish davomiyligi va olovda quritish ham ta’sir ko‘rsatadi. Chechevitsa. Rangiga qarab chechevitsa xilma-xilliklarga bo‘linadi: to‘q yashil, och yashil va rangi bir jinsli bo‘lmagan (qo‘ng‘ir, jigarrang). Don o‘lchamlari chechevitsa sinfini belgilaydi: 1-sinfdagi donlar o‘lchami 6,25-6,75 mm, 2-sinfdagi dolar – 5,25-6,25 mm va 3-sinfdagi donlar - 4,25-5,25 mm ga teng. Barcha sinfdagi donlar 80% tekislanganlikka ega bo‘lishi kerak. Loviya. Standart bo‘yicha loviya oq rangli – I xil va rangli– II va III xillarga bo‘linadi. Oq loviya shakli va o‘lchamlariga ko‘ra quyidagi xilma-xilliklarga bo‘linadi: bomba – uzunligi 9-15 mm ga teg bo‘lgan dumaloq yirik don; oval – kichik, oval shaklli; perlovka – kichik oval donli; iloncha –cho‘zinchoq, egilgan donli; rachki – cho‘zinchoq tutamli donli; kurakcha –juda yirik tekis donli. Rangli loviya ikkita xilga bo‘linadi: bir tusli - yashil (och va to‘q yashil), jigarrang, to‘q-qizil, chipor. Soya. Soya tarkibida 40% oqsil mavjud. Soya oqsillari asosan glitsen globulinidan iborat. Soya oqsillari aminokislota tarkibi bo‘yicha qiymatli hisoblanadi. Soyadagi yog‘ miqdori 20% ga teng. Yog‘ tarkibiga olein va linol kislotasi, palmitin kislotalari kiradi. Soyada katta miqdorda letsitin va kefalin fosfatidlari mavjud. Soya uglevodlari 22-35% ga teng. Ular asosan saxaroza, dekstrinlar, gemisellyuloza – geksozanlardan (galaktanlar) va pentozanlar, kletchatka va kam miqdorda rafinoza va monosaxaridlardan iborat. Soya arkibi kraxmal mavjud emas. Soya mineral moddalarga boy bo‘lib (4-6%), fosfor, kalsiy, kaliy, magniy, temir, margans va misga boy. Bundan tashqari soyada vitaminlar ko‘p. Dukkakli ekinlar donlari aralashmasini tekshirish. Talabalarni dukkakli ekinlar turlari va xillari, ularni turli xillarga va xilma-xilliklargamansubligi, shakli, o‘lchamlari va don rangining standart va etalon namunalarga mosligi bilan tanshirish kerak. Oldindan tayyorlab qo‘yilgan dukkakli ekinlar aralashmasidan qo‘l yordamida 100 g o‘lchanma olinadi, tekshirish taxtasiga ko‘chiriladi va mavjud standart va etalonlar yordamida aralashma no‘xot, loviya, chechevitsa, chin, nut, soya, dukkaklar va boshqalarga ajratiladi. Donlarni ajratish har bir o‘simlik doni turini alohida qo‘yib, eng kichik fraksiyalarni ajratishdan boshlanadi. Don aralashmasi ajratib bo‘lingach har biri alohida texnik tarozida o‘lchanadi, foizdagi ulushi aniqlanadi va har bir dukkakli don turiga alohida tavsif beriladi. Loviya va no‘xotning tipik tarkibi aralashmadan barcha singan, shikastlangan donlarni ajratishdan keyin amalga oshiriladi. No‘xotning tipik tarkibini aniqlash. No‘xotning tipik tarkibini aniqlash uchun 100 g o‘lchanma olinadi, iflos va donli aralashmalardan, singan, yarimta donlardan tozalanadi. Butun no‘xot donlari guruhlarga ajratiladi: asosiy xildagi no‘xot, boshqa xildagi no‘xot donlari aralashmalari. Yuzasida dog‘lari bo‘lgan barcha donlar ikkinchi turdagi no‘xotga bo‘linadi. Ikkinchi va boshqa xildagi no‘xot turiga ajratishda shubha tug‘dirgan donlar o‘lchanadi, har bir donning o‘rtacha vazni aniqlanadi va 5 minut 1-2% li ikki xrom oksidli kaliy eritmasida qaynatiladi. Qaynatishdan so‘ng donlarning bir qismi to‘q-qo‘ng‘ir rangga ega bo‘ladi, ayrimlari bo‘yalmasdan qoladi. Bo‘yalgan donlar ikkinchi xildagi, bo‘yalmagan donlar birinchi xildagi no‘xotga mansub bo‘ladi. Olingan natijalar aralashmalarsiz no‘xotning foizlardagi miqdorida ifodalanadi. Loviyaning xil tarkibini aniqlash. Loviyaning xil tarkibini aniqlashda farqli xususiyatlardan foydalaniladi. Xil tarkibini aniqlash uchun 100 g o‘lchanma olinadi, boshqa xildagi donlar ajratib olinadi. Ajratilgan fraksiyalar o‘lchanadi va har bir fraksiyaning vazni foizlarda ifodalanadi. Dukkakli ekinlar donlarini yaqqol tarzda zararkunandalar bilan zararlanganligini aniqlash. Yaqqol kuzatiladigan zararlanish – namunani kuzatishda oddiy ko‘z bilan ko‘rinadigan zararkunandalar mavjudligi hisoblanadi. Yashirin zararlanish – don ichida lichinka yoki rivojlangan zararkunandalaning mavjudligi hisoblanadi. Ajratib olingan don namunasi o‘lchanadi va teshiklarining diametri 1,5 va 2,5 mm bo‘lgan elak yordamida elaklanadi. Agar donning harorati 5ºS dan past bo‘lsa, elakdan o‘tlan va elakda qolgan don namunalari 15 minut davomida 25-30ºS haroratda qizdiriladi. Diametri 2,5 mm o‘lgan elakda qolgan donlar tekshirish taxtasiga yupqa qatlamda tekislanadi va shpatel yordamida qo‘lda yirik zararkunandalar mavjudligi tekshiriladi. Lupa yordamida kichik zararkunandalar mavjudligi kuzatiladi. O’lik zararkunandalar iflos aralashmalarga kiradi va zaralanganlikni aniqlashda hisobga olinmaydi. Aniqlangan tirik zararkunandalar 1 kg don uchun qayta hisoblanadi. Donni zarakunandalar bilan yashirin zararlanganligini aniqlash. Donning zararlanganligi o‘rtacha namunadan olingan 50 g o‘lchanmadagi donlarni bo‘laklab aniqlanadi. O’lchanmadan 50 dona don ajratib olinadi va skalpel yordamida teng ikkiga bo‘linadi. Bo‘laklangan donlar lupa yordamida kuzatiladi va turli rivojlanish bosqichidagi tirik hashrotlar miqdori aniqlanadi. Yashirin shaklda zararlangan donlar miqdori (Xz), %, quyidagi formula yordamida aniqlanadi: Xz= nz*100/n bu yerda: nz – zararlangan donlar miqdori, dona; n – tekshirish uchun olingan donlar miqdori, dona. Download 1.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling