20г майдаланмаган доннинг \уритишдан кейинги
Download 1.69 Mb.
|
laboratoriya mashug\'lot 2020(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy tushuncha
X=
Xulosa: natijalar standart bilan taqqoslanadi va bu don partiyasini yorma ishlab chikarish maqsadida ishlatilishi mumkinligi xaqida xulosa qilinadi. Laboratoriya ishi №19. Tariq va grechixa donidagi mag’iz miqdorini aniqlash. Ishdan maqsad: Tariq donining mag’iz miqdorini aniqlash usullarini o’rganish. Grechixa donidagi mag’iz miqdorini aniqlash uslubini o’rganish. Asosiy tushuncha Tariq yuqori hosilli o‘simlik bo‘lib, yuqori agrotexnik sharoitlarda bitta tup gulida 1000 gacha don hosil bo‘lishi mumkin. Hosildorligi 25-30 s. ga va yuqori bo‘ladi. Tariq mevasi oval, sharsimon shikldagi qobiqdor don. Don o‘lchamlari mayda. Uzunligi 2-3 mm, eni 1,5-2 mm, qalanligi 1,3-1,8 mm. 1000 ta don vazni 4-10 g. donning ustki qismi yaltiroq. Rangi oq kremli, sariq, qizil, jigar rang, kul rang, qora bo‘lishi mumkin. Tariq donining shakli va rangining texnologik ahamiyati katta. Yorma ishlab chiqarishda, tariq donining qobig‘ini ajratish bosqichida, sharsimon donlar qobig‘idan oson ajraladi. Oq va krem rangli tariq donlari boshqa rangli donlarga nisbatan qobig‘idan oson ajralishi kuzatilgan. Shuning uchun standartda donining rangi tariqning tiplarga bo‘lishda e’tiborga olingan. Tariq yadrosiga qobig‘i zich joylashgan. Gul qobiq qalinligi 0,1-0,15 mm bo‘lib, 3-4 qavat to‘qimadan iborat. Asosan kletchatka, pentozanlar va mineral moddalardan tashkil topgan. Qobiqdorlik 14-23% bo‘lishi mumkin. Puch tariq donida qobiqdorlik 65,5% ga borishi mumkin. Puch donlar to‘pguldagi gullashning barobar bormasligi, donning barobar yetishmasligi natijasida hosil bo‘ladi (don yetilishi 10-12 kun). Tariq yadrosi sariq rangli yoki krem tusli bo‘ladi. Sariq yadrosi shaffof bo‘lib, texnologik xossalari yuqori. Urug‘ va meva qobig‘i yadroni yupqa, rangsiz qatlam bilan qoplagan bo‘dib 3% ni tashkil etadi. Aleyron qatlam bir qator yupqa to‘qimalardan iborat, yadroning 6% ni tashkil etadi. Mevasi rangi kulrang va jigar rang bo‘ladi. Donining o‘lchamlari naviga, yetishtirish xududi va sharoitiga bog‘liq. Uzunligi 5,0-7,3 mm, eni 2,9-5 mm, qalanligi 2,8-3,9 mm. 1000 ta don vazni 15-40 g, ko‘pincha 18-34 g bo‘ladi. Grechixaning mevasi meva va urug‘ qobig‘idan, aleyron qatlam, endosperm va murtakdan iborat. Meva qobig‘ining qalanligi 0,12-0,18 mm bo‘lib, to‘rt qator to‘qimadan iborat. Grechixaning qobiqdorligi 17-27% gacha bo‘ladi. Rivojlanmay qolgan puch donlarda 40-50% ga yetishi mumkin. Meva qobig‘ini tagida grechixa yadrosi joylashgan. Yadro uch qirrali shaklda bo‘lib, urug‘ qobig‘i bilan qoplangan, yetilgan urug‘ yadrosi rangi kremli yoki pushti rang, yetilmagan yadrolar och-yashil rangda bo‘ladi. Urug‘ qobiqi 1,2-2,0% ni tashkil etadi. Suvda pishirliganda yoki qizdirilganda urug‘ qobig‘ining rangi jigar rang tusga kiradi. Aleyron qavat 3-5% tashkil etadi. Endosperm yrik qalin devorli to‘qimalardan iborat bo‘lib, kraxmalga boydir. Endosperm konsistensiyasi unsimon 55-65% tashkil etadi. Endospermi juda nozik bo‘lganligi uchun oson maydalanib ketadi. Download 1.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling