20г майдаланмаган доннинг \уритишдан кейинги


Download 1.69 Mb.
bet43/51
Sana02.04.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1320707
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   51
Bog'liq
laboratoriya mashug\'lot 2020(1)

Unni sifatini baholash

Un navi

Hidi

Ta’mi

g‘ijirlash borligi

Rangi

quruq namuna bo‘yicha

Namlangan (xo‘llangan) namuna bo‘yicha











































































Xulosa: Bug‘doy unini organoleptik ko‘rsatkichlariga baho bering.
Laboratoriya ishi № 25. Bug‘doy undagi metallomagnit qo‘shimchalar miqdorini aniqlash.


Ishdan maqsad: Bug‘doy undagi metallomagnit qo‘shimchalar miqdorini aniqlash uslubini o‘rganish.
Asosiy tushuncha
Ishlab chiqarilayotgan unning sifat ko‘rsatkichlari standartlar yoki vaqtincha me’yoriy texnik shartlarda ko‘rsatilgan normalarga javob berishi kerak. Un tayyorlaydigan, maydalaydigan tegirmonlarda texnologik jarayonni tashkil qilish va olib borish qoidalariga muvofiq. 1kg undagi matallmagnit aralashmalar miqdori 3 mg dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Bunda ayrim zarrachalarning kattaligi uzunasiga 0,3mm dan oshmasligi kerak, metall, ruda, shlaklarning zarrachalari og‘irligi esa 0,4mg dan oshmasligi kerak. Metallmagnit aralashmalari tayyorlangan unga tushib qolmasligi uchun tortib joylashtiradigan uskunaning magnit to‘siqlariga alohida e’tibor berish kerak.
Undagi metallmagnit aralashmalari miqdorini tahlil qilish smenida 4-8 marotaba o‘tkaziladi. Metallmagnit aralashmalari normadan oshiq bo‘lgan mahsulot qayta ishlashga qaytarilishi kerak.
Ishni bajarish tartibi
Kerakli asbob va uskunalar:
1. 100-200 ml buluvchi voronka
2. 50-100 ml hajmdagi kimyoviy stakan quritish shkafi
3. Analitik tarozi
4. Takasimon magnit (12kg yukni ko‘taradigan)
5. Lupa
Ishni xar bir talaba mustaqil ravishda 2-soat davomida bajarishi kerak.
Unni metallmagnit aralashmalarini miqdorini aniqlash uchun 1kg og‘irlikda tortishma (naveska) olinadi. Metallmagnit aralashmalarini VPF pribori yordamida yoki qo‘lda ajratib olish mumkin. qo‘lda ajratish uchun 12kg dan kam og‘irlikni ko’tara oladigan taqasimon magnit ko‘llaniladi. Un tortishmasi (naveska) yassi taxtaga to‘kiladi, aralashtiriladi va 5mm dan oshmaydigan qalinlikda tekkislanadi. Magnitni bo‘yi va eni bo‘yicha sekin yurgaziladi, shunday qilinadiki magnit poloslari to‘kilgan unni qurshab olishi kerak (u mahsulotni eng qalin joyidan taxtacha ustiga ozroq tekizilib o‘tishi kerak). Metallmagnit zarrachalari magnitdan oq qog‘ozga olinadi. Uchinchi tekshiruvdan so‘ng tahlil tamomlanadi. Har bir tekshiruv oldidan un aralashtiriladi va ingichka qatlam qilib tekkislanadi. VPF priborida metallomagnit aralashmasi shu priborga ilova qilingan ko‘rsatma bo‘yicha aniqlanadi. Ajratilgan metallomagnit aralashma oldindan tortilgan soat shishaga o‘tkaziladi va 0,2 mg aniqlikda analitik tarozida tortiladi. Keyingi aralashma tarkibi ko‘rib chiqiladi. Yirik zarrachalar va o‘tkir qirrali zarrachalar ajratiladi, har bir zarracha alohida tortiladi, qo‘lda yoki PIF priborida eng katta uzunligi aniqlanadi. 0,3mm razmerli bo‘linmali o‘lchash turi (setkasi) yordamida qo‘lda o‘lchanganda zarra setka kvadratining biror tomoni bo‘yicha qo‘yiladi va u lupa yordamida tekshiriladi. PIF priborida o‘lchanganda zarralar predmet yassi shishaga qo‘yiladi, uni pribor stolchasiga qo‘yiladi va pribor yoqiladi. Ekrandagi konturlar ko‘rinishiga qarab ularni razmerlari aniqlanadi.
Olingan un namunasidan PVO pribori yordamida yoki qo‘lda metallmagnit aralashmalari ajratiladi. Keyin ularni analitik tarozida tortiladi, olingan natijalarni milligramlarda to‘liq raqamlargacha keltirilib, 1kg un massasi uchun milligramlarda ko‘rsatiladi. Eng katta metallmagnit zarrachalarni alohida tortiladi, ularni massasini analizi natijalari jadvalga yoziladi. Yirik zarrachalarning eng tomonini razmer PIF pribori yoki o‘lchagich tur va lupa yordamida foydalanib o‘lchanadi. O’lchash natijalari xam jadvalga kiritiladi.
Undagi metallmagnit aralashmasini aniqlash natijalari.

Un namunasi nomeri

Metallmagnit aralashmasini umumiy miqdori,mg

Aralashmani eng yirik zarrachalari massasi, mg

Aralashmani eng yirik zarrachalarini eng katta uzunligi, mm













Xulosa: Olingan natijalar normalar bilan taqqoslanishi kerak va unning sifat ko‘rsatkichlarini GOST 20239-74 talablariga javob berish haqida xulosa qilinadi.

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling