Laboratoriya ishi №29. Yormalarning sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash. Guruch yormasining sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash.
Ishdan maqsad: Yormalarning sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash uslubini o‘rganish. Guruch yormasidagi aralashmalarni aniqlash va naviga baho berish.
Kerakli asbob va uskunalar:
1. Texnik tarozi.
2. Tahlil taxtasi.
3. Likopcha, kurakcha.
4. Elak Ø 1,5 mm.
Asosiy tushuncha
Sifatiga qarab bu tur guruch yormalari oliy, I va II navlarga bo‘linadi.
Sayqallangan guruch yormasi tozalangan yormani sayqallovchi mashinalarga qo‘shimcha ishlov berish natijasida olinadi. Umuman bunday yormalar shishasimon guruchdan olinib, butunlay endospermdan tashkil topadi. Bu xil guruch yormasi xam sifatiga qarab oliy, I va II navlarga bo‘linadi.
Oq ushoq (maydalangai guruch) - bu yorma tozalangan va sayqallangan guruch tayyorlash jarayonida xosil bo‘lib, o‘lchamlari butun guruch o‘lchamining 2/3 qismidan kichik bo‘ladi. Oq ushoq navlarga bo‘linmaydi.
Ishni bajarish tartibi:
25 g guruch yormasi texnik tarozida tortib olinadi va tahlil taxtasiga joylashtirib aralashmalarga ajratiladi.
Keraksiz aralashma fraksiyalari:
-Mineral aralashma (qum, tuproq);
-Organik aralashma (gul qobiqlari, poya qismlari);
-Begona urug‘lar (barcha yovvoyi va madanli o‘simlik urug‘lari);
-Sifati buzilgan yadro (chirigan mog‘orlagan, endospermi jigar rangdan qora rangacha);
2. qobig‘i olinmagan sholi doni (gul qobig‘idan ajralmagan sholi doni)
3. Maydalangan guruch (Ø 1.5mm elakdan o‘tmagan. 3/2 qismi qolgan yorma)
Oliy navda 4% dan yuqori;
Birinchi navda 9% dan yuqori;
Ikkinchi navda 13% dan yuqori;
4. Sarg‘aygan yadroli guruch yormasi
oliy navda 0,5% dan yuqori;
Birinchi navda 2% dan yuqori;
Ikkinchi navda 8% dan yuqori;
5. Glyutinoz yadroli guruch;
Oliy navda 1% dan yuqori;
Birinchi navda 2% dan yuqori;
Ikkinchi navda 5% dan yuqori;
6. Muchka - Ø1,5mm elakdan o‘tgan yorma kukuni
Barcha fraksiyalar alohida tarozida tortilib, %da ifodalanadi. Guruch yormasidagi sifatli yadro miqdorini aniqlash. Sifatli yadro miqdorini aniqlash uchun guruch yormasidagi barcha aralashalar foizi ozdan ayrilib topiladi.
SYa =100-A
Do'stlaringiz bilan baham: |