21-bilet 1- savol


Download 27.89 Kb.
bet3/8
Sana01.04.2023
Hajmi27.89 Kb.
#1317807
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
otashdan

22- bilet. 2- savol. Emotsional gaplar. So'zlovchining o'ta xursandlik yoki o'ta xafalik holatlarini yoki qahramonning his-hayajonini, voqea-hodisaga emotsional munosabatini ifodalovchi gaplar emotsional gaplar hisoblanadi. Emotsional gaplar tarkibida maxsus ijobiy va salbiy bo'yoqdor so'zlar (chehra, o'ktam,tabassum/turq, qo'pol, tirjaymoq kabi) mavjud bo'ladi. O'sha so'zlar orqali qahramon ruhiyatida kechayotgan sevinish, qo'rquv, g'azab kabi psixologik jarayonlarni hamda yozuvchining tasvir obyektiga nisbatan subyektiv munosabatini bilib olamiz. Emotsional gaplar tarkibida ijobiy yoki salbiy bo'yoqdor so'z va iboralar, his-tuyg'u ifodalovchi undovlar (oh, voy sho'rim, eh attang, bay-bay-bay kabi), munosabat ifodalovchi undalmalar qatnashadi va ular nutqning ekspressivligini ta'minlashga xizmat qiladi.
22- bilet. 3- savol. Buyruq mazmunli matnlar (Le texte injonctif-injonktiv matn). Buyruq hamda maslahat ohangi yetakchilik qiladigan, buyruq maylidagi gaplardan tuzilgan, biror ishni bajartirish yoki turli ta'qiqlashlarni ifoda etadigan matn tipiga buyruq mazmunli matn deyiladi. Asosan qahramonlar nutqida kuzatiladi. Lekin muallif nutqida maslahat yoki tavsiya ma'nosida qo'llanilishi ham ma'lum. Masalan: Odat. Ishdan nega kech kelganingizni surishtirsa, xayron bo'lmang. Bo'yinbog'ingizni echishga ko'maklashish bahonasida yoqangizni hidlab ko'rsa, hayron bo'lmang. Majlisda nima masala ko'rilganini so'rasa, hayron bo'lmang. Kimning yonida o'tirganingizni so'rasa, hayron bo'lmang. Telefoningiz rangi qanaqaligini so'rasa, hayron bo'lmang. Necha kishi qo'ng'iroq qilganini so'rasa hayron bo'lmang. Qayerda tushlik qilganingizni so'rasa, hayron bo'lmang. Bufet nechanchi qavatdaligini so'rasa, hayron bo'lmang. Nima ovqat yeganingizni so'rasa, hayron bo'lmang. Sizga choyni qaysi qo'li bilan uzatganini so'rasa, hayron bo'lmang! Boringki, oftob qaysi tomondan chiqqanini so'rasayam hayron bo'lmang. Qiziquvchanlik- ayolning tabiiy odati .Buzilgan nikoh. Uyni qonuniy boʻlashdingiz... Mol-mulkni qonuniy boʻlashdingiz... Muhabbat bo'laklandi... Sadoqat bo'laklandi... Bola-chi? Bolani qaysi qonun bilan boʻlashasiz? Onasi bilan bo'lsa, otasiz qolsa. Otasi bilan bo'lsa, onasiz qolsa... Yaxshisi, uniyam ikkiga bo'ling! Bir nimtasieriga! Bir nimtasi-xotinga! Qani ko'taring boltani, bolaning uvoli tutgurlar!. Vaqti-vaqti bilan qabristonga borasiz. Ajdodlaringiz boshida turib o'tganlar ruhini xotirlaysiz... Keyin... oʻz yumushingiz bilan ketasiz. Dunyo ishi bitganmas... Iloji bo'lsa, qabristonni osoyishta aylaning. Shunda... g'alati holat ro'y beradi. Marhumlar sizga ko' o'-o'p narsalar aytadi...Ishoning, o'liklar tiriklardan ko'ra teranroq fikrlaydi... (O'.Hoshimov)


Download 27.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling