21-bilet 1- savol


Download 27.89 Kb.
bet4/8
Sana01.04.2023
Hajmi27.89 Kb.
#1317807
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
otashdan

23-bilet.[1-savol]1. Sozning qanday manolari mavjud? Misollar asosida tushuntiring. Soz eng muhim til birliklaridan biridir, chunki kishilar soz vositasida ozaro bir­birlari bilan fikrlashadilar va bir­birlarini anglaydilar. Tilning umumiy lugat tarkibini tilda mavjud bolgan barcha faol va nofaol sozlar tashkil qilib, ular kishilarning kundalik turmush sharoitida, ijtimoiy ishlab chiqarishda va boshqa munosabatlarida shu tilda sozlashuvchi shaxslarning barchasi uchun xizmat qiladi. Ayrim olingan har bir sozning ham tovush, ham mano tomoni mavjud bolib, uning mano tomoni bilan leksikologiyaning maxsus sohasi semasiologiya shugullanadi. Semasiologiya sozi sema - mano, logos - talimot sozlaridan tarkib topgan bolib, sozning mano xususiyatlari bilan shugullanadi. Korinadiki, sozning mano tarkibi va u bilan bogliq hodisalarni organuvchi sohaga semasiologiya deyiladi.Nutqning aniq va ravonligi, avvalo, sozdan togri foydalanishga bogliq. Buning uchun esa sozning leksik manosini anglash zarur. Aks holda mantiqiy fikr ifodalab bolmaydi. Masalan, Endi dilrabo kuy va qoshiq tinglab tomosha qiling gapidagi tomosha qilmoq iborasi xato qollanilgan. Sababi kuy va qushiq tomosha qilinmaydi (raqs tomosha qilinadi), aksincha, tinglanadi, xolos. Shu orinda M. V. Lomonosovning «Agarda biror narsani aniq ifodalay olmas ekanmiz, bunda tilimizdan emas, balki uquvsiz mahoratimizdan gina qilishimiz kerak», degan fikrini keltirish mumkin. Zero, Zahiriddin Muhammad Bobur ogli Xumoyunga yozgan maktublaridan birida uning fikr ravonligi va aniqligiga rioya qilmaganligidan tashvishlanib «Xatingni xud tashvish bilan oqisa boladi. . . Mundin nari betakalluf va ravshan va pok alfoz bila but, ham senga tashvish ozroq bolur, ham oqiguvchiga», - deydi. Omonimlar. Fonetik jihatdan, shaklan teng, mano jihatdan ozaro farqlanuvchi sozlar majmuasi omonimlardir. Masalan, ot (1­ ish hayvoni; 2­ ism, nom; 3­ III shaxs buyruq feli) sozi omonim bolib, bir qarashda kop manoli (polisemantik) sozdek tuyuladi. Biroq polisemiyada sozlar ortasidagi mano yaqinligi mavjud boladi: ishning kozi, yogochning kozi, buloqning kozi, uzukning kozi, kabi. Paronimlar ham omonimlar bilan bazi jihatlariga kora oxshashdir. Paronimlar tovush jihatidan butunlay teng bolmasa­da, talaffuz jihatdan bir-biriga yaqin sozlardir: adresat-adresant, diplomat-diplomant, abzal-afzal, mavsum-maxsum kabi. Sinonimlar. Manodosh yoki ozaro yaqin manoli, talaffuz va imlosi boshqa­boshqa sozlar yigindisi sinonim hisoblanadi: chiroyli, gozal, korkam, kohlik, xushroy, suluv, zebo kabi.Antonimik holat soz birikmalarida kuzatiladi: katta qora sumka - kichik qizil sumka, baland boyli semiz yosh kishi - past boyli oriq qari kishi kabi.Antonimlar tilning kuchli uslubiy vositalaridan biri hisoblanadi. Narsa va hodisalarni tasvirlashda, qarama-qarshi qoyish - kontrastlar hosil qilishda foydalaniladi: Ota­ona uyquga ketdi,Uyda faqat Inobat bedor. . .Kichik qalbda buyuk sevinch bor Yer yuzini tutib ketguday (Zulfiya). Ekspressiv­emotsional nutq hosil qilishda, tantanavor va kotarinki uslubga erishishda evfemizmlarning roli beqiyos. Birgina «olmoq» tushunchasining 500 ga yaqin evfemik vositasi mavjudki, shulardan yosh bolalar olimiga nisbatan godagi uchibdi, nobud bopti, godagi chennabdi (chetnabdi), bolasi gul tergani ketibdi, xur bopti kabi onlab ifodalardan foydalaniladi. Bunga olmoq tushunchasining yuqorida aytib otilgani kabi emas, balki koziga tuproq tolmoq, qon daryosida garq bolmoq, qulogi ostida qolmoq, asfalasofilinga jonamoq tarzida ifodalanishi, yani sozlovchining voqelikka salbiy munosabati misol bola oladi. Bu sozlovchi va yozuvchining voqelikka salbiy munosabatini ifodalashi, nafrat va gazabini anglatishi natijasi olaroq yuzaga keluvchi soz va iboralar evfemizmlarning aksi - kakofemizm yoki disfemizmlardir.23-bilet.[2-savol] Omonimlarning qanday turlari bor, misollar asosida tushuntiring. Omonimlar. Fonetik jihatdan, shaklan teng, mano jihatdan ozaro farqlanuvchi sozlar majmuasi omonimlardir. Masalan, ot (1­ ish hayvoni; 2­ ism, nom; 3­ III shaxs buyruq feli) sozi omonim bolib, bir qarashda kop manoli (polisemantik) sozdek tuyuladi. Biroq polisemiyada sozlar ortasidagi mano yaqinligi mavjud boladi: ishning kozi, yogochning kozi, buloqning kozi, uzukning kozi, kabi. Ozbek tilida omonimlar turli korinishlarga ega. Omonimlarning ikkinchi tipi omoformalar. Omoformalarning omonimlardan farqi ular kopincha boshqa-boshqa soz turkumlariga mansub boladi: olma (ot) - olma (III shaxs buyruq feli), qoy (uy hayvoni) - qoy (I shaxs buyruq feli) kabi. Omonimlarning uchinchi tipi omofonlardir. Bular talaffuzi va eshitilishi bir xil, yozilishi va manosi boshqa­boshqa sozlardir: yetti (son) - yetdi (fel), yot (begona; III shaxs buyruq feli) - yod (xotira) kabi. Omonimlarning tortinchi tipi - omograflar bolib, ular yozilishi bir xil, biroq talaffuzi, eshitilishi va manosi boshqa­boshqa sozlardir: tok (uzum)- tok (elektr quvvati), tur (xil, nav; III shaxs buyruq feli)- tur (davra, ikkinchi tur futbol musobaqalari boshlandi kabi). Yuqorida sanab otilgan omonimlar va ularning tiplari orasidagi farqlar nutq jarayonida yoki matnda reallashadi, ular tilda yolgiz holda deyarli uchramaydi. Shu ornida takidlash kerakki, yozuv va birikmalarning ham teng kelishi, oxshash bolishi omonimlarning doirasini kengaytiradi: Inson bolib qidirmadim yengil turmush va tanga, Kuch­quvvatim ham hayotim - bor imkonim Vatanga. Vatan desam umrim uzoq, hayot porloq korinur, Chunki Vatan sevgisidan kuch­quvvat jon va tanga. Deydilarki, kungaboqar, Umr boyi kunga boqar. Berdim senga olmani,Olma dedi: Ol, mani.Gar olmasang olmani, Olmanimas, ol, mani (A.O.) Nutqda omofonlarni bunday ishlatish orqali soz oyinlari hosil qilinadiMasalan: Bir yosh yigit istedodli shoir oldiga kelib yozuvchilik davo qila boshlaydi: -Men kop vaqtlardan beri adabiy ishlar bilan shugullanib kelayotirman. Istardimki, men yozgan asarlar ham nashr qilinsa. - Siz nozimmi yoki nosir? - sorabdi shoir diqqat bilan uning sozlarini eshitgachYigit yelkasini qisib javob beribdi: -Nozim ham, Nosir ham emasman, mening nomim Karimjon («Ozbekiston madaniyati» dan).23-bilet.[3-savol] Tilxat nimaligi haqida malumot bering va misol keltiring TILXAT Pul, hujjat, qimmatbaho buyumlar yoki boshqa biror narsa olinganligini tasdiqlovchi rasmiy yozma hujjat tilxat deyiladi. Tilxat bir nusxada tayyorlanadi hamda pulli va qimmatbaho hujjat sifatida saqlanadi.Olinadigan pul miqdori yoki buyumning bahosi va uning soni tilxatda raqamlar bilan ko‘rsatiladi, qavs ichida esa so‘zlar bilan ham berilishi shart. Matn va imzo oralig‘idagi bo’sh joylar chiziladi. Tilxatdagi yozuvlarni o‘chirish yoki tuzatish mumkin emas, aks holda, bunday hujjatning haqiqiyligi shubha ostiga olinishi mumkin. Ba’zan tilxatda guvohlar ismi-sharifi ham ko'rsatiladi. Bunday hollarda guvohlar o‘z imzolari bilan hujjatni tasdiqlashlari kerak.

Download 27.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling