21-mart Navro’z bayrami uchun bag’ishlangan sport musobaqasi ssenariysi


Download 0.96 Mb.
Sana19.06.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1605938
Bog'liq
Milliy o\'yinlar


21-mart Navro’z bayrami uchun bag’ishlangan sport musobaqasi ssenariysi

"Milliy o’yinlar" maktabdagi sport musobaqasi.


Maqsad: Milliy o’yinlarimiz, urf-odatlarimiz hamda Navro’z bayrami shukuhini yoshlarga tadbiq etish.
KIRISH:
Boshlovchi:Assalomu alaykum aziz bolalar! Bugun 21-mart Navro’z bayramining Milliy o’yinlar estafetasini ochiq deb e’lon qilaman. Biz barcha bayramlarning eng chiroyli va eng qiziqarli bo’lmish Navro’z bayramlarining milliy o’yinlarini boshlaymiz. Musobaqa ishtirokchilari kuch, epchillik, zukkolik, tezkorlik bilan raqobatlashadi.
So’z navbati Hakamga: Shartlarimiz 5 ta bo’lib barchasi xammaga tanish bo’lgan qiziqarli shartlardir.
Guruhlarga ajratildi!
1-shart - "varrak uchirish" tanlovi
Bunda eng chiroyli hamda eng baland uchgan varrak qaysi guruhniki bo’lsa o’sha guruh g’olib hisoblanadi!

2 – shart - "Arqon tortish" tanlovi


Bu shartda ikki jamoa jismoniy mashaqqat va ma’lum taktikalar yordamida bir-birini g’alaba darajasiga ko’taradilar. Arqonning o’rtasida „markaziy belgi“, shuningdek, undan 2 metr masofada ikkita yon belgi qo’yilgan. Musobaqa boshlanishidan oldin jamoalar markaziy belgi yerga chizilgan chiziqda turishadi. Hakamning signaliga ko’ra arqonni tortishni boshlashadi. Arqonni o’rtasidagi markaziy belgi qaysi tomonga o’tib ketsa o’sha jamoa g’alaba qozongan bo’ladi.

3-shart - "Oq terak ko’k terak" tanlovi


Bunda ikkita guruh 15– 20 m oraliqdagi masofada qo’l ushlashib saflanib turadilar. Birinchi jamoa sardori 2-jamoadan birining otini aytib chaqiradi:Oq terakmi, ko’k terak!Bizdan sizga kim kerak?Sizdan bizga, "falonchi" kerak. Shundan so’ng o’sha chaqirilgan bola yugurib kelib, raqib jamoa a’zolarining qo’l ushlashib turgan yerini ko’kragi bilan uzishga urinadi. Agar qo’llar ushlangan joyidan uzilib ketsa, raqib tomondagi bolalardan xohlaganini o’z jamoasiga olib ketadi, uzolmasa, o’zi o’sha jamoada qoladi. O’yin shu tariqa navbat bilan davom etadi. Qaysi jamoada o’yinchilar qolmasa, o’sha jamoa yutqazgan bo’ladi.

Boshlovchi: 4-shartga o’tmasdan oldin raqqosa qizlarimizni raqsini tomosha qilib, keyingi shartga tayyorlanamiz.



4-shart- “ Kim oladiyo shuginaniyo ” tanlovi


Bunda har bir jamoadan bir ishtirokchi chiqib, yerda turgan do’ppini tizzasini bukmasdan, qo’llarini orqaga qilib og’izda tishlab olishi kerak. Agarda ishtirokchi tizzasi bukilsa yoki yiqilsa o’yinni tark etadi. Qaysi biri olib bilsa shu shartning g’olibi hisoblanadi.

5-shart yakuniy shart “Yong’oq otari” tanlovi
Bu shartda belgilangan masofadan (6m) ishtirokchilar qo’llaridagi yong’oqni chuqurchaga uloqtirishi kerak. Qaysi jamoa ko’p yong’oq kirgizsa o’sha jamoa shart g’olibidir.

Taqdirlash marosimi.
Boshlovchi: Bolalar varragi xayolni olgan
Bodom gullaridan quvonadi ko’z
Dillardan mutlaqo g’ubor yo’qolgan
Hush kelding bahor hush ko’rdik Navro’z…..
G’olib jamoani tabriklab qolamiz. Ularga kelajakda shon shuxratlar tilaymiz. Hammangizga rahmat!


Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling