21-Mavzu: Qo’qon xonligidagi mingboshi lavozimi haqida
Toshkent davlati (1784-1809)
Download 165.5 Kb.
|
Mustaqil ishi
Toshkent davlati (1784-1809)
1799-yilda Qoʻqon qoʻshinlari Toshkentni qamal qildi, ammo toshkentliklarning kuchli zarbasiga uchrab orqaga qaytdi. Toshkent davlati tashqi kuchlar, ayniqsa, Qoʻqon xonlari tazyiqida boʻlsada, 20 yildan ziyod umr koʻrdi. Toshkent davlati markazlashgan davlat sifatida boʻlib, uning maʼmuriyatini „voliy viloyat“ lavozimi bilan Yunusxoʻja boshqardi. Keyinroq Yunusxoʻja „Xazrati Eshon“ unvonini olib, ayni paytda „xon“ deb ham yuritildi. Yunusxoʻja huzurida tuzilgan „xon kengashi“ga 4 daha mingboshilari, oqsoqollari va boshqalar kiritilgan. Kengashda, asosan, daha va ulus boshqaruvi hamda harbiy masalalar muhokama etilib bir yechimga kelingan. Davlatning ichki va tashqi siyosatini devonbegi, qozi va raislar amalga oshirganlar. Oʻta jiddiy masalalar: oʻgʻirlik, qotillik va boshqalarni Yunusxoʻjaning oʻzi hal etib, aybdorga tegishli jazo berilgan. Qotillarga esa oʻlim jazosi qoʻllanilgan. Xorijiy davlatlar bilan diplomatik aloqalarni ham Yunusxoʻjaning oʻzi olib borgan. Anhorning oʻng tarafida xon farmoni bilan baland va qalin devor oʻralgan Oʻrda, yaʼni davlat mahkamasi bino qilingan. Unda Yunusxonning qarorgohi va devonxonadan tashqari zarbxona joylashgan. Oʻrdani qoʻriqlash va muhofaza etish uchun 2 ming kishilik maxsus harbiy qism („qoraqozon“) tashkil etilgan. Toshkentlik tarixchi Muhammad Solihning maʼlumotiga koʻra, otaliq — devonbegi lavozimiga Rustamtoʻra, parvonachi lavozimiga Odiltoʻra, bosh harbiy amir lavozimiga Sarimsoqtoʻra, qoʻshin boshligʻi lavozimiga Boboxontoʻralar tayinlangan. Davlatning moliya ishlari bilan boshchixoʻja shugʻullangan. U ichki va tashqi savdo ishlarini nazorat qilgan. Yunusxon shimolda Toshkentga tutashgan Dashti Qipchoq xududini ham tasarrufiga olib, aholisiga ziddiyatli vaqtlarda zaruriy sondagi lashkar toʻplab berish majburiyatini yuklagan. Chimkent va Sayram shaharlari, keyinchalik Turkiston shahri ham Toshkent davlati tarkibiga kiritilgan. Niyozbek, Oltintepa, Kirrabuloq, Sarapon, Temir mavzelari va boshqa oʻnlab qishloqlar Toshkentga tobe boʻlgan. 1800-yilda Toshkent davlatining chegarasi janubiy va gʻarbdan Sirdaryo boʻylab, shimoldan Turkiston va Qoratogʻ yon bagʻirlari orqali oʻtgan. Sharqda Sayram tizmasi va Ugom daryosining oʻng sohili, janubiy sharqda Chatqol Qurama togʻ tizmalarini yoqalab Sangir qishlogʻigacha choʻzilgan. Uning shimoliy va gʻarbiy hududlarida, asosan, chorvador koʻchmanchi aholi yashagan. 1797-yil maʼlumotlariga qaraganda, barcha soliq va majburiyatlardan ozod, yer va suv bilan taʼminlangan 2 ming doimiy qoraqozondan tashqari Yunusxon ixtiyorida 50—70 ming atrofida lashkar boʻlgan. Maxsus guruxlardan tuzilgan qoraqozon va lashkar navkarlari piltali miltiq, oʻqyoy, qilich va qalqon bilan qurollangan. Yunusxon qoʻshinida 20 ga yaqin toʻp boʻlgan. Oʻqlar asosan, Toshkentning oʻzida Oʻqchi mahallasida quyilgan. Toshkentning ikki ming yillik tarixi davomida oʻrni almashdi, hududi ham kengayib bordi va undagi aholi joylashuvi kichik maʼmuriy qismlar — mahallalar shaklini olgan. Mahallalar, odatda, kattakichik koʻchalar, ariq yoki jarlik kabi tabiiy toʻsiqlar orqali chegaralangan hamda jamoa boʻlib yashash zaruriyati yoki kasbkori, ijtimoiy holati, etnik tarkibi kabi belgilari asosida shakllangan. Qad. va oʻrta asr Toshkent mahallalari haqida yozma maʼlumot juda oz. Toshkent hududida 9-asrdagi shahar — Binkat (11-asrdan Toshkent)ning keyingi asrlarda kengayib borishi bilan unda mahallalar soni ham koʻpayib borgan va bulardan baʼzilarining nomlari yozma manbalarda uchraydi. 18-asrga kelib Toshkent maʼmuriy hududiy jixatdan 4 qism — dahalariga boʻlingan. Dahalar oʻz navbatida bir qancha mahalla va guzarlardan tashkil topgan; dahalarda mahallalar soni va ularning kattakichikligi turlicha boʻlgan. Baʼzi yirik mahallalar bir nom bilan atalsa ham uning keyinroq paydo boʻlgan qismlari tartib raqami bilan (mas., 1, 2, 3, 4Eshonguzar) yoki hududiga qarab atalgan (mas., Katta Kamolon va Kichik Kamolon). Aholi soni oʻsgan sayin mahallalar kengaygan yoki yangilari paydo boʻlgan. Mahalla maʼmuriy holati jihatdan oʻz ichki tartibqoidalariga ega jamoa tashkiloti sanalgan va uni mahalla aholisi tomonidan saylangan boshliq (oqsoqol) boshqargan, 20-asr boshlariga kelib ular yuzboshi mavqeida koʻrilgan. Oqsoqollarga mahallaning jamoat ishlari, marosimlari, yigʻinlarini boshqarish hamda manfaatlarini himoya qilish vakolati berilgan. Download 165.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling