21,23c-guruh talabasi Mamadaliyev Boburjonning Kurash turlari va uni o’qitish metodikasi fanidan mustaqilish I mavzu


Musobaqa qatnashchilarining huquqlari


Download 177.26 Kb.
bet6/14
Sana25.04.2023
Hajmi177.26 Kb.
#1398969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Kurash turlari bo\'yicha musabaqalarni o\'tkazish va hakamlik qilish.

Musobaqa qatnashchilarining huquqlari:
1. Hakamlarga murojaatini o‘zining jamoa boshlig‘i orqali yetkazadi.
2. Shifokor maslahatiga muhtoj bo‘lgan taqdirda unga 5 minut vaqt beriladi.
3. O‘z vaznini bilish uchun musobaqada qo‘llaniladigan taroziga musobaqa boshlanishidan 1 soat oldin, ya’ni rasmiy o‘lchash marosimi boshlagunga qadar kelib o‘lchashga haqli.

Jamoa rahbarlari, murabbiylari va boshliqlari:
1. Bosh hakam uning yordamchilari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri maslahatlashish huquqiga faqat jamoa rahbari, murabbiyi yoki boshlig‘i egadir.
2. Jamoa rahbari kurashchilarning kiyimiga va ularning o‘z vaqtida gilamga chiqishiga hamda umumiy tartib intizomiga javobgardir.
3. Bosh hakam va hakamlar qatoriga jamoa boshlig‘i ham qur’a tashlashni o‘tkazishda qatnashadi.
4 . Kurash jarayoni da jamoa rahbarlari uchun joy ajratilib, o‘rinlarida bo‘lishlari shart.
5. Jamoa rahbarlari yoki murabbiylari hakamlik guvohnomasi bo‘lgan taqdirda musobaqa hakami vazifasini ham o‘tashlari mumkin.
6. Yuqoridagilarga amal qilmagan rahbarlar o‘z vazifasidan bo‘shatilib, bu haqda tegishli tashkilotlarga xabar qilinadi.
7. Guruh murabbiyi bellashuv vaqtida belgilangan joyda yoki gilam atrofida 2 metr masofada turishi mumkin.
8. Guruh murabbiyi o‘z kurashchisi tan jarohati olgan vaqtida belgilangan tartibda shifokor tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatayotgan vaziyatda hozir bo‘lib turishi mumkin, ammo gilam chetidagi va o‘rtasidagi hakamlar qaroriga itoat qilmasligi yoki ularni haqorat qilishi ta’qiqlanadi.
9. Yuqoridagilarga guruh murabbiyi itoat etmasa, o‘rtadagi hakam bellashuvni boshqaruvchi hakamdan murabbiyiga "Dakki" ogohlantirishni berishni talab qilishi mumkin, bu hol yana qaytarilsa, bellashuvni boshqaruvchi hakam "G‘irrom" ogohlantirishni e’lon qilib, ularni bellashuvdan chetlatishi mumkin.
4-vaziyat :Musobaqa turlari va o‘tkazish qoidalari:
1. Musobaqa turlari:
a) shaxsiy birinchilik:
b) jamoalar birinchiligi va shaxsiy birinchilik:
d) mustaqil jamoalar birinchiligi:
e) ochiq gilam birinchiligi:
f) mutloq birinchilik:
g) professional kurashchilar birinchiligi:
2. Shaxsiy birinchilikda bir toifa vaznda bir kishi g‘olibligi aniqlanadi.
3. Jamoa orasidagi kurashda jamoalar g‘olibligi aniqlanadi.
4. Shaxsiy birinchiligi aniqlanadi.
5. Ochiq gilamda har bir xohlovchi kurashchi o‘zi uchun kurashishi mumkin.
6. Mutloq birinchilikda vazn toifasidan qat’iy nazar (bosh hakam ruxsati bilan) xohlovchilar kurashishi mumkin.

Download 177.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling