21,23c-guruh talabasi Mamadaliyev Boburjonning Kurash turlari va uni o’qitish metodikasi fanidan mustaqilish I mavzu


-vaziyat : Musobaqa ishtirokchilarining umumiy qoidalari


Download 177.26 Kb.
bet5/14
Sana25.04.2023
Hajmi177.26 Kb.
#1398969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Kurash turlari bo\'yicha musabaqalarni o\'tkazish va hakamlik qilish.

3-vaziyat : Musobaqa ishtirokchilarining umumiy qoidalari
1. Milliy kurashda faqat tik holatda va qabul qilingan usullarni qo‘llash orqali kurashadilar.
2. Usul qo‘llash orqali raqibning biror joyi gilamga tekkizilsa, ushbu harakat hakamlar tomonidan baholanadi.
3. Agar kurashchi usul qo‘llasa, o‘zi ikki kuragi bilan gilamga yiqilsa, u holda uning raqibiga sof g‘alaba beriladi.Boshqa hollarda, ya’ni usul qo‘llagan kurashchining o‘zi Yonbosh yoki chala yiqilsa, bu harakat baholanmaydi.
4. Agar o‘rtadagi hakam g‘olib chiqqan kurashchini ko‘rsatmasdan boshqasini ko‘rsatsa, unda Yon tomondagi hakam darhol undan qilgan xatosini tuzatishni so‘rashi kerak. Chunki bellashuvlar natijasini hakamlar hal qilganlaridan keyin shikoyatlar qabul qilinmaydi.
Bellashuvning boshlanishi va tugashi:
1. Bellashuv boshida kurashchilar gilamda bir-biriga qarab 4m masofada turadilar. O‘rtadagi hakam qo‘l bilan ko‘rsatishi bilanoq kurashchilar bir-birlariga o‘ng qo‘llarini ko‘ksilariga qo‘yib turgan joylarida egilib salomlashadilar va o‘rtadagi hakam "Kurash" so‘zini aytishi bilan bellashuv boshlanadi.
2 Bellashuvni o‘rtadagi hakam shartli so‘zlar orqali boshqaradi.Agar to‘xtatilgandan keyin raqiblar tomonidan usul qo‘llanilsa, bu harakat hisobga olinmaydi. Agar usul qo‘llanilgandan keyin bellashuv shu holatda to‘xtatilsa, unda qo‘llanilgan harakat baholanadi.
3. Bellashuv tugashi bilan kurashchilar o‘z o‘rinlarida kiyimlarini to‘g‘irlab turadi va natija e’lon qilingandan keyin, qo‘llarini ko‘ksilariga qo‘yib, xayrlashadilar va gilamni tark etadilar.
Qatnashchilar kiyimi:
1.Bellashuvda kurashchilar oyoqyalang, yashil havorang yaktak, qizil belbog‘ va oq shimda bo‘ladilar.
2. Kurashchilar kiyimi pishiq ip gazlamadan bo‘lib, did bilan va tez yirtilib ketmaydigan qilib tikilgan bo‘lishi shart.
3. Yaktakdan 20 sm balandda, yengi uzun (uzunligi qo‘l tirsagidan 15-10 sm pastda) bo‘lishi va yengining ichidagi qo‘l oralig‘i 5sm bo‘lishi kerak.
4. Kurash shimlari uzun, oyoqning pastki to‘pig‘iga barobar qo‘yilganda juda holi turadigan bo‘lishi lozim. Ishton va oyoq oralig‘i 8 sm bo‘lishi shart.
5.Kurash belbog‘i juda qalin qilib tikilgan bo‘lishi kerak. U bog‘langandan keyin har qaysi uchi 25 - 30 sm osilib turishi lozim.
6.Qatnashuvchilarning ko‘rinishi kurash kiyimlari toza bo‘lib, sochlari kalta va tirnoqlari olingan bo‘lishi shart, shuningdek, bellashuvga taqinchoqlar taqib gilamga chiqish man etiladi.
7. Agar kurashchining kiyimi Yuqorida qayd qilingan talablarga mos kelmasa, o‘rtadagi hakam kurashni to‘xtatib, tezda kurashchidan kiyimni almashtirishni talab qiladi.

Download 177.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling