21,23c-guruh talabasi Mamadaliyev Boburjonning Kurash turlari va uni o’qitish metodikasi fanidan mustaqilish I mavzu
Download 177.26 Kb.
|
Kurash turlari bo\'yicha musabaqalarni o\'tkazish va hakamlik qilish.
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Halol"ga
- “Yonbosh”
- Bellashuvdagi sustkashlik
"G‘irrom" — 10
"Dakki" — 0:5 "Tanbeh" — 0:3 "Tanbeh"-"Chala" — 0:1 "Dakki"-"Yonbosh" — 0:1 "Challa" - "Dakki" — 0:3 Izoh: Agar bir kurashchi bellashuv vaqti ichida "Tanbeh" ogohlantirishni va "Chala" bahosini olsa vaqt tugagandan so‘ng bir ochko hisobida g‘olib deb topiladi. Baholar teng bo‘lgan taqdirda ogohlantirish natijasida olingan bahoga qaraganda ular usul qo‘llab olingan baho Yuqori deb topiladi. 3. Sof g‘alaba - "Halol"ga beriladigan holatlar: Usul qo‘llab, katta kuch ishlatib tezlik bilan raqibning ikki kuragi ham to‘la gilamga tekkizilsa: Raqibni ikki marta "Yonbosh" bahosini olib yiqitilsa: Sof g‘alaba bilan g‘olib chiqqanda 10 baho, mag‘lub bo‘lganda 0 baho beriladi. 4.Yarim yutuq "Yonbosh beriladigan holatlar: kurashchi o‘z raqibini katta kuch ishlatib tez usul qo‘llab gilamga yiqitganda uning ikki kuragi to‘la tegmasdan, faqat bir kuragi to‘la tekkizilsa: “Yonbosh” 5 ball beriladi bellashuvning yakunida agar kurashchilarning birida "Yonbosh" bo‘lib, uning raqibida bellashuv davomida olingan bir necha '"Chala" bo‘lsa, g‘alaba ''Yonbosh" olgan kurashchiga beriladi. "Yonbosh" bahosini olganda 5 baho, mag‘lub bo‘lganda 0 baho beriladi. 5. Eng kichik yutuk "Chala" beriladigan holatlar: kurashchi o‘z raqibini kuch ishlatib, usul qo‘llab, orqasi yoki qorni bilan yiqitsa "Chala" bahosini olganda 3 baho, mag‘lub bo‘lganda 0 baho beriladi. 6. Baholar hisobida tenglashganda: agar ikkala kurashchida baholar hisobi teng bo‘lib qolsa, so‘nggi marta usul qo‘llab baho olgan kurashchiga g‘alaba beriladi. Bellashuvdagi sustkashlik: 1. Quyidagi harakatlar bellashuvdagi sustkashlik deb baholanadi: bellashuv vaqtida usul qo‘llanmasdan, raqibga tutqich bermasdan qochib yurish; butun bellashuv davomida birorta ham usul qo‘llanmaslik; raqib harakatlarini jismoniy kuch ishlatib qaytarish bilan chegaralanib yurish: ikki kurashchi ham usul qo‘llashga harakat qilmasligi; 2. Kurashchilarining tez-tez gilamdan chiqib ketishlari; o‘z raqibini texnik harakat, usul qo‘llashiga qo‘ymaslik uchun uni bir yoki ikki qo‘lidan ushlab turish; o‘z raqibini gilam chekkasiga turtib chiqarish; o‘z raqibini gilam o‘rtasiga tortib boraverish; sustkashlik va gilam chetiga qochishga hakamlar hay’atining bildiradigan fikri; 3. Agarda kurashchi gilamdan chiqib ketaversa, o‘rtadagi hakam bellashuvini to‘xtatib unga ogohlantirish e’lon qilinadi; agarda kurashchi gilamdan aniq, oshkor chiqaversa yoki raqibini gilamdan qochayotgan qilib ko‘rsatish uchun undan turtib chiqaraversa, o‘rtadagi hakam gunohkor kurashchiga ogohlantirish e’lon qiladi. Download 177.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling