21,23c-guruh talabasi Mamadaliyev Boburjonning Kurash turlari va uni o’qitish metodikasi fanidan mustaqilish I mavzu


VIII. Musobaqani moliyalashtirish manbalari


Download 177.26 Kb.
bet13/14
Sana25.04.2023
Hajmi177.26 Kb.
#1398969
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Kurash turlari bo\'yicha musabaqalarni o\'tkazish va hakamlik qilish.

VIII. Musobaqani moliyalashtirish manbalari
1. Musobaqada ishtirok etuvchi sportchilar, trenerlarning ovqatlanishi, yotoqxona va yo`l harajatlari safarga yuboruvchi tashkilotlar tomonidan, musobaqada ishtirok etuvchi hakamlarning harajatlari vazirlik tomonidan, ayrim hollarda federatsiya va homiylar tomonidan; musobaqada xizmat qiluvchi xodimlarning harajatlari federatsiya tomonidan amalga oshiriladi.
2. Musobaqani moliyalashtirishi yuzasidan ushbu Nizomning moliyalashtirish shartlariga vazirlik tomonidan o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilishi mumkin.
IX. Musobaqa natijalari yuzasidan berilgan murojaatlarni ko`rib chiqish
1. Musobaqa natijalari bo`yicha berilgan murojaatlarni ko`rib chiqish uchun federatsiyaning ijroiya qo`mitasi tomonidan ko`rib chiqib qaror qabul qilinadi.
2. Musobaqa natijasi bo`yicha murojaatlar jamoaning treneri tomonidan musobaqadan so`ng musobaqa bosh hakamiga taqdim etiladi.
3. Berilgan murojatlar federatsiyaning ijroiya qo`mitasi tomonidan o`rganib chiqilib, ular yuzasidan tegishli qaror qabul qilinishi bir ish kunida belgilanadi.
4. Qabul qilingan qaror natijasi bo`yicha ijroiya qo`mitasi tomonidan murojaat qilgan trenerga bir ish kuni ichida yozma (yoki og`zaki) tartibda javob berilishi ma`lum qilinadi.
5. Federatsiyaning ijroiya qo`mitasi murojaatni ko`rib chiqish natijalariga
ko`ra musobaqa natijasini bekor qilishi yoki unga tegishli o`zgartirish kiritishi mumkin.
6. Federatsiyaning ijroiya qo`mitasi murojaatni ko`rib chiqish natijalari bo`yicha qabul qilgan qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Xulosa
Mashg‘ulotni xulosalab aytish mumkinki, mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqorolik jamiyati asoslarini qurish sharoitida o‘zbek milliy kurashi va uning turlari, yosh avlodning jismoniy sifatlarini rivojlantirish, salomatligini mustahkamlash, jamoalarda mukammal ruhiy muhitni yaratishda jahonshumul ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, o‘zbek milliy kurashining jahon sport arenalarida nufuzining oshishi, dunyo xalqlarining o‘zbek milliy kurashiga qiziqishining oshishi, 1999-yildan boshlab O‘zbekiston, Turkiya, Vengriya, Armaniya, Mangoliya, Dominakan, Hindiston mamlakatlarida o‘tkazilgan jahon chempionati dasturiga mazkur kurash turining kiritilishi qalbimizni faxr va iftixorga to‘ldiradi. Xususan, Milliy kurashning umumiy qoidalari O‘zbekistonda yaratilishi, Xalqaro Kurash Assotsiyasining O‘zbekiston Respublikasi tashabbusi bilan tashkil etilishi, uning faxriy Prezidentligiga Respublikamiz birinchi Prezidenti Islom Karimov va Prezidenti etib Komil Yusupovning tayinlanishi jahon sportsevar xalqlarining O‘zbek milliy kurashiga bo‘lgan katta hurmat namunasidir.
Ko‘rib o‘tganimizdek, O‘zbek milliy kurashining umumiy qoidalari asosida turli mavqedagi turnirlar, musobaqalar, jahon chempionati o‘tkazilmoqda.
Mashg‘ulot jarayoni da sizlar bergan savollar va unga hamkurslaringiz, ma’ruzachi tomonidan berilgan javoblar o‘zbek milliy kurashiga u bo‘yicha o‘tkazilgan turli musobaqalarga va bu musobaqalarning O‘zbekistonlik olimlar tomonidan tuzilgan milliy kurash qoidalari asosida o‘tkazilishi hammamizga katta qiziqish hamda faxr uyg‘otadi. Chunki milliy kurash xalqlarni bir-biriga yaqinlashtiradi, har bir xalqning umumiy madaniyatini, jumladan, jismoniy madaniyatining mazmunini teranroq anglashi hamda mukammalroq bilish uchun hayot tarziga aylanib ulgurgan holatdir.

Download 177.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling