III. Musobaqani o`tkazishga rahbarlik
1. Musobaqalarni o`tkazishga umumiy rahbarlik vazirlik tomonidan hamda
bevosita rahbarlik qilish O`zbekiston kurash federatsiyasi (bundan buYon matnda federatsiya deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
2. Musobaqani o`tkazishda hakamlar hay`ati tarkibi federatsiya tomonidan
vazirlikka taqdim qilinadi. Hakamlar hay`ati tarkibi O`zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining buyrug`I bilan tasdiqlanadi.
3. Musobaqalarni adolatli va shaffof holda o`tkazilishi hakamlar hay`ati zimmasiga yuklatiladi.
4. Musobaqada ishtirok etuvchilarning hujjatlarini qabul qilish va rasmiylashtirish federatsiya (uyushma)lar tomonidan amalga oshiriladi.
IV. Musobaqani o`tkazish joyi va muddati
1. Musobaqalar Respublika hududida amaldagi Xalqaro federatsiya qoidalari asosida o`tkaziladi.
2. Vazirlikning 2020 yil uchun sport va ommaviy jismoniy tarbiya
tadbirlari kalendar rejasiga asosan sportning kurash turi bo`yicha musobaqalar
ro`yxati mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq, sportning kurash turi bo`yicha
o`tkaziladigan musobaqalar Nizomning 2-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Mandat kommissiyasining ish vaqti, sanasi hamda joyi musobaqa
dasturida ko`rsatib o`tiladi.
V. Musobaqada ishtirok etish shartlari
1. Musobaqalarda Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyatlar bosqichi chempionatlarida g`olib va sovrindor hamda iqtidorli sportchilardan tashkil topgan viloyat terma jamoalarini ishtirok etishiga ruxsat etiladi.
2. Musobaqa ishtirokchilarining yosh toifalari O`zbekiston kurash federatsiyasi tomonidan tasdiqlangan norma va talablarga ko`ra amalga oshiriladi.
3. Musobaqa hakamlari, tegishli mutaxassislar, tibbiyot xodimlari mazkur
Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi tarkibda belgilanadi.
4. Sport musobaqasida sportchilar va trenerlar Xalqaro federatsiya tomonidan tasdiqlangan musobaqa qoidalariga hamda O`zbekiston kurash federatsiyasining reglamentiga asosan bir xildagi sport kiyimida ishtirok etishlari shart.
5. Musobaqada hakamlar va trenerlarning yig`ilganidan foydalanib seminar, master-klasslar hamda dashat sessiyalari o`tkazilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |