VI. Musobaqani o`tkazish shartlari
1. Musobaqani o`tkazish shartlari sport turining xususiyati, xalqaro norma va talablardan kelib chiqib belgilanadi. Musobaqaning tegishli tartib va qoidalari 2019 yil 11 dekabr kunidagi kurash sport turi bo`yicha trenerlar kengashining 20 –sonli yig`ilish baYonida muhokama qilingan va jamoalarning vakillariga yetkazilgan.
2. Musobaqalar O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 29 iyuldagi 205-son “Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o`tkazish tadbirini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tog`risida”gi qaroriga asosan tashkil etiladi.
3. O`zbekiston chempionatlari O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi PQ–3031-son qarori bilan tasdiqlangan O`zbekiston Respublikasida Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturining 68-pozisiyasi talablariga muvofiq tashkil etiladi.
4. Musobaqaning o`tkazilishi O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining buyrug`i bilan tasdiqlangan musobaqaning bosh hakami zimmasiga yuklatiladi.
5. Musobaqa nizomining tegishli bandlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilgan taqdirda musobaqalar boshlanishidan 3 kun oldin musobaqa ishtirokchilariga taqdim etiladi.
VII. Musobaqada ishtirok etish uchun talabnomalarni taqdim etish shartlari
1. O`zbekiston kurash federatsiyasining me`yor va talablari asosida talabnoma (buyurtma)larni taqdim etish shakli mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq jamoalar tomonidan mandat komissiyasiga asl nusxada taqdim etiladi.
2. Musobaqada ishtirok etish uchun sportchilardan O`zbekiston kurash federatsiyasi qoidalari asosida kurash sport turining xususiyatlaridan kelib chiqib quyidagi hujjatlarni taqdim etish talab etiladi: a) pasport (asli ko`rsatiladi);b) sportchilarning sug`urta varaqasi;v) tibbiyot muassasasining vrachi tomonidan sportchining musobaqada ishtirok etishiga ruxsat berilishi (imzo va muhri bilan tasdiqlangan holda); g) hududiy jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan tasdiqlanganhamda hududiy federatsiyalar bilan kelishilgan talabnoma (buyurtnoma).
3. Musobaqada ishtirok etish uchun talabnoma (buyurtma), musobaqa
boshlanishidan 10 kun oldin tegishli manzil (xxxx telefon raqam, ukf.kurash@mail.com elektron manzili) ga topshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |