21,23c-guruh talabasi Mamadaliyev Boburjonning Kurash turlari va uni o’qitish metodikasi fanidan mustaqilish I mavzu


Kurashchilarning tan jarohati o‘tkazishga olib keluvchi harakatlariga hakamlarning


Download 177.26 Kb.
bet10/14
Sana25.04.2023
Hajmi177.26 Kb.
#1398969
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Kurash turlari bo\'yicha musabaqalarni o\'tkazish va hakamlik qilish.

Kurashchilarning tan jarohati o‘tkazishga olib keluvchi harakatlariga hakamlarning
Sportning kurash turi bo`yicha O`zbekiston chempionat, O`zbekiston kubogi
hamda Respublika turniri musobaqalarini o`tkazish to`g`risidagi
NIZOM


Mazkur Nizom kurash sport turi bo`yicha respublika sport musobaqalarining
(bundan buYon matnda musobaqa deb yuritiladi) maqsadi asosiy vazifalari, sport
musobaqalari jarayoni ni tashkil etish boshqarish, o`tkazishga rahbarlik qilish,
moliyalashtirish, shuningdek musobaqa g`olib va sovrindorlarini taqdirlash
tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Musobaqalarda Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlarda o`tkazilgan musobaqa g`oliblari shuningdek, viloyat terma jamoalari ishtirok etishlari mumkin.
2. Musobaqani o`tkazish uchun hakamlar hay`ati tarkibi O`zbekiston Kurash federatsiyasi tomonidan berilgan tavsiyasi asosida O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (bundan buYon matnda vazirlik deb yuritiladi) tomonidan tasdiqlanadi.
3. Musobaqalarni o`tkazish jarayoni da O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezindentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qilinadi.
II. Musobaqaning maqsad va vazifalari
1. Musobaqaning maqsadi sportchilarni kurash sport turiga jalb qilish
natijasida sog`lom turmush tarzini shakllantirish, kurash sport turini aholi o`rtasida
ommalashtirish va uni yanada rivojlantirish, musobaqalarni o`tkazish orqali
iqtidorli sportchilarni saralab olib, milliy terma jamoa tarkibiga kiritishdan
iboratdir.
2. Musobaqalarning vazifasi Respublika hududlari va sport tashkilotlarida
turli yosh toifalarida kurash sport turi bo`yicha sportchilarning tayyorgarlik
darajasini aniqlash va ularni saralab olish, O`zbekiston milliy terma jamoalari
tarkibini shakllantirish, shuningdek kurash sport turi bo`yicha kuchli sportchilarni
aniqlash, trener va hakamlarning malakasini oshirish, o`tkaziladigan musobaqalar
natijalarini tahlil qilish orqali kamchiliklarni bartaraf etishdan iborat.

Download 177.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling