22-amaliy ish bpi pasportini tuzishni o‘rganinsh. Umumiy holati va asosiy ma’lumotlar


Download 138.93 Kb.
bet1/5
Sana13.11.2023
Hajmi138.93 Kb.
#1771187
  1   2   3   4   5
Bog'liq
№22 Амалий иш


22-AMALIY ISH
BPI PASPORTINI TUZISHNI O‘RGANINSH .

  1. Umumiy holati va asosiy ma’lumotlar.

Burg‘ilash portlatish ishlari parametrlarini hisoblash portlatilayotgan tog‘ jinslarining muhim texnologik hususiyatlarini va yuk ortish ishlariga to‘g‘ri keladigan portlatilgan tog’ jinslarini yuklab oluvchi mashinalarning asosiy parametrlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Bu ishlarni amalga oshirish jarayonida tog‘ jinslarining xususiyatlari haqida asosiy ma’lumotlar va burg‘ulash stanogining asosiy parametrlarining ko‘rsatmalaridan foydalaniladi.



  1. Tog‘ jinslarining portlanish sifatini belgilash va portlovchi moddalarning turlarini tanlash.

Tog‘ jinslarining portlanish kategoriyasi V.V Rjevskiyning tog‘ jinslarning xususiyatlari haqidagi ma’lumotlarga asoslangan metodologiyasiga muvofiq, portlovchi moddalarning solishtirma etalonining sarflangan hajmiga qarab aniqlanadi:
qe =0,2(σq+ σs + σch)+ 0,002γ, g/m3
σq, σs , σch – bir o‘qli siqilish, siljish va cho‘zilishiga nisbatan tog‘ jinslarining me’yori, MPa; γ – tog’ jjinslarining zichligi, kg/m3.
q – o‘lchamiga muvofiq tog‘ jinslarining portlanish sifatiga qarab, Ilovadagi 22.1 jadvalda ularning kategoriyasi (sinfi) ko‘rsatib o‘tilgan.
Tog‘ jinslarning portlanish hususiyatlari tog‘li massivlarning darzligining klassifikatsiyasi bilan ko‘pincha o‘zaro bog‘liq: xususan, 1 kategoriyali juda darz ketgan tog‘ massivlarida portlash oson, 5 kategoriyaga kiradigan katta darzli massivlarda esa portlatish qiyin.
Tog‘ jinslarning hususiyatlarini va suv bilan to‘ldirilgan darajasini hisobga olgan holda portlovchi moddalarning turlaridan to‘g‘ri keladiganini tanlab ish bajariladi.
2. Portlovchi moddalarga sarflangan solishtirmaning hajmini hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi:
qp = qe kvv kd ksz ktr kop kv , g/m3
kvv — portlatuvchi moddaning etalonidan yuqoridagi portlatuvchi moddaning turiga o‘tish koeffitsiyenti;
kd — tog‘ jinslarning talabdagi bo‘linish darajasini hisobga oluvchi koeffitsiyent.
Massivning darz ketish kategoriyasi oshib borgan sari kd koeffitsiyentining o‘lchami ham ko‘tariladi. O‘rganib chiqilgan hisoblardan keyin jadvalda ko‘rsatilgan o‘lchamlarni qabul qilishimiz mumkin.
22.1 - jadval


Download 138.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling