22-mavzu: orqa miya fiziologiyasi. Reja
Download 309.5 Kb.
|
22-Ma\'ruza
Yuqorida ko’rsatilgan spinal reflekslari sun’iy yo’l bilan hosil qilinadi. Masalan: paylarga ta’sir qilmasa, bu reflekslar tabiiy sharoitda qo’zg’atilmaydi. Ammo tabiiy sharoitda pay (cho’zilish) reflekslari o’ziga xos tarzda sodir bo’ladi. Odam tik turganda yerning tortishish kuchi oyoqlarni tizza bo’g’inlaridan bukishga qaratiladi. Natijada sonning to’rt boshli muskuli sal cho’ziladi, taranglashadi. Muskul cho’zilib proprioretseptorlarini (muskul duklarni) qo’zg’atadi va ulardan orqa miyaga borgan impulslar to’rt boshli muskulni qisqartiradi, bu esa oyoqlarni gavda og’irligini bukilishiga yo’l qo’ymaydi. Tana qismlarining ma’lum holatini ta’minlovchi vaziyat reflekslari orqa miya reflekslarida katta ahamiyatga ega. Ular miya stvolining boshqa qismlari boshqaradigan tonik reflekslari bilan chambarchas bog’liq. Tuzilishi va bajaradigan ishiga ko’ra mos bo’lgan orqa miyaning turli qismlarini va orqa miyani bosh miya bilan bog’laydigan tolalar guruhlari o’tkazuvchi yo’llar deyiladi. har qaysi yo’lni tashkil qiladigan tolalar bir xil neyronlardan boshlanib, ma’lum bir faoliyatni bajaradigan neyronlarda tugaydi. Faoliyat hususiyatlariga ko’ra, assotsiativ, komissural va proektsion tolalar farq qilinadi. Assotsiativ-tolalar orqa miyaning bir tomonidagi turli sigmentlarini bog’laydi. Komissural tolalar esa turli sigmentlarning qarama-qarshi o’rtasidan o’tgan. Proektsion tolalarni haqiqiy o’tkazuvchi yo’llar deyish mumkin. Ular pastdan yuqoriga va yuqoridan pastga o’tib, orqa miyani markaziy nerv tizimining yuqori qismlari bilan bog’laydi. Bular ko’tariluvchi (markazga intiluvchi, afferent, sezuvchi) va tushuvchilarga (markazdan qochuvchi, efferent, harakatlantiruvchi) yo’llarga bo’linadi. Tashqi nerv ichki muhit o’zgarishlariga javoban qo’zg’aladigan retseptorlardan vujudga kelgan impulslar ko’tariluvchi, o’tkazuvchi yo’llardan o’tadi. Ko’tariluvchi yo’llarga ekstro-proprio va interoretseptiv sezgilar yo’llari kiradi. Tushuvchi, o’tkazuvchi yo’llar impulslarini bosh miya to’qimalaridan tashqi va ichki muhit o’zgarishlariga javob reaktsiyalarini shakllaydigan orqa miya markazlariga o’tkazadi. Asosiy o’tkazuvchi yo’llar ta’rifi 2-jadvalda berilgan. Ko’tariluvchi Goll va Burdax tutamlari spinal tugunlaridagi sezgir hujayralar aksonlardir. Ular impulslarni muskul va pay proprioretseptorlardan, qisman teri va ichki retseptorlardan uzunchoq miyaga yetkazadi. Bu yerdagi Goll va Burdax yadrolarida yo’lning ikkinchi neyronning tollari joylashgan. Ikkinchi neyronning o’simtalari kesilib talamus-ning qarama-qarshi yadrolarida sinapslar hosil qiladi. Ana shu yadrolardan uchinchi neyron boshlanadi, aksonlari miya po’stlog’idagi IV qavat neyronlarda tugaydi. Goll va Burdax tutamlaridan qo’zg’alishini o’tish tezligi 60-100m|sek. Download 309.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling