22-mavzu: orqa miya fiziologiyasi. Reja


Orqa miyaning asosiy o’tkazuvchi yo’llari


Download 309.5 Kb.
bet3/3
Sana16.06.2023
Hajmi309.5 Kb.
#1497900
1   2   3
Bog'liq
22-Ma\'ruza

Orqa miyaning asosiy o’tkazuvchi yo’llari
Jadval 5.2


O’tkazuvchi yo’llar.

Orqa miya ustuni

Fiziologik ahamiyati.

A) Ko’tariluvchi (sezuvchi) yo’llar-tutamlar.

1.Goll tutami

Orqa

Taktik sezgi, tananing fazodagi holatini sezish, tebranishni sezish.

2.Burdax tutami

Orqa

Shuning o’zi.

3.Dorsolaterial

Yon

Og’riqni va haroratni sezish.

4.Fleksni tutami

Yon

Proprioretseptorlardan va terining bosimini va tegishni sezuvchi retseptorlardan impulslarni o’tkazish.

5.Govers tutami

Yon

Shuning o’zi.

6.Dorsal spinotalamus

Yon

Og’riqni va haroratni sezish.

7.Spinotental

Yon

Aniq emas.

8.Ventral spinotalamik

Yon

Taktil sezgi.

B) Tushuvchi (harakatlantiruvchi) yo’llar- traktlar.

1.Latiral, partinospinal (piramida yo’li

Yon

Ihtiyoriy harakatlarni yuzaga chiqaruvchi impulslarni muskullarga o’tkazish.

2.Rubrospinal (Monokov)

Yon

Skelet muskullarning tonusini saqlab turuvchi impulslarni o’tkazish

3.Dorsal vestibulaspinal

Yon

Muvozanat va vaziyat saqlanishini ta’minlovchi impulslarni o’tkazish.

4.Retikulospinal

Oldingi

Skelet muskullarini tonusini saqlash, vegetativ markazlar xolatini va muskul yoylarini sezgirligini boshqarishda ishtirok etadigan impulslarni o’tkazish.

5.Ventral vestibula-spinal

Oldingi

Vaziyat va muvozanatni saqlashni ta’minlovchi impulslarni o’tkazish.

6.Tekto-spinal

Oldingi

Birlamchi ko’ruv va eshituvchi reflekslarining yuzaga chiqishini ta’minlovchi impulslar o’tkazish.

Spinotalamik yo’llar og’riq, harorat, taktil sezgilarni shakllaydigan impulslarni o’tkazadi. Ular orqa miyaga o’tish bilan yoki bir nechta sigmentga ko’tarilgandan keyin, qarshi tomonga o’tadi.


Orqa miyani miyacha bilan bog’laydigan Feleksik va Govers tutamlari impulslarni o’ta tezlikda (120m/s) o’tkazadigan tolalardan tashkil topgan. Ulardan asosan muskul va paylarning proprioretsetseptorlardan muskul tonusi, vaziyat va muvozanatni, harakatlarni bajarish uchun zarur bo’lgan impulslar o’tadi.
Orqa miyaning ko’ndalangiga to’la kesilishi sut emizuvchi hayvonlarda juda og’ir ahvolga spinal karaxtlik rivojlanishiga olib keladi. Orqa miyaning qirqilgan joyi ostidagi sigmentlar nervlaydigan tana qismlarida lahzada ixtiyoriy harakatlar umrbod yo’qoladi. Bu sohalarda sezgilar ham butunlay yo’qolib, aslo tiklanmaydi. Qirqilgandan so’ng ma’lum vaqt davomida pastgi sigmentlardagi markazlar yuzaga chiqaradigan somatik va vegetativ reflekslar yo’qoladi. 1-2 oy davomida tananing shikastlangan sohasida teri qurib qizarib ketadi, harorati ko’tariladi, chunki tomir va bezlariga simpatik markazlari ta’siri susayadi, qon tomirlar kengayadi, ter ajralish kamayadi. Tananing katta sohasida qon tomirlarning birdan kengayishi arterial qon bosimining havfli darajada pasayishiga sabab bo’lishi mumkin. Vaqt o’tishi bilan orqa miyaning qirqilgan joyidan pastki qismida reflekslar asli xoliga kela boshlaydi. Pay reflekslari paydo bo’ladi, qon tomirlar tonusi tiklanadi.
Spinal karaxtlikning og’irligi va davomiyligi hayvonlarning qanchalik rivojlanishiga bog’liq. Baqada bu holat faqat bir necha minut davom etsa, primatlarda hafta va oylargacha cho’ziladi.
Orqa miyaning yarim ko’ndalangiga kesilsa, kesilgan tomondagi muskullar shol bo’ladi, muskul holatini va og’irligini sezish buziladi, qon tomirlar ham shol bo’lib kengayib ketadi. Qarama-qarshi tomondagi muskullarning ixtiyoriy haraktlari saqlanib qoladi, muskul holatini sezish ham buzilmaydi, ammo og’riqni va haroratni sezish yo’qoladi.
Taktil sezgi tanani har tomondan ham sal pasayadi. Bu alomatlar yig’indisi Broun-Senar sindrom deyiladi.
Download 309.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling