23- mavzu: Mustaqillik sharoitida o`zbek muhojirligining o`ziga xos jihatlari. Mavzu rejasi
Download 118.57 Kb.
|
1 2
Bog'liq23-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekistondan doimiy yashash uchun boshqa davlatlarga ketganlar soni.
- O‘zbekistonga ko‘chib kelgan xorijliklar soni.
- O‘zbekistondan ko‘chib ketganlar soni
23- Mavzu: Mustaqillik sharoitida o`zbek muhojirligining o`ziga xos jihatlari. Mavzu rejasi: 1. Muhojirlikning tarkibiy qismlari va muhojirlikning umumlashtirilgan modeli. 2. Muhojirlik faoliyati va erkinlik fenomeni. 3. Muhojirlikning integral tipologiyasi. 4. O`zbekiston muhojirligining namoyon bo'lishi va shaxsiy erkinlikka intilish. Tayanch atamalari: Emigratsiya, muhojirlik faoliyati, erkinlik fenomeni, mustaqillik, deportatsiya. Emigratsiya (lot. emigro dan - “ko‘chib ketyapman”) – iqtisodiy, siyosiy, shaxsiy sabablarga ko‘ra bir mamlakatdan boshqasiga ko‘chish. Aholisi ko'chib ketgan mamlakatga nisbatan ko'rsatilgan. Emigratsiya - bu shaxsni yoki oilani boshqa joyga ko'chirish bo'yicha mustaqil qaror bo'lib, majburiy ko'chirish - mamlakatdan chiqarib yuborish yoki deportatsiya qilishdan farqli hisoblanadi. Emigratsiya sabablari urush, ocharchilik, qashshoqlik, siyosiy repressiya, etnik nizolar, konfessiyalararo nizolar, tabiiy va ekologik ofatlar, oilalarning birlashishi, kamsitish (milliy, diniy, ijtimoiy va hokazo), ta’lim, kasb-hunar, ish ololmasligi, yashash mamlakatida ijodiy, kasbiy, iqtisodiy va boshqa shaxsiy va oilaviy rejalarni amalga oshirishdagi qiyinchiliklar sabab bo`ladi. Mintaqa ichidagi yoki mamlakat mintaqalari orasidagi oddiy migratsiyadan farqli o'laroq, emigratsiya mamlakatni tark etish bilan bog'liq, ya'ni chegarani kesib o'tishni o'z ichiga oladi. Emigratsiya shaxsiy va ish maqsadlarida yoki turistik sayohatlardan qisqa muddatli sayohatlardan farq qiladi, chunki u doimiy yashash joyini o'zgartirish bilan bog'liq. Emigratsiya fuqarolikni yoki fuqarolikni olish yoki o'zgartirishni anglatmaydi. Xususan, Rossiya o‘z fuqarolariga ikkinchi fuqarolikni olishga ruxsat beradi. Emigratsiyaga qarama-qarshi jarayon immigratsiya, ya'ni doimiy yashash uchun mamlakatga kelishdir. Reemigratsiya - emigrantning asl yashash joyiga qaytishi, qaytish migratsiyasi. Reemigratsiyadan farqli ravishda repatriatsiya - bu o‘z vataniga yoki ota-bobolarining vataniga qaytishi, asl istiqomat qilgan mamlakatga emas. O'z mamlakati - etnik vatanidan tashqarida emigrantlar diasporani tashkil qiladi. Emigrantlar tilining o'ziga xos xususiyati - aralashish, begona qo'shimchalarning mavjudligi, nutqning intonatsion naqshini buzish. Emigrantlar orasida til merosiga ega bo'lgan bolalar ajralib turadi, ular ikki tilli va o'z ona tilidagi qoldiq bilimlarini saqlab qolishadi. Migratsiya - bu emigratsiyani ilmiy o'rganish. Aholi va uning eng faol qismi bo`lgan mehnat resurslari makroiqtisodiyotning asosiy qismi hisoblanadi. Dunyo aholisining qandaydir qismi, har xil ta`sirlar yordamida ish va yashash joyini almashtirib turadi. Bu omil migratsiya deb atalib, u bir paytning o`zida ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, diniy, ekologik xarakterga ega. Fanda migratsiyaning turli ta`riflari mavjud. Migratsiyaga mavjud ta`riflar orasida umumiy tarzda, quyidagi ta`rifni ajratib ko`rsatish mumkin: jismoniy shaxs (aholi) ning ma`lum bir geografik hududdan boshqa bir muayyan hududga ko`chishi migratsiya deyiladi. XX asr oxiri va XXI asr boshlarida dunyoda aholi migratsiyasi kuchaydi. Agar oldinlari migratsiya ma`lum bir hududlardagina (Afrika, Osiyo, AQSH, G`arbiy Yevropa) ro`y bergan bo`lsa, endilikda migratsiya tobora xalqaro global jarayonga aylanib bormoqda. Aholining migratsion jarayonlari motivi, ko`pchilik hollarda, siyosiy va iqtisodiy omillar hisoblanadi. XX asr oxirida dunyo siyosiy xaritasidagi o`zgarishlar migratsion jarayonlarga yangi turtki berdi. YAngi yosh mustaqil davlatlardan rivojlangan mamlakatlarga migratsiya shu yillarda yanada o`sdi. Bu o`rinda, bir vaqtning o`zida, siyosiy va iqtisodiy omillarning kesishuvi natijasidagi migratsion jarayonni kuzatishimiz mumkin. Dunyo bo`ylab migratsion jarayonlarning ortishi ko`plab muammolarni keltirib chiqarmoqda. Jumladan, boshqa davlatlarga kelayotgan kishilarning til bilmasligi, mahalliy aholi urf-odatlarini bilmasligi, mahalliy aholi bilan turli nizolarning kelib chiqishi, diniy omil, ishchilarning oddiy gigienik qoidalarga rioya qilmasliklari, turli yuqumli kasalliklarning kelib chiqishi, tibbiy xizmatning vaqtida olinmasligi, shuningdek, turli jamoat joylarida o`zini tutish qoidalarini bilmasligi yoki rioya qilmasligi kabi omillarni ko`rsatish mumkin. YUqoridagi holatlarning avj olib ketmasligi uchun migratsion jarayonlarni boshqarish tushunchasi qo`llaniladi. Bunday boshqarish tagzamirida, ish kuchi resurslarini birinchi navbatda, qonuniylashtirish, tartibga solish yotadi. Ishchi kuchi migratsiyasini tartibga solishda xalqaro tashkilotlarning ahamiyati kattadir. Bunday tashkilotlardan biri Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT)dir, bu tashkilotda davlatlar, tadbirkorlar va mehnatkashlar vakillari ishtirok etadi. Migratsion jarayonlarni boshqarishda ushbu jarayonlarning asosiy yo`nalishlarini aniqlab olish muhim ahamiyatga ega. Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining 5 ta yo`nalishini ajratib ko`rsatish mumkin: 1) Rivojlanayotgan davlatlardan sanoati rivojlangan davlatlarga migratsiya; 2) Sanoati rivojlangan davlatlar doirasidagi migratsiya; 3) Rivojlanayotgan davlatlar orasidagi migratsiya; 4) Sobiq sotsialistik davlatlardan sanoati rivojlangan davlatlarga migratsiya; 5) Ilmiy xodimlar, malakali mutaxassislarning sanoati rivojlangan davlatlardan rivojlanayotgan davlatlarga migratsiyasi. BMTning statistik ma`lumotlariga qaraganda, Yevropa aholisi 2050 yilga borib, 128 mln.ga kamayadi, bunda Italiya – 16 mln., Germaniya – 23 mln., Rossiya – 33 mln. kishisini yo`qotadi. Eng ahamiyatlisi, Yevropa umumiy aholisining 10% igina Yevropalik ildizga taqaladi. Migrantlar, o`z tabiatiga ko`ra jamiyatning ishbilarmon va harakatchan a`zolari hisoblanadi. Tarixga nazar tashlaydigan bo`lsak, migratsiya iqtisodiy o`sishga, yangi millatlarning paydo bo`lishi (assimilyatsiyalashuv)ga, marginal madaniyatlarning boyishiga ko`mak bo`lib kelgan. Migratsion jarayonlarni tahlil etishda, undagi muhim muammoviy masalalarning ham mavjudligini inobatga olish zarur bo`ladi. Ma`lumki, harakat faoliyati mobaynida aksariyat migrantlar ekspluatatsiya qilinadi va ularning huquqlari poymol qilinadi; aksariyat holatlarda o`zlari yo`nalish olgan manzil mamlakatlar madaniyati va turmush tarziga nisbatan integratsiyalashuv qiyin kechishi mumkin; migrantlarni qabul qilayotgan davlatlarning malakali va zarur hisoblangan kadrlariga nisbatan arzon ishchi kuchi sifatida raqobatbardosh bo`lib, ularni ish joylaridan mahrum etishi mumkin. Mana shu va boshqa ko`plab sabablarga ko`ra migratsiya holatin har tomonlama, jumladan sotsiologik o`rganish muhim mavzu hisoblanadi. Mazkur migratsiyaning hajmidan tashqari yana bir muhim tomoni, ijtimoiy-siyosiy tomoni ham borki, u hozirgi vaqtda ham Yevropalik hisoblangan amerikaliklarning asosan kelib chiqishi afrikalik bo`lgan qullarning avlodlariga nisbatan qaysidir darajada ta`sir kuchiga ega ekanligidir. SHunday bo`lsa-da, AQSHga quldorlikning tugatilishidan so`ng ham Xitoy, Hindiston va YAponiyadan juda ko`plab odamlar shartnoma asosida ko`chishdi va bu jarayon hali ham davom etmoqda. Masalan, oxirgi statistik ma`lumotlarga ko`ra ushbu mamlakatga faqat Hindistonning o`zidan 1,5 million odam ko`chib kelgan. Hindistonlik migrantlar dunyo miqyosida o`zining intellektual salohiyati tufayli komp`yuter dasturlari ustasi sifatida tanilgan bo`lsa-da, biroq ularning Amerikadagi faoliyati Yevropa mamlakatlari fuqarolariga tegishli plantatsiyalarda ishlash bilan bog`liqdir. Migratsiyaning keyingi davri XIX asrning oxirlari va XX asrning boshlariga kelib, AQSHning sanoatini nihoyatda yuqori sur`atlar bilan rivojlanishi orqali belgilanadi. Bu vaqtda SHimoliy, Janubiy va SHarqiy Yevropaning iqtisodiy turg`un hududlaridan va repressiv siyosiy tizimlaridan qochgan millionlab ishchilar 1850 yildan 1930 yildagi Buyuk Depressiyagacha AQSHga ko`chib ketishda davom etadilar. Ularning orasida ocharchilikdan qochgan irlandiyaliklarni, omadini sinab ko`rish uchun ketgan ingliz, nemis va frantsuzlarni, ishsizlikdan tinkasi qurigan italiyalik va polyaklarni, etnik jihatdan holi tang yahudiy va boshqa millat vakillarini ko`plab uchratish mumkin edi. Bu vaqtda N`yu Yorkdagi Ellis orolidagi immigratsion tekshiruv ro`yxatidan o`tgan migrantlarning soni qariyb 12 mln. kishini tashkil etadi. Migratsiyaning keyingi katta davri ikkinchi jahon urushidan keyin Yevropa, Shimoliy Amerika va Avstraliyadagi iqtisodni tiklash uchun ishchi kuchi zarur bo`lganligi tufayli sodir bo`ladi. Masalan, bu ko`plab turk migrantlarining Germaniyaga, Shimoliy Afrikaliklarning Frantsiya va Bel`giyaga kelishi bilan bog`liq. Shu vaqtda mustamlakadan chiqish hali hamon davom etayotgan bo`lib, dunyoning turli burchaklarida “uchinchi davlatlar” deb nom olgan ko`plab jamiyatlarda ozodlik harakatlari natijasida, mustamlakachilik zulmidan qutulish davri boshlanadi. Ammo uning zamirida ham migratsion jarayon jiddiy tus oladi. Bu davr, 1947 yilda Hindistonda bo`lgan ozodlik harakati va Pokiston davlatining vujudga kelishi natijasida, millionlab hindlar va musulmonlarning, hamda Isroil davlatining tashkil topishi natijasida vujudga kelgan ichki nizolar tufayli, yahudiy va falastinliklarning o`z tug`ilib o`sgan joylarini tark etishlari bilan bog`liq. SHuningdek, mag`lubiyatga uchragan Germaniya va Yaponiyadan AQShga intellektual migratsiya kuchayadi. Avj olgan migratsiya sur`ati AQShga nisbatan o`tgan asrning 90-yillari boshida bir oz susaygan bo`lsa, Yevropa mintaqasida xalqaro migrantlarning kuchiga bo`lgan talab 70-yillarga kelib deyarli ehtiyoj sezmaydi. Ushbu davrlarda global iqtisodning boshqaruv kuchi Osiyo tomonga ko`cha boshlaydi. Bu esa shundoq ham aholi zich yashaydigan erlarda migrantlarga, xususan, mehnat migratsiyasiga bo`lgan talabni oshiradi. Oxir-oqibat migrant qabul qiluvchi davlatlarda so`nggi yillarda boshpanasizlar, qochoqlar va nomuntazam migrantlarning harakati boshqarib bo`lmas darajaga etdi. Bu tabiiyki, xalqaro miqyosda migratsiya tizimini tartibga solish bo`yicha qator loyihalar ishlab chiqishni taqozo etardi. Birinchidan, migrantlar orasida ayollar ulushi tez ravishda oshib bormoqda. 2007 yilda Er yuzi bo`yicha migrantlarning deyarli yarmi ayollar bo`ldi, ularning katta qismi rivojlangan davlatlarda va sezilarli qismi esa rivojlanayotgan davlatlarda faoliyat yuritmoqda. BMTning statistik ma`lumotlariga ko`ra, 2005 yilda Yevropa, Lotin Amerikasi, SHimoliy Amerika, Okeaniya va sobiq Ittifoq davlatlarida erkak migrantlarga qaraganda ayol migrantlar ko`proq bo`lgan. E`tirof etadigan tomoni, ilk vaqtlarda ayollarning migratsiyada ishtirok etishda asosiy maqsadlaridan biri an`analardan kelib chiqqan holda, o`z jufti haloli bilan birga bo`lish bo`lsa, bugungi kunda esa mustaqil tarzda ko`chayotgan ayollar nisbati ortib bormoqda, ular asosan oilalarining asosiy boquvchisi sifatida ketmoqdalar. Ikkinchidan, migrantlarning o`z davlatlari, tranzit va ular boradigan (manzil) davlatlar orasidagi an`anaviy farq tushunarsiz bo`lib qoldi. Bugungi kunda dunyodagi deyarli barcha mamlakatlar nazoratni amalga oshirish uchun uchta vazifani bajarmoqda, ya`ni migrantlar bu davlatlardan chiqarilmoqda, davlatlar tranzit vazifasini bajarmoqda va migrantlar ularga qarab yo`l olishmoqda. SHaxsning yashash joyini erkin tanlashini tan olish migratsiya ommaviy, xalqaro tus olayotgan hozirgi davr va jamiyatlar uchun uzoq izlanishlar olib borishni talab etayotgan masalalardan biridir. Inson xuquqlari va ma`naviy madaniy qadriyatlar nuqtai nazaridan u, shubhasiz, ijobiy ahamiyatga ega. SHaxsning o`z ma`naviy-madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun barcha davlatlar va o`lkalarda ham real teng imkoniyatlar yaratilgan deb bo`lmaydi. Diniy mutaassiblik, konservativ qarashlar, demokratiyani til uchida tan olayotgan, aslida esa yakka fikrni targ`ib etib, hurfikrlikni goh ochiq, goh yopiq ta`qib etayotgan davlatlardan ochiq fuqarolik jamiyati qurayotgan G`arb davlatlarida migratsiya kuchayib bormoqda. Har yili G`arb davlatlariga Osiyo va sobiq SSSR respublikalaridan 4 millionga yaqin kishi migratsiya qilinadi. Bunday jarayonlar Xitoy, Yaponiya, Hindistondan AQShga ko`chishda ham ko`zga tashlanadi. Demak, migratsiya umumplanetar xarakter kasb etmoqda. Ko`chish faqat ishchi kuchlarining siljishi emas, u milliy madaniy qatlamlarning siljishi hamdir. U madaniyatlararo integratsiyani kengaytiradi, umuminsoniy ma`naviy-madaniy qadriyatlarning, turmush tarzining rang-baranglashuviga, butun insoniyat uchun normativ ahamiyatga va ko`rinishga ega bo`lgan madaniy paradigmalarning shakllanishiga olib keladi. “Emigratsiya va reemigratsiya hayotning geosiyosiy, siyosiy, iqtisodiy, etnomadaniy, ijtimoiy sohalariga ta`sir etdi”. Hozirgi davrda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi migratsiya oqimlarini boshqarish muammosi mamlakatlar iqtisodiy xavfsizligini shakllantirishning ahamiyatli omillaridan biriga aylanmoqda. CHunki migratsiya (xususan, mehnat migratsiyasi) so`nggi vaqtlarda mintaqaning qator mamlakatlari uchun tahdidli xususiyat kasb etmoqda. Mintaqadagi migratsiya nafaqat o`zining misli ko`rilmagan ulkan miqyosi, balki aksariyat hollarda asosan faqatgina bir mamlakatga – Rossiyaga yo`nalganligi bilan xarakterlidir. VMF ma`lumotlariga ko`ra, Rossiya imigratsiya ko`lamiga ko`ra, kattaligi jihatidan ikkinchi o`rinda turadi. Bu esa, Markaziy Osiyo mintaqasining deyarli barcha mamlakatlarini RF siyosiy va iqtisodiy manfaatlariga bevosita bog`lab qo`yadi. Mintaqadagi mamlakatlar migratsiya jarayonlarining ikkinchi muhim xususiyati migrantlardan olinayotgan moliyaviy tushumlardan ushbu davlatlarning bog`liqligi yuqori darajasidir. (Aynan MVFning ma`lumotlariga ko`ra, mintaqa mamlakatlariga migrantlar tomonidan yuborilayotgan pul jo`natmalari Tojikiston YAIMning 20-25%igacha, Qirg`izistonda 16%igacha tashkil etadi) bog`liqlikning bunday darajasining o`ziyoq iqtisodiy xavfsizlikka bevosita tahdiddir. Rossiyada ishchi o`rinlarning so`nggi qisqartirilishi Qirg`iziston Respublikasi migratsiya va bandlik agentligi direktori A.Riskulovaning bejiz jiddiy tashvishga solmayapti, uning fikriga ko`ra, jahon iqtisodiy inqiroziga bog`liq holda migrantlardan pul tushumining kamayishi hozircha kuzatilmayapti. “Biroq migrantlardan keladigan tushumlar kamayishi mumkin, chunki inqiroz ish o`rinlarining qisqarishiga olib keladi, bu esa, ishsizlikning ko`paytirishi yoki xorijga pul topish uchun ketgan kishilarning maoshi kamayishiga olib kelishi mumkin. Bank jo`natmalari bo`yicha Qirg`izistonga migrantlar o`tkazayotgan pullar 800 milliondan ko`proq AQSH dollarini tashkil etadi, biroq shu ayolning so`zlariga ko`ra, agar ular pullarni qarindoshlari orqali yuborishni yoki ko`chmas mulk xarid qilayotganini hisobga oladigan bo`lsak, bu summa 1 milliard AQSH dollaridan oshib ketishi mumkin”. Bundan nafaqat Qirg`iziston Respublikasining iqtisodiy, balki milliy xavfsizligiga ham jiddiy xatar bo`lishi mumkinligini, xususan, bu erda Qirg`izistonning tashqi qarzi sezilarli ekanini ham hisobga olish zarurligi haqidagi xulosa kelib chiqadi. Hozirgi sharoitlarda Markaziy Osiyo mintaqasidagi migratsion oqimlar deyarli nazoratsiz yuz berayotganini hisobga olgan holda har qanday donor mamlakatning iqtisodiy mustaqilligi kamayishi kuzatilishi mumkinligini tahmin qilish mumkin, chunki malakali mutaxassislarning ketib qolishi ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifati va raqobatbardoshligi kamayishiga olib kelishi mumkin. Ayni vaqtda, har qanday mamlakatning iqtisodiy mustaqilligini saqlab qolish uchun ishlab chiqarishning shunday darajasiga hamda raqobatbardoshlikni ta`minlay oladigan mahsulot samaradorligi va sifatini oshirishga hamda jahondagi savdoda, koopiratsion aloqalarda va ilmiy-texnik, texnologik yutuqlarda teng ishtirok etishga imkon beradigan darajaga chiqish talab etilmoqda. Bunga halal beruvchi omillar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: Mehnat migratsiyasi sohasida qabul qiluvchi va yuboruvchi mamlakatlar qonunchiligining nomukammalligi. Mavjud qonunlarni amalga oshirishning aniq mexanizmi, ularni bajarilishi ustidan nazoratning mavjud emasligi. Mehnat migrantlarining faoliyatini tashkil etish va boshqarish uchun huquqiy asos sifatidagi ta`sirchan ikki tomonlama bitimlarning mavjud emasligi. Mehnat migrantlarini qabul qiluvchi mamlakatlarda undan foydalanish manfaatli bo`lganligi sababli noqonuniy ishchi kuchiga bo`lgan yuqori talab hamda ish beruvchi uchun xorijiy ishchi kuchini yollash tartibining murakkabligi. Fuqarolarni xorijda qonuniy ishga joylashtirish bo`yicha Tojikistondagi xizmatlar va infratuzilmalarning rivojlanmaganligi. Qog`ozbozlikning keng tarqalganligi. Markaziy Osiyo hududi mamlakatlaridagi migratsiya darajasini yuqoriligi iqtisodiy asosi iqtisodiy taraqqiyot darajasi va turli mamlakatlardagi daromadlar darajasidagi farqdir. Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun (Qozog`iston bundan mustasno) Rossiya mehnat migrantlari uchun iqtisodiy, ijtimoiy, tarixiy va boshqa omillar tufayli eng maqbul mamlakatdir. YUqorida bayon qilinganlardan kelib chiqqan holda, mamlakatdan chiqib ketayotgan ishchi kuchi oqimining iqtisodiy zarari o`ta katta, degan uzil-kesil xulosaga kelish mumkin. Migratsiya natijasida mintaqa mamlakatlarining eng malakali mehnat zahiralari qatlamlarining yo`qotilishi mlliy iqtisodiyotlarning uzoq muddatli jonlanish istiqbollariga putur etkazadi va ham ichki, ham xorijiy investitsiyalarning mehnat talab qiluvchi sohalarga kiritilishini kamaytirib yuboradi. Ular o`tmishda raqobatli afzalliklarga ega bo`lgan va Markaziy Osiyo davlatlarining milliy iqtisodiy tizimi uchun yo`l boshlovchi bo`lishi mumkin edi. Bu ham, iqtisodiy xavfsizlikning o`sishiga imkon bermaydi. Mehnat migratsiyasining hozirgi kundagi jarayonlari, agar qisqa muddat nazaridan qaraladigan bo`lsa, iqtisodiyotga pul va mahsulot zahiralarining sezilarli darajada jamlanishi hamda mamlakat tashqarisida yaratiladigan so`ngra esa, mintaqa mamlakatlariga olib kelinadigan, import qilinadigan qadriyatlarga ta`sir ko`rsatadi. 2004 yil 17 avgustda Koreya Respublikasida sanoat tizimida o`qitish bilan bir qatorda xorijiy fuqarolarni ishga joylashtirishga ruxsat berish tizimi joriy qilingan. Ishga yollash faqatgina bu borada ikki tomonlama shartnoma tuzgan mamlakatlardagina amalga oshiriladi. Bunday mamlakatlar hozircha hammasi bo`lib oltita: Tayland, SHri-Lanka, V`etnam, Mo`g`uliston, Indoneziya va Fillipin. Ishga yuborish mamlakatlarini tanlash Koreya Respublikasi xorijiy ishchi kuchi strategiyasi bo`yicha qo`mita va mehnat vazirligi tomonidan amalga oshiriladi (mehnatga joylashish uchun ruxsat berish tizmiga yuboruvchi mamlakatlarni tanlash sanoat malaka oshirish tizimidan mustaqil tarzda o`tkaziladi). Ishchilarni tanlab olish va taklif qilish Koreya Respublikasi davlat muassasalari va yuboruvchi mamlakat tomonidan xususiy ishga jo`natish agentliklarining vositachiligisiz amalga oshiriladi. Xulosa tarzida jaxon moliyaviy inkirozi natijasida kuplab mamalakat ish urinlari kiskartirilmokda. BMT taraqqiyot dasturining Yevropa va MDX mamalakatlari buyicha mintaqaviy byurosi markaziy Osiyo departamenti direktori global inkiroz dunyo buyicha 240mln. kishi ishidan ayrildi, 170mln. nafarda ortik kishi kashshok bulib koldi. Jaxon tsivilizatsiyasining xozirgi rivojlanish boskichi ijtimoiy –iktisodiy, siyosiy va madaniy munosabatlar integratsiyalashuvi xamda globalashuvi bilan xarakterlanadi. Zamondagi chegaralari va amalga oshish sur`atlari xam barcha mamlakatlar va millatlar uchun bir xil emas. U ayrim mamlakatlar xayotida tezrok, ayrimlarida esa sekinrok kechishi mumkin. Oʼzbekiston mustaqillikka erishi bilan bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyot qurishni oʼzining ustuvor vazifasi sifaida belgiladi. Bozor munosabatlarini tarkib toptirish birinchi navbatda mamlakatning mustaqillikni saqlab qolishining muhim asosida koʼrildi. Bozor munosabatlariga oʼtish uchun birinchi navbatda mamlakat iqtisodiyotini asosiy harakatlantiruvchi kuchi hisoblangan salohiyatli kadrlarni tarbiyalash, inson kapitalini taraqqiy ettirish zarurati vujudga keldi. Qaryib bir asr davomida kapitalistik munosabatlarga qarshi tarbiyalangan avlob bilan ushbu munosabatlarni tarkib toptirish biroz qiyinchiliklar toʼgʼdirdi. Davlat oʼzining siyosatining dastlabki bosqichida oddiy bozor munosabati hisoblangan savdo-sotiqni yoʼlga qoʼyishga oʼz etiborin qaratdi. Mamlakat fuqarolari oʼzlarining oziq-ovqat, kiyim-kechak va xoʼjalik mahsulotlariga boʼlgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida turli mamlakatlarga savdo migratsiyasini amalga oshirdi. Mamlakatda kechgan ogʼir iqtisodiy ahvol, sanoatning tang ahvolga tushib qolgani, ish oʼrinlarining mavjud emasligi yoki demografik bosim oqibatida mavjud ish oʼrinlarining xalq manfaatlariga mos emasligi, ish haqining kundalik turmush gsharoitlarini qondirishga yetmasligi va oshqa omillar tufayli mamlakat aholisi asta-sekinlik bilan xorijiy mamlaktlarga mehnat migratsiyasiga tortildi. Migratsion jarayonlarning birinchi bosqichida mamlakat aholisining ayrim qatlam va toifalari tirikchilik maqsadida yangi ish manzillarini aniqlash doirasida migratsion jarayonlar ishtirokchisiga aylandi. Davlat statistika qo‘mitasining ma`lumotlariga ko`ra 2000 yildan 2020 yilgacha O‘zbekistondan 1 107 854 nafar fuqaro xorijiy davlatlarga doimiy yashash uchun chiqib ketgan. 20 yil ichida mamlakatga ko‘chib kelgan xorijliklar soni 11 baravar kam - 99 341 kishini tashkil etadi. O‘zbekistondan doimiy yashash uchun boshqa davlatlarga ketganlar soni. O‘zbekistondan eng ko‘p ko‘chib ketganlar soni 2005 yilda - 104,9 ming kishi, eng kami - 2019 yilda (13229 nafar) ro‘yxatga olingan. Pandemiya sharoitida 2020 yilda 13 648 kishi mamlakatdan ko‘chib ketgan. O‘zbekistonga ko‘chib kelgan xorijliklar soni. O‘zbekistonga joylashish uchun eng ko‘p xorijliklar 2002 yilda - 7155 nafar, eng kami - 2020 yilda (1105 nafar) kelgan. Davlat statistika qo‘mitasi faqatgina 2018−2020 yillar kesimida immigratsiya va emigratsiya haqidagi ma’lumotlarni mamlakatlar bo‘yicha taqdim eta oldi. O‘zbekistondan ko‘chib ketganlar soni
Download 118.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling