23-Amaliy ish Skarn va metamorfik konlar. Ishning maqsadi


Download 42.89 Kb.
bet2/2
Sana19.06.2023
Hajmi42.89 Kb.
#1603100
1   2
Genezisi: o‘rtacha chuqurliq vollastonitning kristallanishi - 600-800°, magnetit - 550°, ko‘p sulfidlar - <400°, intruziv strukturasi - mayda donador va porfirli, CaSO3 + SiO2 natijasi-da CO2 gazi aaralib chikadi va bu reaksiya chuqurlashgan sari so‘nadi, serharakat birikmapar – H2O,CO2,S,K2O,Na2O,O2,MgO,Fe inert birikmalar - CaO,SiO2,R2O5,Al2O2,TiO2; har ikki tur birikmalar xam erkin xarakatlanishi mumkin; diffuzion metasomatoz yukori konsentratsiyadan past konsentratsiya tomon turg‘un suvlar hisobiga, sizma metasomatoz esa, konsentratsiyadan mustasno ravishda postmagmatik eritmalarning xar bir mineral donasini yuvib o‘tishi va eltishi xisobiga sodir bo‘ladi.
Ma’dan skarnlarga nisbatan uch xil munosabatda bo‘lishi mumkin: 1) yo‘ldosh ma’danlanish; bunda skarn jinslari va ma’dan tanalari shakli ustma-ust tushadi, tektonikaning ahamiyati deyarli yo‘q; 2) kechikib ma’danlanish: bunda skarn va ma’dan tanalarining shakli doim ham ustma-ust kelmaydi, ma’dan skarnlardan keyinroq ajraladi, ma’dan minerallanish aro tektonika bilan boshqariladi, ma’dan skarnlar ichida alohida linzalar sifatida shakllanadi; 3) mustaqil ma’danlanish; bunda skarn va ma’dan tanalari ustma-ust tushmaydi, ma’danlanish jarayoni skarnlardan ancha kechikadi, ma’dan tanalari skarnlardan tashqarida ham joylashadi.
Skarn konlarining hosil bo‘lishi pnevmatolit etapidan boshlanib gidrotermal etapida tugallayadi.
Magnezial skarn konlari. Magnezial skarnlarning paydo bo‘lishi nordon va deyarli nordon magmaning harakati, ularning magnezial oxaktoshlar yoki dolomitlar bilan o‘zaro kimeviy reaksiyalari natijasidir deb xisoblanadi.
Magmatik jinslarning ichki, xali qotib ulgurmagan qismidan ko‘tariluvchi yuqori harorat va bosimga ega bo‘lgan postmagmatik suyuqliklar turli kimyoviy elementlarga boy bo‘lib, o‘rab turuvchi tog‘ jinslarini o‘zgartirib yuboradilar. Bu jarayonlar ayta kristallanish natijasida teksturaviy va strukturaviy o‘zgarishlarga olib keladi. Natijada oxaktoshlar marmartoshlarga, qumtoshlar rogoviklarga, gilli slanetslar andaluzit, kianit va sillimanitli slanetslarga aylanadi. Tog‘ jinslarining postmagmatik eritmalar ta’sirida ana shunday chuqur o‘zgarishlari metasomatoz deb ataladi.
Metasomatoz xodisasining asosiy qonunlaridan biri metamorflanuvchi jinsning doimiy qattiq holda saqlanib qolishidir ikkinchisi, ularning tarkibi o‘zgarishiga qaramay xajmning o‘zgarmasligidir.
Agar metasomatoz xodisasi tarkibi bo‘yicha o‘zaro keskin farqlanuvchi jinslar chegarasida ro‘y bersa, bu kontakt (chegara) metasomatozi deb ataladi. Bu ko‘pincha o‘zidan postmagmatik eritmalarni ajratayotgan granitoid massivlar bilan oxaktoshlar o‘rtasida sodir bo‘ladi, hosil bo‘lgan ikkilamchi metasomatik jinslar skarn deb ataladi. Bu jarayonda quyidagi birikma va metallar qatnashishi ko‘p kuzatiladi: SiO2,TiO2, A12O3, P2O2, CaO, FeO,MgO, O2,Na2O,K2O,S, CO2,H2O,W,Mo, Fe,Mn,Cu, Pb, Zn, Au, B.
Oxak skarn konlari. Skarnlarning hosil bo‘lishi uchun zarur birikmalar CaO, SiO2, A12O3 bo‘lib, bularning birinchisi oxaktoshlardan, ikkinchisi esa granitlardan ajralib chikadi. Bu birikmalar shu jarayonlarda ishtirok etuvchi SO2, K2O, Na2O lar kabi postmagmatik eritmalarga qo‘shilib erib ketmay qattiq holda o‘z joylarida saqlanib qoladilar. Shuning uchun xam skarnlanish jarayolarini mukammal o‘rgangan olim D. S. Korjinskiy ularni inert, ya’ni turg‘un birikmalar (komponentalar) deb ataydi. Bulardan farqli ravishda xarakatchan birikmalar deb ataluvchi H2O, CO2, S, K2O, Na2O,O2,MgO,FeO kabilar skarnlanishdagina emas, balki keyingi ma’danlanish jarayonlarida xam faol qatnashadilar. Ammo tabiatda bunday keskin farqlanish doim xam tasdiqdanavermaydi. Shu sababdan D. S. Korjinskiyning o‘zi ham ularni inertlik qobiliyatiga qarab quyidagicha bir qatorga joylaydi: glinozem, kremnezem, kalsiy oksida, temir oksidi, magniy oksidi, kislorod, natriy oksidi, kaliy oksidi, oltingugurt, karbonat angidridi, suv.
Skarn hosil qiluvchi minerallar ana shu inert va serharakat birikmalardan hosil bo‘lganligini biz ularning kimeviy tarkibidan aniqlab olamiz. Misol tariqasida piroksenlardan
CaO,FeO2SiO2 = CaFeSi2O6 – gedenbergit;
CaOMgO2SiO2 = CaMgSi2O6 – diopsid;
CaO(Fe,Mg)O2SiO2 – CaFeMgSi2 O6 - salit;
Granatlardan3CaO,FeO 3SiO2 = Ca3Fe2Si3O12 - andradit,
ZSaO,Al2O3,3SiO2 = Ca3Al2Si3 O12 – grossulyarni keltirish mumkin.
Ikki xil ya’ni karbonat (oxaktosh) va silikat (granit) jinslarning chegarasida ulardan ajralib chiqqan yuqorida ko‘rsatilgan inert birikmalarning o‘zaro modda almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan skarnlar yon metasomatik skarnlar deb ataladi. Ular yuqorida aytilganidek ekzo- va endoskarnlarga ajralada. Ekzo skarnlarning uzi bevosita granitoidlarga yondoshgan qismida hosil bulish mexanizmiga qarab diffuzion yoki infiltratsion skarnlarga ajratilada. Kon hosil bo‘lishida infiltratsion skarnlarning ahamiyati nihoyatda salmoqli.
Oxak skarn konlarining yirik vakili - Ingichka koni G‘arbiy O‘zbekistondagi Zirabulok tog‘larining janubi-sharqiy qismiga joylashgan bo‘lib, sheelitli skarnlar formatsiyasiga kiradi. Konning geologik tuzilishida quyi silur va devon davrida hosil bo‘lgan slanets, rogoviq oxaktoshlar va ularni yorib chiqqan granodiorit hamda granit massivlari ishtirok etadi. Bundan tashqari qatlamlarga ko‘ndalang yo‘nalishda leykokrat granit daykalari xam mavjud. Ma’danli skarnlar oxaktosh va turli granitoid jinslar orasida hosil bo‘lgan. Ular asosan plastsimon, linzasimon, tarmoqlangan shakllarda bo‘lib, gedenbergit, salit, granat, amfibol, vezuvian, vollastonit va boshqa skarn minerallaridan tashkil topgan. Keyingi gidrotermal jarayonlar natijasida skarnlar keng miqdorda kvarslangan bo‘lib, asosiy ma’dan minerali sheelitdan tashqari molibdenit, pirit, xalkopirit, pirrotin va boshqalar ishtirok etadi.


Vazifa:Metamorfikvaskarn konlarning hosil bo’lishi, unda uchraydigan foydali qazilmalarni o’rganish.
Quyidagilar zarur:

  1. Ish daftari.

  2. Chizg‘ich, qalam tm, ruchka

  3. Konlarninggeologik xaritasi.



Ishni bajarish ketma-ketligi:

  1. O‘qituvchi konlar haqida ma’lumot berib, vazifa beradi.



Xisobot turi: Talaba dars tugagandan so‘ng yozma shaklda xisobot taqdim etadilar.
Download 42.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling