23-guruh Muminov Otamurod Mavzu: Tanlov tajribalari Atrof-muhitning bosh tadqiqot obyekti ekologik tizim Antropogen omillar
Download 1.03 Mb.
|
Otamurod atrof muhit
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. XX asr oxirlarida insoniyat biosferaning tuzilishiga tasiri
Atrov muhit va tabiiy resurslar Iqtisodiyoti fanidan Mushtaqil ish 23-guruh Muminov Otamurod Mavzu: Tanlov tajribalari 1. Atrof-muhitning bosh tadqiqot obyekti ekologik tizim 2. Antropogen omillar 3. Barcha hayvonlar va insonda kecha-kunduzning almashishi 4. Biotik omillar 5. XX asr oxirlarida insoniyat biosferaning tuzilishiga tasiri Atrof-muhitning bosh tadqiqot obyekti ekologik tizim yoki ekotizimdir. U ma’lum maydondan iborat bo‘lib, unda tirik organizmlar va ularni yashash muhitlari majmuasi moddiyenergetik va axborotlarning o‘zaro ta’siri bilan birlashgan. “Ekotizim” atamasi ilk bor ingliz botanigi L.Tensli (1935) tomonidan taklif qilingan. Ekotizim biror kattalikdagi yoki o‘lchamdagi hudud bilan chegaralanmaydi .1. Atrof-muhitning bosh tadqiqot obyekti ekologik tizim. Shuning uchun ham uni organizmlarning xohlagan (masalan, sun’iy akvarium, issiqxona, bug‘doy maydoni va h.k.) va murakkab yashash tabiiy muhiti (ko‘l, o‘rmon, okean)ga nisbatan qo‘llash mumkinOdatda quruqlik va suvli (akvatoriyali) ekotizimlar farq qiladi. Ekotizimlarni misollar yordamida tushuntiramiz: qora saksovulzorlar taqirli delta tekisliklarida keng tarqalgan, daryo sohillarida daraxt-butali to‘qayzorlar qamishli qayir ko‘llari rivojlangan. Odatda quruqlik va suvli (akvatoriyali) ekotizimlar farq qiladi. Ekotizimlarni misollar yordamida tushuntiramiz: qora saksovulzorlar taqirli delta tekisliklarida keng tarqalgan, daryo sohillarida daraxt-butali to‘qayzorlar qamishli qayir ko‘llari rivojlangan. Tirik organizmlarni o‘rab turgan fizik qurshov yoki tevarakatrofdagi o‘zaro bog‘lanishlardagi shart-sharoitlar va ta’sirlar majmuyi muhit deb ataladi. Odatda tabiiy va sun’iy muhitlar ajratiladi, ularning o‘zaro bog‘liqligini ekologik muhit tushunchasi ifodalaydi. Organizmlarning yashashi uchun bir yoki bir nechta muhitlar zarurdir. Hayot muhitlari alohida yashash muhitlariga bo‘linadi. Yashash muhiti hayot muhitining geografik va ekologik xususiyatlari bilan ajraluvchi qismidir. Masalan, suv hayot muhitida chuchuk va sho‘rsuvli yashash muhitlari, oqar va oqmas yashash suv muhitlariga ajratiladi. Yashashmuhiti, yashash joyi va geotoplarga bo‘linadi. Ekotizimning barcha elementlari ham biotik, ham abiotik omillar ta’siridandir. Bu jarayonlar muayyan muhit sharoitlarida ro‘y beradiEkologik nuqtayi nazardan muhit shunday tabiiy jismlar va hodisalarki, organizm ular bilan bevosita yoki bilvosita munosabatda bo‘ladi. Organizmning atrof-muhiti nihoyatda xilmaxil bo‘ladi. Suv va havo o‘lik, tuproq oraliq, organizm tirik muhitlardir. Muhitning tirik organizmlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir etuvchi tarkibiy qismlari ekologik omillardeb ataladi. Hozirda ushbuomillarning kelib chiqish vaqti bo‘yichamuhitga, xarakteriga,ta’siretish xususiyatlariga qarab abiotik (o‘liktabiatning ta’siri), biotik (tirik organizmlar bilan bog‘liq ta’sir) va antropogen (inson faoliyati natijasida ta’sir) omillarga bo‘linadi U vaqt va makonda ko‘pdan-ko‘p harakatdagi elementlar, hodisalar, shart-sharoitlardan tashkiltopib, ular omillar sifatida ko‘zdankechiriladi. Tirik organizmlar asosan to‘rtta muhitda: suv, havo,tuproq, organizm (muhit sifatida)larda yashashga moslashgan Abiotik omillar organizmlarga muhitning fizik va kimyoviy jihatlari orqali ta’sir ko‘rsatadi. Ularga quyidagilar kiradi iqlim, yorug‘lik, harorat, havo, namlik va shamol, bosim; edafik: tuproqning mexanik va fizik-kimyoviy tarkibi, xossalari va h.k.; Biotik omillar organizmlarning turli shakllaridagi o‘zaro munosabatlari natijasidagi ta’siridir. Ular quyidagicha ro‘y beradi: fitogen – birgalikda yashayotgan o‘simliklarning bevosita va bilvosita ta’sirlari; zoogen – hayvonlarning oziqlanishi, payhon qilinishi, changlatishi, meva va urug‘larini tarqatishi, muhitga ta’sir etish kabi ta’sirlari; 2. Antropogen omillar Antropogen omillar insonning faoliyati natijasida kelib chiqadigan ta’sirdir. Bu omil yashash muhitining o‘zgarishi, ekotizimlarning tarkibiy qismlaridagi bog‘lanishlarning buzilishi, inqirozi, hatto biotsenozlarning butunlay yo‘qolishiga sababchi bo‘lishi mumkin. Qulay sharoitda yashash, rivojlanish, ko‘payish uchun organizmlar yetarli miqdorda zarur omillar majmuasiga ega bo‘lishi kerakAtrof-muhitning abiotik omillari iqlimiy va tuproq-zamin omillaridan iboratdir. Bu omillar bir-biriga va tirik organizmlarga Asosiy iqlimiy omillar quyidagilar: a) Quyoshning bo‘shliqqa elektromagnit to‘lqinlari ko‘rinishida tarqaluvchi nurli energiyasi Quyosh radiatsiyasi energiyasining 99 %ga yaqini, 0,7-4,0 mkm uzunlikka ega bo‘lgan to‘lqinli nurlar tashkil etadi. Shundan 48 %i to‘lqin uzunligi 0,4-0,76 mkm bo‘lgan spektrning ko‘rinadigan qismiga, 45 %i infraqizil (to‘lqin uzunligi 0,75 mkm dan 10-3 metrgacha) va 7 %ga yaqini ultrabinafsha (to‘lqin uzunligi 0,4 mkm) nurlarga to‘g‘ri keladi Hayot uchun infraqizil nurlar muhim ahamiyatga ega, fotosintez jarayonida esa to‘q sariq, qizil va ultrabinafsha nurlar eng muhim rol o‘ynaydilar Quyosh radiatsiyasining atmosfera orqali yer sathiga o‘tadigan energiyasi miqdori amalda doimiy va 21*1023 Dj atrofida bo‘ladi. Bu raqamni “Quyosh doimiysi” deb ataladi. Ammo quyosh energiyasining yer sathi turli nuqtalariga kelishi bir xil emas va u nur tushishi burchagining uzunligi, atmosfera havosining shaffofligi va hokazolarga bog‘liqdirShuning uchun ham doimiy quyoshlilikning vaqt birligida sathning 1 sm2 gato‘g‘ri keladigan joul miqdorlarida ifodalanadi. Uning o‘rtacha qiymati 1s 0,14 Dj. sm kv. ga yaqindir Yer sathi quyosh energiyasini nafaqat yutadi, balki qisman uni qaytaradi ham. Ma’lumki, oq rangga bo‘yalgan sathlar qoraga bo‘yalganlarga qaraganda nurni jadalroq qaytaradi. Harorat va namlikning umumiy holati sathning yutishiga bog‘liq. Chunonchi, toza qor quyosh radiatsiyasi energiyasining taxminan 80-95 %ini, ifloslangan qor esa 40-50 %ini, qora tuproqli yerlar 5 %gacha, quruq ochiq rang yerlar 35-45 %ini, igna bargli o‘rmonlar 10-15% ini qaytaradi; Yer sathining nurli energiya va nur oqimining davomiyligi hamda jadalliligi bilan belgilanuvchi jarayon yoritilganlikdir. Yerning aylanishi natijasida kunduz (yorug‘lik) va kecha (qorong‘ilik) almashib turadi 3. Barcha hayvonlar va insonda kecha-kunduzning almashishi Amalda barcha hayvonlar va insonda kecha-kunduzning almashishi bilan bog‘liq sirkad (kecha-kunduz) maromlari deb ataluvchi faollik mavjuddir. Ko‘pgina o‘simliklar faqatgina kunduzgi vaqtda gullashga qodirdir. Kechasi esa gullar gulkosasini berkitib oladi. Yorug‘likka nisbatan munosabatiga ko‘ra, o‘simliklar yorug‘likni sevuvchilar va soya bardoshlilarga bo‘linadi; atmosfera havosining suv bug‘lariga to‘yinishi bilan bog‘liq namligi. Atmosferaning pastki qatlamlari 1,5-2,0 km balandlikkacha namlikka juda boy bo‘ladi. Bu qatlamda taxminan 50 %gacha namlik to‘planadi Havodagi suv bug‘i miqdori havo haroratiga bog‘liqdir. Harorat qancha yuqori bo‘lsa, havoda shuncha namlik ko‘p bo‘ladi. Ammo u yoki bu aniq haroratda havoning suv bug‘i bilan to‘yinishida eng ko‘p namlik yoki maksimal namlik deb ataladigan chegara bor. Odatda, havoning bug‘ bilan to‘yinishi eng ko‘p darajaga yetib bormaydi. Eng ko‘p to‘yinish va to‘yinmaslik o‘rtasidagi farq namlikning tanqisligi va to‘yinishining yetishmasligi deb yuritiladi. Namlikning yetishmasligi – eng muhim ekologik ko‘rsatkich, zero u bir yo‘la ikki narsani: ham haroratni, ham namlikni tavsiflaydi. Namlik yetishmasligi qancha yuqori bo‘lsa, havo shunchalik quruq va issiqroq yo aksincha bo‘ladi. Ma’lumki, vegetatsiya (rivojlanish) davrining muayyan bir davrida namlik tanqisligining oshishi o‘simliklar zo‘r berib hosil tugishiga ko‘maklashadi, shuningdek, qator jonivorlarda, masalan, hasharotlarda ko‘payish birdaniga avj oladi. Shuning uchun ham tirik organizmlar dunyosida turli hodisalarni oldindan aytishning ko‘pgina usullari namlik tanqisligi harakatini tahlil qilishga asoslangan. Atmosfera havosining namligi insonning fiziologik holatiga, ayniqsa, g‘ayritabiiy jarayonlarga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi Azot oqsil tuzilmalari va organizmlarni tashkil topishida qatnashadigan eng muhim biogen elementdir, asosan, yashil o‘simliklardan chiqib turadigan kislorod achitish jarayonlarini ta’minlaydi. Uglerod dioksidi Yerning Quyoshdan va aks etishdan nurlanishining tabiiy dempferi (nemischa dempfer – pasaytiruvchi) hisoblanadi, ozon jonli modda uchun halokatli bo‘lgan Quyosh spektrining ultrabinafsha nurlariga nisbatan parda (ekran) rolini o‘ynaydi yer sathi harorati atmosfera harorati shart-sharoitlari bilan belgilanadi va quyosh nurla nishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Ma’lumki, yassi gorizontal sathi tushadigan issiqlik miqdori Quyoshning ufq (gorizont) ustida turish burchagi sinusiga to‘g‘ri munosibdir. Shuning uchun bir rayonda haroratning kecha-kunduz mavsumiy goh ko‘tarilib, goh pasayib turishi kuzatiladi, buning ustiga Yer shari sathining hammasi shartli chegaralari bilan bir qator mintaqalarga bo‘linadi. Eng mayda zarrachalar (o‘simlik gul changlari, tutunlar, gigroskopik havo namligini o‘ziga tortib oladigan tuzlar, qattiq hamda suyuq oksidlar va h.k.) yer sathiga quyosh nurlari o‘tishiga to‘sqinlik qilib, atmosferaning shaffofligiga ta’sir ko‘rsatadi; Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling