23-guruh Muminov Otamurod Mavzu: Tanlov tajribalari Atrof-muhitning bosh tadqiqot obyekti ekologik tizim Antropogen omillar


Download 1.03 Mb.
bet2/3
Sana12.09.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1676276
1   2   3
Bog'liq
Otamurod atrof muhit

4.Biotik omillar
Biotik omillar (jonli muhit omillari). Organizm hayot faoliyatining boshqalariga ta’sir majmuyi biologik omillar deyiladi. Hayvonlar, o‘simliklar, mikroorganizmlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar g‘oyatda xilma-xildir. Ularni bilvosita va bevosita munosabatlarga ajratish mumkin. Birinchilari, bir organizmning boshqalariga bevosita ta’siri bilan bog‘liq, ikkinchilari, shu narsada ko‘rinadiki, masalan, o‘simlik o‘zining borligi bilan hayvonlar yoki boshqa o‘simliklar uchun abiotik
omillarni o‘zgartirad
Har qanday o‘simlik turkumi muhitning biotik tavsiflari majmuyiga ta’sir ko‘rsatadi. Dala yoki sahro joyidagi abiotik sharoitlardan o‘rmon massivi doirasidagi abiotik sharoitlarning o‘ziga xos xususiyatlari bilan qanchalar farq qilishi ma’lumdir
Tirik organizmlarning o‘zaro ta’siri ularning bir-biriga nisbatan
reaksiyasi nuqtayi nazaridan turkumlanadi. Jumladan, geomotiv
reaksiyalar ajratib ko‘rsatiladi.
Reaksiyalar deganda esa bir xil
turdagi zotlarning (masalan, guruh samarasi, ozuqa joyini
muhofazalash) o‘zaro tasiri va bir xil turlarning mustaqil
yashovchilari o‘rtasidagi koalitsiyalar tushuniladi
O‘simliklar yerda dastlabki organik moddani yaratadi va
demak, boshqa barcha jonli organizmlarni zarur energiya bilan
taminlaydi, ularning ozuqasi hisoblanadi. Trofik (yoki ozuqa) omil
miqdor, sifat (fiziologiya guruhi) va qulayligi bilan farqlanishi
mumkin.
Hayvon va o‘simlikning har bir turi ozuqa tarkibini aniq tanlay oladi, har bir o‘simlikka muayyan mineral elementlar zarur. Hayvonning har bir turi o‘zicha ozuqa sifatiga talabchandir. Hayvonlar orasida o‘simlik va jonivorlarning bir turi (monofaglar), ko‘p turlari (polifaglar), shuningdek, ozuqalarning ko‘p yoki ozroq chegaralangan xillari (keng yoki tor olifaglar) bilan ovqatlanadiganlari borHayvonlar o‘rtasidagi munosabatning eng keng tarqalgan turi –
vahshiylik, ya’ni bir tur ikkinchisini bevosita ta’qib etadi va yeb qo‘yadi. Masalan, o‘simlik bilan oziqlanuvchi tuyoqlilarini vahshiy hayvonlar, hasharotlarni qushlar, mayda baliqlarni yirik baliqlar yeb qo‘yadi
Vahshiylik umurtqasiz hayvonlar orasida
ham kuzatiladi. Vahshiy hasharotlar, chuvalchanglar, molyuskalar,
eng oddiy vahshiylar va bakteriyalar ma’lumdir.
O‘zaro munosabatlarning boshqa turi turli shakllardagi
tekinxo‘rlikdirEng odatdagi holatda tekinxo‘r organizm doimiy
ravishda boshqa hayvonning tanasi va ichida yashaydi, u xo‘jayin
deb ataladi. Hayvonlar gelmintlari, tekinxo‘r hasharotlar (bit,
burga), kanalarning ba’zilari juda oddiy bo‘lib, odam va
hayvonlarda kasalliklarni tug‘diruvchi vahshiylardir.
O‘simliklar va hayvonlar o‘rtasidagi munosabat yana ham
murakkab va xilma-xil bo‘lishi mumkin.
Ba’zi bir hayvonlar
o‘simliklarga nisbatan changlanuvchi urug‘lar, shuningdek,
kasalliklarni tashuvchi sifatida bo‘lishi mumkin, o‘simliklar esa
hayvonlar uchun begona xizmatini o‘tashi mumkin
Ba’zi o‘simliklarni yeb tashlaydigan hayvonlarga (masalan,ko‘pginahasharotlarga),shuningdek,tekinxo‘r, vahshiy
hayvonlarga ular yeb tirikchilik qiladiganorganizmlarningtabiiydushmanlari sifatida qaraladi
Bunday yondashish prinsipi jihatidan noto‘g‘ridir.
Tekinxo‘rlar, vahshiylar, zoofat va fitofaglar o‘z xo‘jayinlar, qurbonlariga nisbatan muhit omillari, ularga ekologik tokcha elementlari hisoblanadi. Demak, umumiy ekologiyada tutgan o‘rniga ko‘ra, ularning hammasi ekotizimning bir-biriga o‘zaro kerak bo‘ladigan elementlaridir. Ularning o‘zaro tasiri jarayonida tabiiy tanlanish va moslanish, muvofiqlashish o‘zgaruvchanligi, ya’ni eng muhim evolyutsion jarayonlar amalga oshiriladi.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling