23-guruh Muminov Otamurod Mavzu: Tanlov tajribalari Atrof-muhitning bosh tadqiqot obyekti ekologik tizim Antropogen omillar
XX asr oxirlarida insoniyat biosferaning tuzilishiga tasiri
Download 1.03 Mb.
|
Otamurod atrof muhit
- Bu sahifa navigatsiya:
- ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
5. XX asr oxirlarida insoniyat biosferaning tuzilishiga tasiri
XX asr oxirlarida insoniyat biosferaning tuzilishiga va vazifasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qilganini ko‘rib turibmiz. Biosferada suv, biologik, mineral va boshqa boyliklar cheksiz, tuganmas ekanligi haqida afsonalarga ishonch qolmadi. Endilikda hamma joyda – quruqlikda ham, suvda ham inson ta’sirining salbiy oqibatlarini ko‘rmoqdamiz. Tabiatdagi “tenglik”ningbuzilishi odamlardan endi tez-tez “biosfera va inson” mavzusida bosh qotirishni talab etadi Sanoatning baquvvat tarmoqlari, uzluksiz xom ashyo talab qiladi va qanchasini yamlab yutib qo‘yishi tabiatni yanada ifloslantiradi.Insonendilikda ifloslanganbiosferaning zarbasini his qilmoqda. Juda ko‘p organizmlar turi qirilib ketdi va ketmoqda, chuchuk suvli suv havzalari ifloslanmoqda, havo iflosligi natijasida smoglar yog‘moqda, sintetik gazlamalar o‘zining pishiqligi va qulayligi tufayli tabiiy gazlamalarni siqib chiqarmoqda, shovqinlar va har xil nurlanishlarinson psixikasi va sog‘lig‘iga ta’sir qilmoqda Inson kosmosga chiqdi, oyga qadam qo‘ydi. Sayyorada aholi soni oshib bormoqda, ularni oziq-ovqat bilan ta’minlash muammo bo‘lib qolmoqda, tuproqlar sho‘rlanishi ta’sirida o‘simliklar o‘sish imkonidan mahrum bo‘lmoqda. Kasalliklarning turi ko‘payib, inson sog‘lig‘I xavf ostida qolmoqda. Iqtisodiy baquvvat mamlakatlarda foyda ketidan quvish ham biosferani izdan chiqarib yubormoqda Endilikda inson va biosfera o‘rtasidagi nizoni faqatgina fan va tinchlik hal qiladi. Insoniyat tabiiy va gumanitar fanlar bilimini amalga joriy etish orqaligina biosferaning ifloslanishini to‘xtatish va biologik resurslardan foydalanishni, ishlab chiqaruvchi kuchlarni yerning imkoniyatdan kelib chiqib, biosferaga ta’sir qilmay rivojlantirish imkoniga ega bo‘ladi Biosfera tabiatning bir bo‘lagi bo‘lgan inson turmush tarzigagina emas, balki uning fikrlashiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Akademik V.Vernadskiy shunday deb yozadi: “Biosfera degan yangi tushunchani kirityapman. Biosfera insoniyatni butun tarixiy jarayon bo‘ylab olib o‘tadi va bu jarayon tirik moddalar biokimyoviy tarixining davomi bo‘lib xizmat qiladi”. ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling