23-laboratoriya mashg’uloti mavzusi: tok ko’chatlarini ekspertiza qilish usullari darsni maqsadi
Download 14.87 Kb.
|
23-lab
Tokning fomopsis dog’lanishi
Kasallik yevropa, Osiyo, Afrika, SHimoliy Amerika, Avstraliya va Okeaniyaning ko’p mamlakatlarida tarqalgan. Kasallik belgilari. Zararlangan barglarda kichik, och-yashil yoki xlorotik, noto’g’ri dumaloq shaklli, o’rtasi to’q tusli dog’lar paydo bo’ladi. Barglarning chetlari yoki tomirlari g’ijimlanadi, ular pastga bukiladi. Barglarning asosiy va ikkilamchi tomirlarida va bandlarida to’q-qo’ng’ir yoki qora dog’lar rivojlanadi. Dog’lar to’kilishi va barglarda teshiklar paydo bo’lishi mumkin. Barglar sarg’ayadi, so’ngra qo’ng’ir tus oladi. O’zi va bandi kuchli zararlangan barglar to’kiladi. Zararlangan yosh novda, meva va shingillar bandlarida o’rtasi qora tusli xlorozlar rivojlanadi, ular o’sib, to’q-qo’ng’ir, keyin qora tus oluvchi, tasma yoki noto’g’ri shaklli dog’larga aylanadi. Ular novdaning ko’p qismini o’rab oladi va novda o’sish paytida chatnab, yaralar paydo qiladi. Mavsum davomida novdalar sog’ayadi va yaralar qotadi. Meva bandari chiriydi, mo’rt bo’lib qoladi, sinadi, uzum bosh tushib ketadi. Qo’zg’atuvchi uzumni bevosita teshib kiradi va chiritadi yoki unga urug’chidagi yaralardan mitseliy shaklida o’tib, zararlaydi. Uzum to’q-qo’ng’ir tus oladi, burishib qoladi, qobig’ida tarqoq piknidalar hosil bo’ladi. Tokning o’ta chidamsiz navlarining g’o’ralarida kichik, qora dog’lar paydo bo’ladi. Uzum pishishi paytida bu dog’lar o’sadi va uzumni chiritadi. Kasallik uzumga asosan uzum boshi va shingil bandlaridan o’tadi. Qishda zararlangan novdalarda piknidalar va o’lchami 3x2 sm keladigan to’q tusli, o’rtasi sarg’ish dog’lar paydo bo’ladi. Bir yillik novda, oldingi yilning gajaklari va barg bandlarida piknidalar bo’rtib chiqadi. Piknidalar juda ko’p hosil bo’lganida epidermis ko’tarilib, tagiga havo kiradi, zararlangan joyning usti oq yoki kumushrang tus oladi. Download 14.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling