23-laboratoriya mashg’uloti mavzusi: tok ko’chatlarini ekspertiza qilish usullari darsni maqsadi
Download 14.87 Kb.
|
23-lab
Qo’zg’atuvchining belgilari. Kasallikni Phomopsis viticola (sinonimlari Phoma viticola va Fusicoccum viticola) piknidali deyteromitset zamburug’i qo’zg’atadi. YOsh piknidalar disk shaklli, yetilganlari shar shaklli, diametri 0,2-0,4 mm, tusi qora, og’izchali kalta bo’yinchasi bor, har birining ichida, substrat bilan bog’liq holda, bitta yoki bir necha lokullari mavjud. Konidiyalar piknida og’izchasidan uzun, sarg’ish ip shaklida yoki shilimshiq massasi ichida chiqadi. Bu konidiyalar ikki xil: alfa-konidiyalar rangsiz, ellips-urchuq shaklli, 7-10,4x2-4 mkm, bir yoki ikki uchi ham o’tkirlashgan, sporogen hujayralar (konidioforalar) uchi ham ingichkalashgan, 12-20x2 mkm; beta-konidiyalari ipsimon (skolekosporalar), egilgan, 18-30x0,5-1 mkm. Beta-konidiyalar o’smaydi va ularning funktsiyasi noma’lum.
Zamburug’ mitseliysi bilan yosh novdalarning parenxima to’qimasiga kirib, hujayralar orasida oldin oq, keyin qorayuvchi koloniyalar hosil qiladi; to’qimalar ham qorayadi va zararlangandan 2 hafta o’tgach, bu dog’larda piknidalar rivojlanadi. Ozuqa muhitida zamburug’ koloniyalari rangsiz, qalin mitseliydan iborat, so’ngra ochroq va to’qroq mitseliy koloniyalarga kontsentrik doiralar shaklini beradi. Vaqt o’tishi bilan koloniyalarda oq va qora sektorlar paydo bo’ladi. Piknidalar nomuntazam ravishda qora sektorlarda, tarqoq holda yoki guruhlarda rivojlanadi. Zamburug’ning teleomorfasi Cryptosporella viticola pirenomitset zamburug’i, kam uchraydi va kasallik rivojlanishida roli noma’lum. Peritetsiylari noto’g’ri yostiqcha shaklli, po’stloq ostidagi stromalarda rivojlanadi, ular yupqa qobiqli, shar shaklli, kalta, silliq bo’yinchali. Xaltachalar o’troq, 60-72x7-8 mkm. Askosporalar subelliptik shaklli, uchlari to’mtoq, rangsiz, 1 hujayrali, 11-15x4-6 mkm. Download 14.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling