23-laboratoriya mashg’uloti mavzusi: tok ko’chatlarini ekspertiza qilish usullari darsni maqsadi


Download 14.87 Kb.
bet4/5
Sana08.01.2022
Hajmi14.87 Kb.
#252278
1   2   3   4   5
Bog'liq
23-lab

Kasallik rivojlanishi va zarari. Zamburug’ mitseliy va piknidalar bilan tokning shox, novda, meva bandi va boshqa zararlangan orgalarining po’stlog’ida qishlaydi. Kurtaklarda tinim davridagi mitseliy bilan qishlashi haqida ham xabar qilingan. Bahorda piknidalar po’stloqni yorib, ustki qismi bilan tashqariga chiqadi. YOmg’ir paytida piknidadan chiqqan konidiyalar tomchilar va shamol bilan yosh novdalarga tushadi va ularning uchki qismini zararlaydi. Zamburug’ faqat yosh to’qimalarni zararlaydi. Konidiyalar 1-37oS, optimum 23oS da suv tomchisida yoki 100% havo nisbiy namligi sharoitida o’sadi. Kasallik belgilari zararlanishdan keyin 21-30 kun o’tganda namoyon bo’ladi. YOzda issiq va quruq ob-havoda zamburug’ faolligini yo’qotadi, yoz seryomg’ir va salqin bo’ladigan mintaqalarda yozda ham faol rivojlanadi.

Seryomg’ir va salqin ob-havo kasallik kuchli rivojlanishining asosiy shartidir; seryog’in bahorda, o’rtacha 5-7oS kunlik haroratida yosh novdalar o’sishi sekinlashadi va ular kuchli zararlanadi. Birin-ketin bir necha yil davomida sernam va salqin ob-havo kuzatilishi kasallik yildan-yilga kuchayishiga olib keladi.



Zamburug’ ko’pincha bitta tokda novdadan novdaga tarqalib, rivojlanadi va kasallik odatda lokal o’choqlar shaklida uchraydi. Uzoq masofaga kasallik qalamchalar bilan tarqaladi.


Download 14.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling