Karantin tadbirlari va kurash choralari. Fomopsis tarqalgan mamlakatlardan ekish va payvand qilish uchun mo’ljallangan tok qismlarini O’zbekistonga kiritishga ruxsat berilmaydi; selektsiya va ilmiy-tadqiqot maqsadida olib kelingan materiallar zararlanganligini aniqlash maqsadida laboratoriyada ekspertiza qilish va 1 yil davomida introduktsion-karantin ko’chatzorida ekib tekshirish; zararlangan materiallar aniqlangan holda, ularni darhol kesib olish va yoqib yuborish talab qilinadi.
Kasallikka chidamli navlar yo’q; un-shudring va antraknozga qarshi tavsiya qilingan barcha agrotexnik, tashkiliy chora-tadbirlarni qo’llash lozim. Kuzda barglar to’kilgach va bahorda kurtaklar yozilishidan oldin fungitsid bilan profilaktik ishlov berish, kasallikdan mavsum davomida himoya qilish uchun 2 marta (novda uzunligi 1-3 sm va 6-12 sm bo’lganida) fungitsid (kaptan, folpet, maneb va b.) purkash tavsiya qilinadi (Pidoplichko, 1978; Hewitt, Pearson, 1994).
Do'stlaringiz bilan baham: |