PV – keltirilgan (joriy) qiymat, yoki boshlang’ich summa;
i – foiz stavkasi, odatda foiz stavkalari yiliga hisoblanadi. Bu yerda 10% (yoki o’nlik ifodada 0,10);
t – foizlar hisoblanadigan yillar miqdori;
FV – t yildan keyingi bo’lajak qiymat.
Endi bu misoldagi bo’lajak qiymatni bosqichma-bosqich hisoblab chiqamiz. Birinchidan, birinchi yil tugagandan keyin pulingiz qancha bo’ladi? Siz mazkur moliyaviy operatsiya boshlangandagi 1000 dollar va unga qo’shimcha 100 dollar miqdorida foizlarga ega bo’lasiz (1000 dollarning 10% yoki 0,1 x 1000 dollar). Pullaringizning bo’lajak qiymati 1100 dollarga teng bo’ladi:
1) FV =1000 $ x 1,10 =1100 $.
2) FV =1000 $ x 1,1 x 1,1 =1210 $.
3) FV =1000 $ x 1,1 x 1,1 x 1,1 =1100 x1,13=1331 $
…………………………………………………………
5) FV =1000 $ x 1,1 x 1,1 x 1,1x 1,1 x 1,1 =1100 x1,15=1610,51 $.
Demak, bo’lajak qiymatini quyidagi formula bo’yicha bilish (hisoblash) mumkin:
FV =PV x (1+i)t
Bu yerda,
Bo’lajak qiymat koeffitsienti = (1+i)t
Yillar
|
Yil boshidagi omonat (dollar)
|
Yozilgan foizlar (dollar)
|
Yil oxiridagi omonat (dollar)
|
1
|
1000,00
|
100,00
|
1100,00
|
2
|
1100,00
|
110,00
|
1210,00
|
3
|
1210,00
|
121,00
|
1331,00
|
4
|
1331,00
|
133,10
|
1464,10
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |