23-variant Pullarga bo‘lgan talabni baholash


Pul tizimining elementlari


Download 122.51 Kb.
bet2/4
Sana16.09.2023
Hajmi122.51 Kb.
#1679427
1   2   3   4
Bog'liq
“Pul va banklar”

2. Pul tizimining elementlari
«O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonunning 32-moddasida pul tizimi to‘g‘risida quyidagicha yozilgan:
«O‘zbekiston Respublikasining pul tizimi rasmiy pul birligini, pul muomalasini tashkil etilishini va uni tartibga solishni o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston Respublikasining rasmiy pul birligi so‘mdir. Bir so‘m yuz tiyindan iborat. So‘m O‘zbekiston Respublikasida yagona, cheklanmagan va qonuniy to‘lov vositasi hisoblanadi».
Umuman, pul tizimi deganda turli mamlakatlarda tarixan vujudga kelgan va odatda qonun hujjatlari bilan mustahkamlab qo‘yilgan pul muomalasining tashkiliy shakli tushuniladi.
Pul tizimining tarkibiy qismlari
Tovarlar va xizmatlar narxlarini ifodalovchi milliy pul birligi
Naqd aylanmada qonuniy to‘lov vositasi vazifasini bajaruvchi kredit va qog‘oz pullar, mayda tangalar tizimi
Pul emissiyasi tizimi, muomalaga pul chiqarish tartibi
Pul muomalasi masalalarini tartibga soluvchi muassasalar
Pul tizimining elementlari nechta va ular qaysi?
Milliy valyuta — muayyan davlat (davlat markaziy banki) tomonidan chiqariladigan valyuta.
Milliy valyuta nima? 
Birinchi navbatda mamlakat hududida, quvvati va holatiga qarab tashqi savdo va xalqaro hisobkitob ishlarida qoʻllaniladi

Valyuta (ital. valuta, lot. valere — qadrlanmoq, qiymat) — 1) mamlakatning pul birligi va uning turi (oltin, kumush, qogʻoz); 2) chet mamlakatlarning xalqaro muomalada qoʻllanuvchi pullari, shuningdek shu mamlakatlarning pul birligida ifodalangan va xalqaro hisobkitoblarda foydalaniladigan kredit va toʻlov hujjatlari (veksellar, cheklar, banknotlar va b.).
Oliy Majlisning 1993-yil 3-sentabrdagi 952-XII sonli qaroriga muvofiq 1994-yil 1-iyuldan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonuniy toʻlov vositasi boʻlgan milliy valyuta — „soʻm“ muomalaga kiritildi. Hozirgi vaqtda 1000, 5000, 10000, 50000, 100000, 200000 soʻm qiymatidagi banknotlar va 10, 25, 50, 100, 500, 1000 soʻm qiymatidagi tangalar muomaladadir.
Spot, forvard, kross-kurs nima?
Valuta bozorida turli turdagi shartnomalar amal qiladi.
Ularning ko‘pchiligi spot shartlari asosida amalga oshiriladi. Uning asosiy xususiyati shundaki, bitimni imzolash va bajarish vaqtlari qariyb mos keladi. Bitimning bunday turida valuta sotuvchidan sotib oluvchiga shartnoma imzolanishi bilanoq (ko‘pi bilan ikki ish kunida) yetkaziladi.
Spot shartnomalariga jami valuta shartnomalarining 90 foizi to‘g‘ri keladi.
«Spot», forvard va opsion shartnomalari banklararo bozorlarda va
birjalarda amalga oshiriladi. Birjada amalga oshiriladigan ixtisoslashgan shartnomalarga fyuchers shartnomalari kiradi. Fyuchers operatsiyalari fyuchers shartnomalarini sotish va sotib olish bo‘yicha tuziladi.
Fyuchers operatsiyasi valutani sotib olish yoki unga qarama-qarshi
operatsiya bilan tugaydi. Fyuchers operatsiyasining natijasi bu
yutqazgan tomonning yutgan tomonga shartnoma tuzilgan va amalga oshirilgan vaqt orasidagi kursi farqini to‘lashdir. Bu farqni birjaning hisob-kitob (kliring) palatasi to‘lab beradi. Fyuchers shartnomalari imzolanishi bilan birjaning hisoblash markazida ro‘yxatdan o‘tadi.

Kross-kurs – bu ikki valuta o‘rtasida uchinchi valutaga nisbatan aniqlanadigan kurslar nisbatidir. Masalan, O‘zbekiston Markaziy banki yapon iyeniga nisbatan kursini aniqlamoqchi deylik. Bu holda iyenning so‘mga nisbatan kursi dollarga asoslangan holda aniqlanadi.

Download 122.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling