23-variant Pullarga bo‘lgan talabni baholash
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o‘rnatilgan qayta moliyalashtirish stavkasi foizlari98
Download 122.51 Kb.
|
“Pul va banklar”
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o‘rnatilgan qayta moliyalashtirish stavkasi foizlari98
Jadval ma‘lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o‘rnatilgan qayta moliyalashtirish stavkasi mustaqilligimmizning dastlabki yillarida barcha o‘tish davridagi davlatlar kabi mamlakatda yuz bergan katta inflatsiya sabali yuqori stavkalarda belgilanishiga sabab bo‘lgan. Ma‘lumotlardan shunday fikrga kelish mumkinki yillar o‘tgan sari iqtisodiyotimizdagi kamchiliklar tobora bartaraf etib borilgani barcha sohalardagi tub islohotlar samarasi o‘laroq vujudga kelgan rivojlanishlar tufayli bu stavka ham tobora ijobiy tomonga pasaytirib borilgan va 2015 – yil 1 – yanvardan 9 % etib belgilangan. Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi pul bozoridagi foiz stavkalarini boshqarish hamda iqtisodiy o'sish jarayonlarini rag'batlantirish maqsadlariga yo'naltirildi. Inflyatsiya darajasi, pul massasining va boshqa makroiqtisodiy ko'rsatkichlarning maqsadli parametrlaridan kelib chiqib, qayta moliyalash stavkasi 2015- yilning 1-yanvaridan yillik 10 foizdan 9 foizga tushirildi va yil davomida o'zgartirilmagan holda saqlab turildi. Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi instrumentidan ham pul bozoridagi foiz stavkalarini boshqarishda hamda iqtisodiy o'sish jarayonlarini rag'batlantirish maqsadida keng foydalanildi. Inflyatsiya darajasi, pul massasi hajmining va boshqa makroiqtisodiy ko'rsatkichlarning belgilangan maqsadli parametrlaridan kelib chiqib Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi 2012- yilda yillik 12 foiz miqdorida saqlab qolindi. Qayta moliyalash stavkasining ushbu darajada ushlab turilishi pul bozorida moliyaviy resurslarga bo'lgan talab va taklifning muvozanatini saqlashga, real sektor korxonalarining investitsion imkoniyatini oshirishga, iqtisodiyotni kreditlash hajmini yanada kengaytirish va ayni paytda tijorat banklarining resurs bazasining barqarorligini ta'minlashga xizmat qildi. 2016- yilda ham inflyatsiya darajasi 2015- yildagi kabi 5,5-6,5 foiz doirasida prognoz qilinayotganligini hisobga olib, qayta moliyalash stavkasini 9 foiz darajasida qoldirish ko'zda tutilmoqda. Qayta moliyalash stavkasining 9 foiz darajasida saqlab qolinishi inflyatsiya darajasini belgilanayotgan prognoz ko'rsatkichlari doirasida bo'lishini ta'minlashga qaratilgan qat'iy pul-kredit siyosatini yuritish uchun qulay sharoit yaratadi. O'z navbatida, Markaziy bank, zarur hollarda, tijorat banklaridan xorijiy valyutalarni (AQSh dollari, evro, yapon ienasi va funt sterling) belgilangan muddat va almashinuv kursida qayta sotish sharti bilan, sotib olish (SVOP operatsiyalari) yoki xorijiy valyutalarni garovga olgan tarzda qayta moliyalash kreditlarini berish operatsiyalarini amalga oshirib boradi.99 Respublikamiz tijorat banklarining yuqori likvidli qimmatli qog‗ozlarga qilgan investitsiyalarining miqdori darajasining juda past ekanligi Markaziy bankning lombard kreditlari hajmini sezilarli darajada oshirish imkonini bermayapdi. Ko‗pchilik xorijiy davlatlarda, shu jumladan, o‗tish iqtisodiyoti mamlakatlarining ko‗pchiligida yuqori likvidli qimmatli qog‗ozlarga qilingan investitsiyalar tijorat banklari aktivlarining umumiy miqdorida sezilarli darajada yuqori salmoqni egallaydi. Demak, hozirgi davrda, O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash siyosati doirasida amalga oshiriladigan diskont operatsiyalarining mavjud emasligi, lombard operatsiyalarining esa rivojlanmaganligi, bizning fikrimizcha, qisqa muddatli davriy oraliqlarda, Markaziy bankning tijorat banklariga beriladigan muddatli kreditlarining hajmini oshirish yo‗li bilan milliy ssuda kapitallari bozoridagi resurslar taklifiga va kreditlarning o‗rtacha bozor darajasiga ta‘sir etish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Download 122.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling