24 Ma'ruza Lentali konveyerlarni hisoblash va loyihalash asoslari Ma'ruza rejasi


Konveyerga ta’sir qiluvchi qarshiliklarni aniqlash


Download 65.69 Kb.
bet3/4
Sana19.04.2023
Hajmi65.69 Kb.
#1365707
1   2   3   4
Bog'liq
24-Ma\'ruza (2)

Konveyerga ta’sir qiluvchi qarshiliklarni aniqlash
Umumiy harakat tenglamasiga ko’ra konveyer yuritmasi quvvati harakatga qarshilik kuchlarini yengishga sarf bo’ladi.
Konveyerning to’g’ri chiziqli uchastkasidagi qarshiligi roliklar tsapfasidagi, lentaning roliklar bo’ylab harakatidagi ishqalanishlardan; qiyalikda ishlovchi konveyerlarda bo’ylama tashkil etuvchi og’irlik kuchlaridan hosil bo’ladi.
Qiya burchak ostida o’rnatilgan konveyer yukli yo’nalishi uchun harakatga qarshilik kuchlari quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
, kgkuch (4)
Konveyer yuksiz yo’nalishidagi harakatga qarshilik kuchlari esa quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:
, kgkuch (5)
Gorizontal o’rnatilgan konveyer uchun mos ravishda
, kgkuch (6)
, kgkuch (7)

bu yerda L – konveyer uzunligi, m;


- konveyerning qiyalik burchagi, grad;
N – konveyer boshlang’ich va oxirgi nuqtalari satxlari
farqi , m;
- 1 m konveyer uzunligidagi og’irligi, kgkuch/m;
- 1 m uzunlikdagi lentaning og’irligi, kgkuch/m;
- konveyer 1 m uzunligiga to’g’ri keluvchi, yukli
tarmoqdagi roliklar harakatlanuvchi qismlarining
og’irligi, kgkuch/m;
- konveyer 1 m uzunligiga to’g’ri keluvchi, yuksiz
tarmoqdagi roliklar harakatlanuvchi qismlarining
og’irligi, kgkuch/m;
- konveyer lentasining harakatga qarshilik
koeffitsienti.
5-jadvalda 1 m2 lentaning og’irligi keltirilgan. Jadvaldagi ma’lumotdan 1 m uzunlikdagi lentaning og’irligini formula bo’yicha hisoblash mumkin:
, kgkuch (8)
bu yerda B- lenta eni, m.

Agar konveyer tavsifida lenta qatlamlari soni berilmagan bo’lsa uni 3.6-jadval bo’yicha lenta eniga bog’liq holda taxminiy qabul qilish mumkin [4].


Konveyer 1 m uzunligiga to’g’ri keluvchi, yukli va yuksiz tarmoqlardagi roliklar harakatlanuvchi qismlarining og’irliklari quyidagi formulalar bilan aniqlanadi:
, kgkuch/m (9)
, kgkuch/m (10)
bu yerda Gp’ va Gp” – yukli va yuksiz yo’nalishlardagi rolik
tayanchlar aylanuvchi qismlarining og’irligi, kgkuch;
l’ i l” – yukli va yuksiz tarmoqlardagi roliktayanchlar
oralig’idagi masofa, odatda l’= 0,8-1,2 m (og’ir va
yirik bo’lakli yuk tashilayotgan bo’lsa kichik son
olinadi), l”= 2 - 4 m

Roliklar og’irligi va ularning harakatlanuvchi qismlarining harakatga qarshilik kuchlari lenta eniga, roliklar diametri va tuzilishiga bog’liq. 3.7-jadvalda konveyerlarning yukli (uch rolikli) va yuksiz (bir rolikli) tarmoqlaridagi rolik tayanchlarining aylanuvchi qismlari og’irliklarining qiymatlari keltirilgan.


Konveyer lentasi harakatga qarshilik koeffitsienti o’lchami ko’pgina omillarga bog’liqdir: rolik sifati, konveyer montaji, lenta qalinligi, yukning yirikligi va h.k.

Me’yorlarda ’ ning qiymatlari konveyer holatiga bog’liq holda quyidagicha belgilangan:



Juda yaxshi

0.18-0.02

Yaxshi

0.02-0.022

Stavning to’g’ri chiziqliligi yuqori aniqlikda bo’lmagan va kuchli ifloslangan holda

0.023-0.027

Egrichiziqli uchastkalardagi qarshilik lentaning eguvchi roliklar va oxirgi barabanlarga o’ralishida paydo bo’ladi. U rolik yoki barabanlar tsapfalarida ishqalanishni hamda lentaning ezilishini (uprugostyu), (sgibaemoy pri nabeganii na barabanы i razgibaemoy pri sbeganii) keltirib chiqaradi. Blok, baraban va roliklar batareyalaridagi qarshilikning amaliy qiymati lentaning 900 ga o’ralishida egri uchastkaga kirish nuqtasidagi tarangligining 3-5 % ini, 180° ga o’ralganda esa 5-7 % ni tashkil etadi.


Yurituvchi barabanning qarshiligi esa yurituvchi barabanga kiruvchi va undan chiquvchi nuqtalar tarangliklari yig’indisining 3-5 % ini tashkil etadi, ya’ni
Wpr=(0,03 0,05) (Snb+Ssb), kgkuch (11)

Download 65.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling