24 ma’ruza. Moddalarda elektromagnit to‘lqinlar reja: Moddalarda elektromagnit to‘lqinlar. Yorug‘likning qutblanishi
Download 497.89 Kb. Pdf ko'rish
|
4 maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Spektral asboblar.
- Spektral tahlil qollanilishi.
3. Spektral tahlil haqida tushuncha. Nurlanish va yutilish spektrlarini
o'rganish moddalarning tarkibini aniqlashga imkon berishi haqida bayon qilindi. Shuningdek, spektral chiziqlarning yorqinligi mazkur elementning birikmadagi miqdorini aniqlashga imkon beradi. Nurlanish va yutilish spektrlariga muvofiq moddaning kimyoviy tarkibini o 'rganish usuli spektral tahlil deyiladi. Misol uchun spektrda sariq chiziq bo'ladigan bo'lsa, bu o'rganilayotgan modda tarkibida natriy borligini ko'rsatadi. Agar spektrda oldin ma'lum bo'lmagan chiziq ko'rinsa, bu yangi element kashf qilinganligining isbotidir. Spektral tahlil juda sezgir usul bo'lib, uning yordamida elementning 10 -10 g miqdorini ham aniqlash mumkin. Kimyoviy usullar bilan bunday kam miqdordagi moddani qayd qilishning mutlaqo iloji yo'q. Spektral asboblar. Spektrning ko'rinish sohasini o'rganish uchun spektroskop deb ataluvchi asboblar ishlatiladi. Eng sodda spektroskop 1- rasmda ko'rsatilgan. Spektroskop kollimator — 1; prizmali ko'rish trubasi — 2; prizmali stolcha — 3; tirqish — 4; linza - 5; obyektiv — 6 va okulyar — 7 lardan tashkil topgan. Tirqishdan kelayotgan nur kollimator orqali linzaga tushadi. U prizmadan o'tishdaturli ranglarga ajraladi va obyektiv, ko'rish trubasi orqali okulyar yordamida kuzatiladi. Spektrni fotoplastinkada qayd qilishga imkon beruvchi asbob spektrograf deb ataladi. Yanada takomillashgan, ya'ni uchinchi truba bilan ta'minlangan asbob spektrometr deb ataladi. Spektral tahlil qo'llanilishi. Spektral tahlil fan uchun muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, uning astronomiya uchun aha-miyati judayam katta. Osmon jismlarining tarkibi to'g'risida ma'lumot olishning yagona yo'li spektral tahlildir. Bu usul bilan Quyoshning, yulduzlarning va yulduz turkumining tarkiblari o'rganilgan, D.N.Mendeleyev elementlar jadvalining 25 ta elements kashf qilingan. Hozirgi paytda spektral tahlil geologiyada, metallurgiyada, kimyoda, tibbiyotda va hatto oziq-ovqat sanoatida ham keng qo'llaniladi. Download 497.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling