24 ma’ruza. Moddalarda elektromagnit to‘lqinlar reja: Moddalarda elektromagnit to‘lqinlar. Yorug‘likning qutblanishi
Download 497.89 Kb. Pdf ko'rish
|
4 maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qutblangan yoruglik.
- Qutblanishdan foydalanish.
4. Tabiiy yorug'lik. Bizga ma'lumki, Maksvell nazariyasiga muvofiq
yorug'lik ko'ndalang to'lqinlardan iborat bo'lib, elektr va magnit maydon kuchlanganliklarining vektorlari Ё va H o'zaro perpendikular va to'lqin tarqalish tezligi vektori v ga perpendikular tekislikda tebranadi. Shuning uchun ham yorug'likning qutblanish qonunlarini o'rganishda faqatgina bitta vektorni o'rganishning o'zi yetarlidir. Odatda, mulohazalar yorug'lik vektori deb ataluvchi elektr maydon kuchlanganligi vektori E to'g'risida yuritiladi. 4 Yorug'lik ko'plab atomlar tomonidan chiqariladi va ko'plab elektromagnit nurlanishlarning yig'indisidan iborat bo'ladi. Bu nurlanishlar mustaqil ravishda amalga oshirilgani uchun yorug'lik vektorining hamma yo'nalishlar bo'yicha taqsimoti bir xil bo'ladi. E vektori barcha yo'nalishlar bo'yicha teng taqsimlangan yorug'lik tabiiy yorug'lik deyiladi (2- a rasm).. Qutblangan yorug'lik. Yorug'lik vektori tebranish yo'nalishining tekis taqsimoti biror usul bilan o'zgartirilgan yorug'lik qutblangan yorug'lik deyiladi. Aytaylik, qandaydir tashqi ta'sir natijasida E vektor tebranishining biror yo'nalishi boshqa yo'nalishlarga nisbatan ustunroq bo'lsin. U holda bunday yorug'lik qisman qutblangan yorug'lik deyiladi (2- b rasm).. E vektorining tebranishi faqat bitta yo'nalishda ro'y beradigan yorug'lik yassi qutblangan (chiziqli qutblangan) yorug'lik deyiladi (2- d rasm). Yassi qutblangan yorug'lik E vektorining tebranish va to'lqin tarqalish yo'nalishlari yotuvchi tekislik qutblanish tekisligi deyiladi. Qutblanishdan foydalanish. Qutblanish hodisasi xalq xo'jaligida juda keng qo'llaniladi. Bularga mexanik yuklanish natijasida vujudga keladigan elastik kuchlanish joylarini aniqlash, tovushni yozish va eshittirish kabi tez o'tadigan jarayonlarni o'rganish misol bo'ladi. Tajribalarning ko'rsatishicha, ba'zi kristallar va organik moddalarning eritmalaridan qutblangan yorug'lik o'tganida qutblanish tekisligining burilishi kuzatiladi. Qutblanish tekisligini burovchi moddalar optik faol moddalar deyiladi. Bunday moddalarga kvars, shakarning suvdagi eritmasi va boshqalar misol bo'ladi. Aynan shu hodisadan optik faol moddalar eritmasining konsentratsiyasini aniqlashda keng foydalaniladi. Download 497.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling