24 ma’ruza. Moddalarda elektromagnit to‘lqinlar reja: Moddalarda elektromagnit to‘lqinlar. Yorug‘likning qutblanishi


Download 497.89 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana08.11.2023
Hajmi497.89 Kb.
#1756873
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4 maruza

4. Tabiiy yorug'lik. Bizga ma'lumki, Maksvell nazariyasiga muvofiq 
yorug'lik ko'ndalang to'lqinlardan iborat bo'lib, elektr va magnit maydon 
kuchlanganliklarining vektorlari Ё va o'zaro perpendikular va to'lqin tarqalish 
tezligi vektori v ga perpendikular tekislikda tebranadi. Shuning uchun ham 
yorug'likning qutblanish qonunlarini o'rganishda faqatgina bitta vektorni 
o'rganishning o'zi yetarlidir. Odatda, mulohazalar yorug'lik vektori deb ataluvchi 
elektr maydon kuchlanganligi vektori E to'g'risida yuritiladi. 



Yorug'lik ko'plab atomlar tomonidan chiqariladi va ko'plab elektromagnit 
nurlanishlarning yig'indisidan iborat bo'ladi. Bu nurlanishlar mustaqil ravishda 
amalga oshirilgani uchun yorug'lik vektorining hamma yo'nalishlar bo'yicha 
taqsimoti bir xil bo'ladi. 
vektori barcha yo'nalishlar bo'yicha teng taqsimlangan yorug'lik tabiiy yorug'lik 
deyiladi (2- rasm).. 
Qutblangan yorug'lik. Yorug'lik vektori tebranish yo'nalishining tekis 
taqsimoti biror usul bilan o'zgartirilgan yorug'lik qutblangan yorug'lik deyiladi. 
Aytaylik, qandaydir tashqi ta'sir natijasida vektor 
tebranishining 
biror 
yo'nalishi 
boshqa 
yo'nalishlarga nisbatan ustunroq bo'lsin. U holda 
bunday yorug'lik qisman qutblangan yorug'lik 
deyiladi (2- rasm).. E vektorining tebranishi faqat 
bitta yo'nalishda ro'y beradigan yorug'lik yassi qutblangan (chiziqli qutblangan) 
yorug'lik deyiladi (2- rasm). 
Yassi qutblangan yorug'lik E vektorining tebranish va to'lqin tarqalish 
yo'nalishlari yotuvchi tekislik qutblanish tekisligi deyiladi.
Qutblanishdan foydalanish. Qutblanish hodisasi xalq xo'jaligida juda 
keng qo'llaniladi. Bularga mexanik yuklanish natijasida vujudga keladigan elastik 
kuchlanish joylarini aniqlash, tovushni yozish va eshittirish kabi tez o'tadigan 
jarayonlarni o'rganish misol bo'ladi. 
Tajribalarning ko'rsatishicha, ba'zi kristallar va organik moddalarning 
eritmalaridan qutblangan yorug'lik o'tganida qutblanish tekisligining burilishi 
kuzatiladi. Qutblanish tekisligini burovchi moddalar optik faol moddalar deyiladi. 
Bunday moddalarga kvars, shakarning suvdagi eritmasi va boshqalar misol bo'ladi. 
Aynan shu hodisadan optik faol moddalar eritmasining konsentratsiyasini 
aniqlashda keng foydalaniladi. 

Download 497.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling