24-variant 1-Mavzu: O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining fan sifatida tutgan o‘rni. Uning o‘rganish ob’yekti va predmeti Reja


Download 0.59 Mb.
bet11/21
Sana04.05.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1424633
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
2. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, m

Internet saytlari:
1. www.ziyonet.uz.
2. www.edu.uz.
3. www.google.uz.
4. www.gov.uz.


ODAM ANATOMIYASI FANI


20-VARIANT


1-MAVZU: OYOQ SUYAKLARINING BIRIKISHI


Reja:
1.SUYAKLARNING VAZIFASI.
2.SUYAKLARNING TUZILISHI VA XILLARI.
3.SUYAKLARNING BIRIKISHI.
4.TANA,QO’L,OYOQ VA KALLA SUYAGINING TUZILISHI.



  • Skelet (ckeletos - qurutilgan) – 200 ortiq suyaklardan tashkil topgan bo’lib, tananing tayanchi bo’lib hisoblanadi va passiv harakat qiladi. Skelet bir qancha alohida suyaklardan tashkil topgan bo’lib, o’zaro biriktiruvchi to’qimalar, boylamlar va tog’aylar yordamida birikib turadi. Skelet organizmda bir necha vazifani bajardi.

  • Tayanch vazifasi yumshoq to’qima va a`zolar suyaklarning o’simta, g’adir-budur do’mboqchalariga birikadi.

  • Harakat funktsiyasi – suyaklar bir-biri bilan xar-xil richaglar xosil qilib, bo’g’in orqali birikadi nerv sistemasi yordamida muskullar qisqarishi bilan yuzaga keladi.

  • Himoya funktsiyasi-ayrim suyaklardan suyak kanali vujudga keladi. Masalan umurtqa pog’onasi orqa miyani, kalla qutisi bosh miyani, ko’krak qafasi yurak va o’pkani, chanoq suyagi jinsiy a`zolarni tashqi ta`sirdan himoya qiladi.

  • Yaratuvchanlik funktsiyasi – suyaklarning ko’mik qismidan qonning shakli elementlari ishlab chiqariladi.

  • Ortiqcha mineral tuzlar deposi ham hisoblanadi

Suyakning tuzilishi


Suyak biriktiruvchi to’qimadan tashkil topgan bo’lib, alohida suyaklar nerv tolasi, qon tomirlari bilan ta`minlangan organ hisoblanadi.
Suyak to’qimasi qattiq, birikturuvchi to’qima bo’lib, suyak hujayralari osteotsitlardan tashkil topgan. Suyak hujayralarida ko’p o’simtalar bo’lib, ular bir-biriga qo’shilishidan alohida plastinkalar — govers plastinkalari ^hosil bo’ladi. Bu plastinkalar tartib bilan ustma-ust joylashishidan govers ustunchalari — minoralari hosil bo’ladi, ularning ichi kovak bo’lganligidan govers kanallari deb ataladi. Bu kanallarda qon tomirlari va nerv tolalari joylashadi. Har qanday suyakning ustki qismida suyak hujayralari zich joylashib, suyakning qattiq (kompakt) qavatini tashkil etadi. Bu qavat tagidagi xujayralar siyrak joylashgan bo’­ladi. Ular murakkab tuzilgan bo’­lib, suyakning pishiqligini oshiradi. Bu qavat g’ovak qavat deb ataladi. U uzun suyaklarning ikki uchida yaxshi ko’rinadi. Fovak qavatda qonning shaklli elementlari hosil bo’lgani uchun u qon hosil qiluvchi organ—qizil ilik deb ataladi. Yassi suyaklarning ba`zi qismlarida, masalan, kurak suyagida bu qavat bo’lmaydi.
Harakatlanish tizimining umumiy anatomiyasi.

  • Tana shaklini ushlab turuvchi skelit, bog’lovchi to’qimalar tuzilmasida bog’langan suyaksimon va tog’ay elementlardan shakllanadi. Uning qismlari skelet muskullari yordamida harakatlantiriladi yoki mahsus holat va vaziyatda ushlab turiladi. Keng qamrovli harakatlanish tizimi atamasi o’z ichiga sklet va muskullarni oladi. Passiv harakatlanish tizimi skletlar va ularning birlashmalaridan iborat bo’lsa , active harakatlanish tizimi o’z ichiga Poyalar va ularning qo’shimcha tuzilmalarini (poya g’iloflari,kesmasimon suyaklar)oladi O’zlarining ushlab turish vazifasidan tashqari, skelet elementlari va ularning birlashmalari muskullarga harakat davomida tayanch sifatida hizmat qiladi sklet elementlari, birlashmalari va muskullari birgalikda harakatlanish organlarini hosil qiladi . SHu bilan birga sklet elementlari organlar sistemasini himoya qilish vazifasini ham bajaradi (bosh suyagi,umurtqa kanali, ko’krak qafasi).

  • Suyaklar. Suyak skleti suyaklarning turli tuzilmalari va shakilaridan iborat.Katta yoshli odamda sklet 200 ta alohida suyaklardan tashkil topgan Ular tig’ay, tolali va synovial birlashmalar orqali bog’langan. Har bir suyak, tog’ay birlashma yuzalar va joylar qayi yumshoq paylar birikkan, birlashtiruvchi to’qima g’ilofi bilan o’ralgan xuddi paypoq kabi.

  • Har bir suyak shakli genetic yo’l bilan aniqlanadi lekin uning tuzilishi unga qo’yiladigan mehanik talabning kengligi va turiga bog’liq. Tashqi ko’rinishga ko’ra suyaklar uzun, qisqa, tekis, va qiyshiq suyaklarga ajratiladi. Uzun suyaklarga misol tariqasida (naysimon suyaklar) bir-biridan erkin bilak to’piqdan tashqari suyaklar olinadi.Uzun suyaklar har bir yakunida diofiz va epifizdaniborat bo’ladi. O’sish mobaynida har bir dioepifiz va shunga mansub epifiz epifizsimon to’g’aylar yordamida ajratiladi. Qisqa suyaklar kubsimon shakldagi suyaklar bilak va to’piq suyaklarni o’z ichiga oladi

  • Uzun suyaklarning ichida sariq ilik saqlanadi. Ba`zi suyaklarning ichi kovak bo’lib, bu ularnnng pishiqligini va Yengilligini ta`minlaydi. Buni oddiy qilib tushuntirish uchun ikkita bir xil qog’oz olib, birining ichi bo’sh, ikkinchisining ichi zich qilib o’raladn va yuk yordamila ularning pishiqligi sinab ko’riladi. Bunda, albatta, zich qilib o’ralgan qog’oz pishiq ekanligi ma`lum bo’ladi. Suyaklarnin ustki qismi pishiq biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan suyak ustligi bilan qoplangan bo’lib, undan suyaklarga qon tomirlari va nervlar o’tadi. Bular suyaklarning oziqlanishida va o’sishida katta ahamiyatga ega.

  • Suyakning ximiyaviy tarkibi. Su­yak organik va anorganik moddalardan tuzilgan. Anorganik moddalarga: kaltsiy, fosfor, magniyli va boshqa mineral tuzlar kiradi. Suyak anorganik moddasining 95%ni kaltsiyli tuzlar tashkil qiladi. Suyak tarkibida ossein va osseomukoid degan organik modda bo’lib, ular tufayli suyak elastiklik xususiyatiga ega. Quritilgan va yog’sizlantirilgan suyaklarning 70%ni mineral tuzlar, 30%ni organik moddalar tashkil qiladi. Organik va anorganik moddalar aralashmasi suyakning pishiqligini ta`minlaydi. Suyakning pishiqligi misning qattiqligiga yaqin.

  • Masalan, ko’ndalang qo’yilgan son suyagi 1200 kg, tik boldir suyagi 1650 kg yuk ko’taradi. Suyak tarkibida ximiyaviy moddalar borligini kuzatish uchun ingichka suyak 10—15% li sulfat kislotaga tushirilsa, tuzlar erib ketib, organik qism qoladi. Bunday suyak rezina kabi elastik bo’lib qoladi. Agar suyak kuydirilsa, organik moddasi yonib, anorganik qismi qoladi. Bunday suyak mo’rt bo’ladi. Yosh organizmning suyaklarida organik moddalar ko’p bo’ladi, yosh oshgan sari anorganik moddalar ortib, organik moddalar kamayib boradi.

  • Skeletda xilma-xil funktsiya bajaradigan: uzun naysimon suyaklar, kalta suyaklar, yassi suyaklar va aralash suyaklar bo’ladi.

  • Uzun suyaklar qo’l-oyoqda bo’ladi. Masalan, son, Yelka, bilak, tirsak suyaklari va boshqalar. Bu suyaklarning ikki uchi va tanasi bo’­lib, uchlari epifiz, tanasi diafiz deb ataladi.

  • Kalta suyaklar har xil shakldagi mayda suyaklar bo’lib, bularga kaft usti, tovon suyaklari va boshqalar kiradi.

  • Yassi suyaklar serbar lentasimon va boshqa turli shakllarda bo’lib, bularda suyaknnng g’ovak qismi kam uchraydi. Yassi suyaklar ko’krak qafasida va miya qutisida bo’­ladi.




  • Suyaklarning birikishi.

  • Skelet suyaklari o’zaro hap xil usulda birikadi. Bu birikishni, asosan, 2 gruppaga: oraliqsiz — uzluksiz birikish, ya`ni sinartroz va oraliqli birikish, ya`ni diartrozga bo’lish mumkin. Sinartroz birikish qo’proq umurtqali hayvonlarda, diartroz birikish odamda, yuksak darajada tuzilgan hayvonlarda uchraydi. Harakatchan bo’g’imlar bilan suyaklar­ning birikishi tarixiy taraqqiyot natijasida kelib chiqqan. Suyaklar­ning bir-biri bilan suyak modda yordamida birikishi sinastoz, tog’ay yordamida birikishi sinxondroz, biriktiruvchi to’qima yordamida birikishi sindesmoz deyiladi. Suyaklar muskul yordamida birikishi ham mumkin. Suyakli birikish butunlay harakatsiz bo’lib, bir suyak ikkinchi suyakka suyak modda yordamida birikadi. Masalan, chanoq va dumg’aza suyaklari ana shunday birikkan. Skeletning ba`zi suyaklari, masalan, umurtqa pog’onasidagi umurtqalar tanasi va qovurg’alar to’sh suyagiga uzluksiz tog’ay yordamida birikadi. Bilak, tirsak suyaklari, katta va kichik boldir suyaklari o’zaro biriktiruvchi parda yordamida birikadi. Kurak suyagi ko’krak qafasi suyaklariga muskul yordamida birikadi.

  • Suyak skeleti suyaklarning turli tuzilmalari va shakilaridan iborat.Katta yoshli odamda sklet 200 ta alohida suyaklardan tashkil topgan Ular tig’ay, tolali va synovial birlashmalar orqali bog’langan. Har bir suyak, tog’ay birlashma yuzalar va joylar qayi yumshoq paylar birikkan, birlashtiruvchi to’qima g’ilofi bilan o’ralgan xuddi paypoq kabi.

  • Odam skeletidagi ko’p suyaklar oraliq bo’g’imlar hosil qilib birikadi. Bo’g’imda asosiy hisoblangan bo’g’im xaltachasi, birikish yuzasi va bo’shliq bo’ladi. Bo’g’im yuzasi gialin tog’ay bilan qoplangan bo’lib, bu tog’ay nerv va qon tomirlari bilan ta`minlangan. Bo’g’im xaltacha­si suyak usti pardasining bo’g’im atrofida kengayishidan hosil bo’ladi. U 2 qavatdan: tashqi pishiq fibroz va ichki yumshoq sinoviy qavatdan tuzilgan bo’ladi. Sinoviy qavatda oqsil, yog’ tomchilari va turli tuzlarni o’zida saqlagan sinoviy bo’g’im moyi ishlab chiqariladi. Bu suyuqlik harakat vaqtida bo’g’imlar yuzasini moylab, sirg’anishni Yengillashtiradi.


  • Download 0.59 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling