24-Variant O’zbekiston Respublikasida nobank kredit tashkilotlari va ular faoliyatining huquqiy-iqtisodiy asoslari
Download 280.77 Kb. Pdf ko'rish
|
Пул са банклар Маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. O’zbekiston Respublikasida nobank kredit tashkilotlari va ular faoliyatining huquqiy-iqtisodiy asoslari.
Toshkent Moliya institute ikkinchi oily ta’lim BHA 90k-2 guruh talabasi Qodirov Oybekning Pul va banklar fanidan MUSTAQIL ISHI 24-Variant 1. O’zbekiston Respublikasida nobank kredit tashkilotlari va ular faoliyatining huquqiy-iqtisodiy asoslari. 2. Bank asoslari. 3. Masala. 1. O’zbekiston Respublikasida nobank kredit tashkilotlari va ular faoliyatining huquqiy-iqtisodiy asoslari. Banklar tomonidan amalga oshiriladigan ayrim moliyaviy operatsiyalarning ushbu Qonunda ruxsat etilgan majmuini amalga oshiruvchi quyidagi kredit tashkilotlari nobank kredit tashkilotidir: mikromoliya tashkiloti — mikromoliyalashtirish faoliyatini amalga oshiruvchi, shuningdek ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa xizmatlarni ko‘rsatuvchi yuridik shaxs; lombard — shaxsiy iste’molga mo‘ljallangan ko‘char mol-mulkning (ashyoning) zakalat tarzidagi garovi asosida jismoniy shaxslarga qisqa muddatli mikroqarzlar berishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs; Mikromoliya tashkilotlari: mikromoliyalashtirish faoliyatini amalga oshirishga; to‘lov agenti (subagenti) yoki banklarning, sug‘urta va boshqa moliya tashkilotlarining agenti vazifalarini amalga oshirishga; o‘zi amalga oshirayotgan faoliyat bilan bog‘liq maslahat va axborot xizmatlarini ko‘rsatishga; tadbirkorlik subyektlariga mikrokredit summasidan oshadigan miqdorda kreditlar, lizing, kafolatlar berishga, faktoring xizmatlari va islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar ko‘rsatishga haqli. Islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar deganda islomiy moliyalashtirishni amalga oshirish standartlarini belgilovchi xalqaro tashkilotlarning qoidalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan ishlab chiqilgan tartibda ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatlar tushuniladi. Lombardlar: shaxsiy iste’molga mo‘ljallangan ko‘char mol-mulkning (ashyoning) zakalat tarzidagi garovi asosida jismoniy shaxslarga qisqa muddatli (bir yilgacha) mikroqarzlar berishga; jismoniy shaxslardan shaxsiy iste’molga mo‘ljallangan ko‘char mol-mulkni (ashyoni) vaqtinchalik saqlash uchun qabul qilishga haqli. Nobank kredit tashkilotlari quyidagilarga haqli emas: bevosita ishlab chiqarish, sug‘urta, shuningdek savdo faoliyatini amalga oshirishga, bundan islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar ko‘rsatuvchi mikromoliya tashkilotlari mustasno va ushbu Qonunda nazarda tutilmagan boshqa faoliyatni amalga oshirishga; jismoniy va yuridik shaxslardan omonatlarni (depozitlarni) jalb etishga; jismoniy shaxs bo‘lgan ishtirokchilardan (aksiyadorlardan) ustav fondiga (ustav kapitaliga) kiritilgan hissa summasidan yoki ularning egaligidagi aksiyalarning nominal qiymatidan oshadigan miqdorda qarz mablag‘larini jalb etishga, bundan obligatsiyalar shaklidagi qarz mablag‘larini jalb etish mustasno. Nobank kredit tashkilotlari qonunchilikda nazarda tutilgan har qanday tashkiliy- huquqiy shaklda tashkil etiladi, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hol mustasno. Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi. Nobank kredit tashkilotining ustav fondi (ustav kapitali) O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida shakllantiriladi va faqat nobank kredit tashkilotining muassislari (ishtirokchilari, aksiyadorlari) tomonidan kiritilgan pul mablag‘laridan tashkil topadi. Nobank kredit tashkilotining ustav fondini (ustav kapitalini) shakllantirish uchun kreditga, garovga olingan mablag‘lardan va majburiyatlar yuklatilgan boshqa mablag‘lardan, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan mablag‘lardan foydalanish taqiqlanadi. Ustav fondining (ustav kapitalining) eng kam miqdori: ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti uchun — yigirma besh milliard so‘mni; mikromoliya tashkiloti uchun — ikki milliard so‘mni; lombard uchun — besh yuz million so‘mni tashkil etishi kerak. Nobank kredit tashkiloti ustav fondining (ustav kapitalining) eng kam miqdori hisob ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza berilgan yoki lombard faoliyatini boshlaganlik haqida xabarnoma yuborilgan kunga qadar shakllantirilgan bo‘lishi va hisob ro‘yxatidan o‘tkazilguniga qadar yoki lombard faoliyatini boshlaganlik to‘g‘risidagi xabarnoma yuborilguniga qadar bank hisobvarag‘ida saqlanishi kerak. Nobank kredit tashkilotlari faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi. Markaziy bank nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish maqsadida quyidagilarni belgilaydi: ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan o‘tish tartibini; nobank kredit tashkilotlarining axborot xavfsizligini va kiberxavfsizligini ta’minlashga doir minimal talablarni; lombardlarning kassa xonalariga doir talablarni; nobank kredit tashkilotlari tomonidan yangi moliyaviy operatsiyalarni, texnologiyalarni va xizmatlarni nazorat qilinadigan cheklangan muhitda (qamrov hududi, sinov davri, xizmatlar hamda operatsiyalar soni va (yoki) hajmi, iste’molchilar soni va boshqalar) sinovdan o‘tkazish bo‘yicha maxsus huquqiy rejimni (“tartibga solish qumdoni”); mikromoliya tashkilotlari tomonidan to‘lov agenti (subagenti) yoki banklar, sug‘urta va boshqa moliya tashkilotlari agenti vazifalarini amalga oshirish tartibini; mikromoliya tashkilotlari tomonidan islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar ko‘rsatish tartibini; mikromoliya tashkilotlari va ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarining aktivlari sifatini tasniflash va baholashga, ularni tasniflash asosida aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarga qarshi zaxiralarni shakllantirishga doir talablarni; mikromoliya tashkilotlari va lombardlar xizmatlari iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishi chog‘ida ushbu tashkilotlar faoliyatiga doir minimal talablarni; maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga doir ichki nazorat qoidalarini. Markaziy bank nobank kredit tashkilotlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida quyidagilarni belgilaydi: nobank kredit tashkilotlari tomonidan faoliyatni va moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish, buxgalteriya hisobini yuritish qoidalarini, hisobotlarning shakli, tuzilishi va mazmunini, moliyaviy hamda nazoratga doir hisobotlarni tuzish uslubiyatini, davriyligini va taqdim etish muddatlarini, tavakkalchiliklarni baholash hamda ularning faoliyatini nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan axborotni taqdim etish muddatlarini; mikromoliya tashkilotlari va ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari uchun prudensial normativlarni hisoblab chiqarish tartibini hamda ushbu normativlarning yo‘l qo‘yiladigan qiymatlarini. Markaziy bank nobank kredit tashkilotlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida: nobank kredit tashkilotlaridan, ularga aloqador bo‘lgan shaxslardan, shuningdek nobank kredit tashkilotlarining uyushmalaridan (ittifoqlaridan) hisobotlarni va hujjatlarni so‘rab olishga hamda tekshirishga, olingan axborotni tushuntirib berishni talab qilishga; nobank kredit tashkilotlarini inspeksiyadan (tekshiruvdan) o‘tkazishga; mikromoliya tashkilotlari tomonidan beriladigan iste’mol kreditlari va mikroqarzlar, shuningdek lombardlar tomonidan beriladigan mikroqarzlar bo‘yicha foiz stavkalarining va to‘lovlarning eng yuqori qiymatlarini belgilashga; mikromoliya tashkilotlarining va ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarining ichki auditiga doir talablarni belgilashga haqli. Markaziy bank mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestrini, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari reyestrini, shuningdek lombardlar reyestrini yuritadi. Download 280.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling