24-Variant O’zbekiston Respublikasida nobank kredit tashkilotlari va ular faoliyatining huquqiy-iqtisodiy asoslari
Download 280.77 Kb. Pdf ko'rish
|
Пул са банклар Маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Masala.
2. Bank asoslari. O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilgan hamma banklar bank faoliyatining subyektlaridir. Banklar faoliyati ushbu Qonun, “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonun , boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solib boriladi. Banklar o‘z faoliyatlarida quyidagi bank operatsiyalarini amalga oshiradilar: jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan vakil banklarning hisobvaraqlarini ochish va yuritish, hisobvaraqlar bo‘yicha hisob-kitob qilish; Bankning ustav kapitali bank muassislari va aksiyadorlari to‘lagan pul mablag‘laridan tashkil topadi. Kreditga va garovga olingan mablag‘lardan hamda boshqa jalb etilgan mablag‘lardan bankning ustav kapitalini shakllantirish uchun foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Alohida hollarda qonun hujjatlariga muvofiq bankning ustav kapitalini shakllantirish uchun budjet mablag‘laridan foydalanilishi mumkin. Eng kam ustav kapitali bank muassislari tomonidan uni ro‘yxatga olish paytigacha to‘lanishi kerak. Ustav kapitali uchun to‘lanadigan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasining Markaziy bankida yoki boshqa banklarida ochilgan jamg‘arish hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Ko‘rsatilgan mablag‘lardan depozit sifatida foydalanish mumkin. Banklar ustav kapitalining eng kam miqdori Markaziy bank tomonidan belgilanadi. Litsenziya berishdan oldin Markaziy bank arizachilarga bank tashkil etish sohasidagi faoliyatlarini davom ettirish imkonini beradigan dastlabki ruxsatnomani beradi. Dastlabki ruxsatnomani berish to‘g‘risidagi qaror ariza va u bilan birga barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab ko‘pi bilan uch oy ichida qabul qilinadi va muassislarning moliyaviy imkoniyatlarini hamda obro‘sini, bank rahbarligiga taklif etilayotganlarning kasb malakalarini, biznes-rejani, moliyaviy rejani, kapitalning tuzilishini, tegishli bank binolari va uskunalar bilan ta’minlash imkoniyatlarini baholashga asoslanadi. Markaziy bank quyidagilarga asoslanib bankni ro‘yxatga olishni va unga litsenziya berishni rad etishi mumkin: bankni ro‘yxatga olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar topshirilmaganligi; ta’sis hujjatlarining qonun hujjatlariga nomuvofiqligi; bir yoki bir necha muassisning moliyaviy ahvoli qoniqarsizligi; muassislar moliyaviy mablag‘larining manbalari e’lon qilinmaganligi; bankni ro‘yxatga olish paytigacha eng kam ustav kapitalining to‘lanmaganligi; bank rahbari va bosh buxgalteri lavozimlariga nomzodlarning bu kasbga nomuvofiqligi. 3. Masala. Bank depozitlari hajmi 70 mlrd so’mga oshdi. Majburiy zahira me’yori 3.5% ni tashkil qiladi. Pul massasining maksimal o’sishi qancha bo’lishi mumkin? Download 280.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling