243 haqorat tushunchasi va uning lingvistik ekspertizasi


Download 33.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi33.5 Kb.
#1563408
  1   2   3
Bog'liq
najmiddinova-n.-haqorat-tushunchasi-va-uning-lingvistik-ekspertizasi (3)



O‘ZBEK AMALIY FILOLOGIYASI ISTIQBOLLARI
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
 
 
 
 
243 
HAQORAT TUSHUNCHASI VA UNING LINGVISTIK EKSPERTIZASI 
Najmiddinova Nilufar
ToshDOʻTAU tadqiqotchisi. 
 
Annotatsiya. Ushbu maqolada haqorat tushunchasi va qonunchilikda unga 
tayinlanadigan jazo, haqorat mazmunining lingvistik ekspertizasi, uning huquqiy 
va lingvistik belgilari haqida fikr yuritiladi. 
Kalit soʻzlar:inson, shaʼni, obroʻ, haqorat, kamsitish, salbiy, maʼmuriy, 
jinoiy, himoya, modda, axborot, lingvistik ekspertiza. 
Annotation. In this country, the concept of insult and the punishment 
imposed for it in the law, the linguistic examination of the content of the insult, its 
legal and linguistic features are considered. 
Key words: person, honor, reputation, insult, discrimination, negative, 
administrative, criminal, protection, content, information, linguistic expertise. 
Dunyoda inson huquqlari, uning joni, mol-mulki va shaʼnining turli 
tajovuzlardan himoya qilish eng muhim va birlamchi vazifaga aylanib bormoqda. 
Jamiyatdagi barcha insonlarning huquqiy jihatdan tengligini taʼminlash uchun 
barcha sohalarda jiddiy va samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 
yurtimizda ham huquqshunoslik va tilshunoslik sohalari kesishmasidagi bir 
muncha yangi soha lingvistik ekspertizaning rivojlanishi bilan shaxsni haqorat 
qilish, uning shaʼni, qadr-qimmati va obroʻsiga daxl qilinishini oldini olish va 
shunday hodisalarni aniqlash borasida qimmatli tadqiqotlar olib borilmoqda. 
Haqorat bilan bogʻliq holatlarda lingvistik ekspertizalar tasnifi N.D.Golev». 
[N.Golev. 
1999], 
Y.I.Galyashina[Y.I.Galyashina.2003] 
tomonidan 
amalga 
oshirildi. Umuman olganda tilshunos uchun HAQORAT [a. – pastlik, razillik, 
tubanlik; pastkashlik; tahqirlash] 1 Kishining or-nomusi, shaxsiyatini pastga 
uradigan, tahqirlovchi maʼno-mazmunli soʻz, gap. Toʻlqinjon buni darrov payqadi, 
koʻzini yashirib, ogʻzidan chiqib ketay degan haqoratni “qult” etib yutdi. F. 
Musajon, Huri. Abdubilol endi yigʻlab, ogʻziga kelgan gapni qaytarmadi, 
alamidan akasining yuziga tupurdi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina. 
Haqorat qilmoq ayn. haqoratlamoq. Siz boʻlsangiz, “meshchan”, deb 
haqorat qildingiz ularni. A. Muxtor, Tugʻilish. Ha, meni haqorat qilgan tillaring 
uzilsin! D. Nuriy, Osmon ustuni. Bahsda qizishgan, baqirgan, qarshi tarafni 
haqorat qilgan odam doim yutqazadi. F. Musajonov, Himmat. [OʻTIL. 5 jild, 186] 
yaʼni nutqdagi muayyan bir soʻz, gap yoki shunday maʼno va mazmunni 
ifodalovchi xatti-harakat “haqorat” hisoblanadi. 
Huquqshunos esa “haqorat” atamasini emas, balki sodir boʻlgan voqeani 
qonuniy ravishda baholaydi, yaʼni quyidagi savol muammoni hal qiladi: 
Huquqshunos esa “haqorat” atamasini emas, balki sodir boʻlgan voqeani 
qonuniy ravishda baholaydi, yaʼni quyidagi savol muammoni hal qiladi: 



Download 33.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling