243 haqorat tushunchasi va uning lingvistik ekspertizasi
O‘ZBEK AMALIY FILOLOGIYASI ISTIQBOLLARI
Download 33.5 Kb. Pdf ko'rish
|
najmiddinova-n.-haqorat-tushunchasi-va-uning-lingvistik-ekspertizasi (3)
O‘ZBEK AMALIY FILOLOGIYASI ISTIQBOLLARI
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi 244 Tilshunos tomonidan aniqlangan va “haqorat” soʻzi deb ataladigan bu xususiyatlar yеtarli boʻladimi, bu vaziyatni huquqshunoslikda “haqorat” deb ataladigan jinoyat deb atash mumkinmi? Haqorat qilish zamonaviy huquqiy tilshunoslikning asosiy tushunchalaridan biridir. Huquqiy jihatdan, Haqorat qilish, yaʼni shaxsning shaʼni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlashdir[Lex.uz] Shundan kelib chiqadiki, nutq faoliyati ikki majburiy shart mavjudligini nazarda tutadi: hurmat va qadr-qimmatni kamsitish; hurmat va qadr-qimmatni kamsitishning bir usuli sifatidagi nopok shakl qoʻllanilishi. Haqorat qilish: a) jabrlanuvchini oʻz xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bogʻliq holda; b) xavfli retsidivist tomonidan yoki tuhmat qilganligi uchun ilgari sudlangan shaxs tomonidan qilingan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Shaxsning shaʼni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlash jabrlanuvchiga nisbatan sodir etilgan har xil harakatlarda, masalan, uyat gaplar bilan soʻkish, turli haqoratli soʻz va iboralarni yozish, betga tupurish, badani bilan axloqsiz harakatlar yoki imo-ishoralar qilish kabi holatlarda ifodalanadi. Maʼmuriy javobgarlikda haqorat taʼrifiga tor tushuncha sifatida berilgan va nisbatan aniq mezonlarga qaratilgan haqoratni ifodalovchi soʻzlar roʻyxati taqdim etilgan. Masalan, axlat, ahmoq, turshak, it, mol, kabi leksik birliklar va haqorat maʼnosini ifodalovchi ishoralar (oʻrta barmoqni koʻrsatish, bosh barmoq bilan aqli zaiflikni ifodalovchi ishora)ni muayyan bir shaxsga nisbatan qoʻllash haqorat qilish. Mazkur holat tilshunoslik nuqtayi nazaridan nutq odobini buzilishi deb qaralsa, huquqiy jihatdan qonun buzilishi deb baholanadi. Biroq, haqoratni qoʻpol soʻz, soʻz birikmalari yoki iboralarni qoʻllash har qanday vaziyatga koʻra har doim ham haqorat maʼnosi mavjud boʻlmasligini inobatga olgan holda tor va bir yoqlama yondashuv asosida xulosa chiqarish ehtimoli yuqori. Shuning uchun, soha mutaxassisigina qonun nuqtayi nazaridan haqorat faktini belgilash vazifasiga ega boʻla oladi. Haqorat mazmuni boʻlishi uchun ikki muhim belgilarning mavjudligini aniqlash zarur: • shaʼn va qadr-qimmatni kamsitishning lisoniy belgilari; • nomaqbul til shaklining lingvistik belgilari. Tilshunoslik maʼmuriy jinoyat sifatida haqorat qilishni, shaʼni va qadr- qimmatini “fuqarolik-huquqiy” kamsitish bilan taqqoslaydi, bu haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan, obroʻsizlantiruvchi maʼlumotlarni tarqatish shaklini oladi. Shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini himoya qilish. Shunday qilib, maʼmuriy huquq sohasi shaʼni va qadr-qimmatini odobsiz shaklda kamsitishdan, shuningdek, fuqarolik huquqi sohasi boʻlgan haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan, obroʻsizlantiruvchi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling