Topshiriq: “Jonkuyarlik” mashqi. Bunda o‘quvchilar o‘zlarining sinflari ingliz tili fan oyligida qanday jonbozlik ko‘rsatishni rejalashtirayapti? Ingliz tilida xabar beradi. (har bir maktab o‘zlarida qaysi xorijiy tili o‘tilsa shunga qarab)
III. Yakuniy qism:
Dars yakunida o‘quvchilar bilan birgalikda olgan bilimlarni umumlashtirilib, savollar bilan mustahkamlanadi.
O‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
Maktab MMIBDO‘_________ ___________________________ sana______ ________________ 20___yil
Sana: “__” ____________ 20__-yil. Sinfi: _____ Sinf rahbari: _____________________
32-mavzu: Kitob ma’rifat chirog‘i.
I. Kirish:
Sinf soati mashg‘ulotning maqsadi: Kitobdan yaxshiroq do‘st yo‘q jahonda. O‘quvchilarda kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosi, hayotni o‘rgatuvchi murabbiy ekanligi haqida tushunchalar hosil qilish orqali ularning qalbi va ongiga kitob o‘qishga bo‘lgan munosabat, kitobni asrab-avaylash va kitobga mehr-muhabbat tuyg‘ularini singdirish.
Kommunikativ kompetensiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Mashg‘ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, amaliy, nazariy, aralash, noan’aviy, ananaviy.
Mashg‘ulot uslubi: tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar.
Mashg‘ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |