25. Ma’ruza. SISTERNALAR HAQIDA Ma’lumotlar ma’ruza rejalari


Och rangdagi neft mahsulotlari uchun to‘rt o‘qli (15-1443 modeli) sisterna


Download 1.6 Mb.
bet2/7
Sana15.06.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1481658
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Маъруза №25 (2)

Och rangdagi neft mahsulotlari uchun to‘rt o‘qli (15-1443 modeli) sisterna (9.3–rasm) 1 doshqozon, 2 avtossepka uskunasi, 3 o‘rta tayanchi, 4 tormoz uskunalari, 5 rama, 6 yurish qismi, 7 chetki tayanch qismlaridan tashkil topgan.

25.3 –rasm. Och rangdagi neft mahsulotlari uchun to‘rt o‘qli sisterna


Neft mahsulotlari uchun to‘rt o‘qli sisternani doshqozoni (9.4–rasm) beshta bo‘ylama listlardan (pastki 7 list qalinligi 10 mm, ikki yon 3 va ikkita yuqorigi 2 list qalinligi 9 mm) tashkil topgan bo‘lib, 1 ikki tubi qalinligi 10 mm, 4 metall narvonlar, 5 tozalash uchun tuynuk (diametri 570 mm), saqlash-chiqarish klapani uskunasi uchun 6 patrubok, yukni chegaraviy quyilish darajasini nazorati uchun 8 va 9 ikkita segmentlardan tashkil topgan. Doshqozonni ichki diametri 3000 mm, tashqi uzunligi – 10,77 m. Doshqozon 09Г2С po‘latdan tayyorlangan.



25.4 - rasm. Neft mahsulotlari uchun to‘rt o‘qli sisterna

Berkitilishini mustahkamlovchi pastki tushirish uskunalarini yaratilishi sisternalarni foydalanish parki ishini yaxshilaydi.


Mahsus sisternalar yuqori quyuqlikdagi yuklar - sut, spirt, vino mahsulotlari, kislota, siqilgan gaz, etil suyuqligi, sement, kalsiylangan soda va bir qancha boshqa mahsulotlar uchun mo‘ljallangan. Mahsus sisternalarning foydalanishi umumiy bo‘lgan sisternalarni qurish zavodlarida tayyorlanishi sababli va ular sonini kamligi tufayli, ular doshqozonini ramaga o‘rnatish va birlashtirish qismlari takomillashtirilgan qurilmalardan qurilgan bo‘ladi.
MDH davlatlaridagi sisternalardagi suyuq yuk og‘irligini boshqa vagon turlari kabi tortish yo‘li bilan emas, balki o‘lchov kalibirovka usuli bilan o‘lchanadi. Buning uchun doshqozon to‘laligi, yukni zichligi, mahsus kalibirovka jadvallari yordamida, ularda doshqozon hajmini, quyilish darajasiga bog‘liqligi orqali yukni og‘irligi hisoblanadi og‘irlik aniqlanadi. Tortishlarini yo‘qotilishi sisternalar harakatini tezlashtiradi va tashilish tannarxini kamaytiradi. O‘lchov - kabilirovka usulidan foydalanish maqsadida, doshqozon silindr qismini ikki tomonida kalibirovka turini ko‘rsatuvchi belgili metaldan raqamlar o‘rnatiladi.
Ko‘tarib yuruvchi elementlariga ko‘ra sisternalar quyidagilarga bo‘linadi:
– vagonga ta’sir qiluvchi barcha asosiy kuchlar ramaga ta’sir qiluvchi;
– barcha ta’sir kuchlari doshqozon bilan ta’sirlanuvchi - ya’ni ramasiz bo‘lgan sisternalar.
Bulardan tashqari sisternalar vagonlarni boshqa turlari kabi o‘qlari, yuklamasi, doshqozon hajmi, doshqozon tayyorlanish usuli, materiali va boshqalari bilan farqlanadi.
Sisterna misolida yuklamasi 120 t bo‘lgan sakkiz o‘qli sisternani ko‘rib o‘tamiz (12.1–rasm). O‘tkazishlilik qobiliyatini oshirish maqsadida Jdanov og‘ir mashinasozlik zavodi (ЖЗТM) MIIT bilan hamkorlikda sakkiz o‘qli ramasiz konstruksiyali sisternani yaratdi.
Bu sisterna avvalgi yaratilgan sisternalardan ko‘p yuklamasi, doshqozonini katta nisbiy hajmi (1,14 m3/t), pogonli yuklanligini katta ko‘rsatkichi bilan farq qiladi, bu esa o‘z navbatida o‘zgarmagan uzunlikda og‘irligini oshirish imkonini, hamda yuk olib borishini yanada oshirish, tashish tannarxini kamaytirish, mehnat unumdorligini oshirish imkonini berdi.
Sakkiz o‘qli bunday sisternani loyihalashtirilishi zamonaviy vagon qurilishini rivojlantirish imkonini berdi. Kuzov og‘irligini engilligi asosiy elementlaridan unumli foydalanish imkonini beradi.
Uni konstruksiyasi bir butun etakchi konstruksiyali bo‘lib, sisternani ramasiz tuzilishi imkonini beradi. Sisterna doshqozoni silindrli qismi va tubidan iborat.
Doshqozonni silindr qismi bo‘ylama joylashgan listlardan tuzilgan. Uni pastki qismi bronli bo‘lib uni qalinligi 12 mm, yuqorigi listlari 9 mm tashkil qiladi. Sisternani avvalgi tuzilishlari bronli list va tepa ko‘ndalang qismlaridan tashkil topgan bo‘lib, ularni kamchiligi yig‘ishdagi mexanizatsiyani murakkablashtirishi va elementlari kattaligi tufayli avtomatik payvandlashini foydalanishi, buni natijasida esa doshqozon birlashish choklarini har xil va uzun bo‘lishi, ko‘ndalang va yon tomonlari choklari kesishgan joylarida kuchlanganlik holatini to‘planishidan bo‘ylama listlardan tashkil topgan.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling