25. Ma’ruza. SISTERNALAR HAQIDA Ma’lumotlar ma’ruza rejalari
Doshqozon tubi torosferik shaklga ega
Download 1.6 Mb.
|
Маъруза №25 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ramasiz sisterna
- Shkvorenli va xrebetli balkalar
Doshqozon tubi torosferik shaklga ega. Buni natijasida silindr qismga o‘tish joyida kuchlanganlik kamayadi va doshqozon hajmi oshadi. Uncha katta bo‘lmagan balandliklarda tubini qoliplashtirilishi soddalashtiriladi. Tuzilishi jihatidan doshqozon qismi radiusi 280 mm, tubi qalinligi 11 mm ga teng.
Tubi doshqozonning silindrik qismiga kesishma choklar bilan payvandlangan. Bunday choklar avvalgi naxlestok usuli bilan mustahkamligi kuchlanganligini yo‘qolishi, choklar urilishini mustahkamligi, sifat sharoitlarini (rentgen, gamma nurlari bilan tekshirilganda) talablarga javob berishi, kam og‘irligi bilan farqlanadi. Doshqozon 2 ta tushirish uskunasi to‘laligini (2 taligi toshib ketmasligi uchun) nazorat qilish segment plankalari berk qilib jihozlangan. Doshqozon ichki va tashqi narvonlarga ega. Ramasiz sisternani eng ma’suliyatli qismi doshqozon tayanchi hisoblanadi. Chunki aynan o‘sha qismi orqali doshqozonga va aksincha, doshqozondan telejkaga yuklardan kuchlar uzatiladi. Doshqozon tayanchlari bir vaqtni o‘zida konsolli qismi ham bo‘lib baquvvat xrebetli hamda shkvorenli balkalar, engillashtirilgan chetki va yon balkalariga ega hisoblanadi. Xrebetli va chetki balkalarga avtossepka uskunasi, shkvorenliga - pyatnik, skolzun va tayanchi bilan o‘rnatilishi mumkin. Telejkani chiqarish o‘ng‘ay bo‘lishi uchun shkvorenli balka uzunligi 3000 mm qilib olinadi. Shkvorenli balka tepa, pastki, vertikal listlardan, qovurg‘asi so‘nggi qismlardan iborat, shunday qismlarni biriga zavod jadvalchasi biriktirilgan. Xrebetli va shkvorenli balkalar kesishishi uchun pyatnik usti kuchlanganligi e’tiborga olinadi. Shkvorenli va xrebetli balkalarga 12 mm qalinlikdagi tayanch listlari payvandlangan. Ular doshqozon uchun bevosita tayanch hisoblanadi. Doshqozonni kuchlanganligini kamaytirish maqsadida bu tayanch listini ko‘rinishi katta ahamiyatga ega. Doshqozonni bronli listga yopishib turishini yaxshilash (kalibirovka bilan yaxshi payvandlash uchun o‘ymalar sonini ko‘paytirish) maqsadida qilingan. Doshqozonni asosiy qismi va tayanchi 09Г2 markali past ligirlangan po‘latdan tayyorlangan. Zaruriy mustahkamlik, baquvvatlik va tovar ko‘rinishiga ega bo‘lishi uchun sisterna doshqozoni geometrik jihatdan nisbatan hech qanday o‘zgarishsiz, o‘yma chiqqanligisiz, yig‘ishdagi ortiqcha elementlarisiz, yaxshi sifatli payvandlash birlashmalari bilan tayyorlanishi zarur, chunki bularni hammasi ortiqcha kuchlanganlikni keltirib chiqaradi. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling