25. Ma’ruza. SISTERNALAR HAQIDA Ma’lumotlar ma’ruza rejalari
Download 1.6 Mb.
|
Маъруза №25 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bunday sisternalar yutug‘i
Mahsus sisternalar.
Mazut, moy va boshqa yuqori quyuqlikdagi yuklar umumiy mo‘ljallangan sisternalar doshqozonlarida tashilganda qiyinchilik tug‘diradi. Bunday yuklarni tushirish qulay bo‘lishi uchun tashqi tomondan isituvchi qoplamali sisternalar yaratilgan. Yuqori quyuqlikdagi yuklarni tashish sisternasi 9.5–rasmda keltirilgan. 9.5–rasm. Yuqori quyuqlikdagi yuklarni tashish sisternasi: 1 - ko‘ylak - qoplama; 2 - to‘kish uskunasi Qoplama doshqozon pastki qismi uchun mo‘ljallangan. U doshqozon devorlari va karkas hamda uchburchak prokat bilan birlashgan tashqi listlardan tashkil topgan. yuklamasi 60 t bo‘lgan sisternani isitish yuzasi 40 m2 tashkil qiladi. Yukni isitish uchun bug‘lar qoplamaga tushirish uskunasi qoplamasidan shtutseri orqali uzatiladi. Bug‘ni chiqishi esa yoki kondensatsiyalanishi doshqozon 2 chetiga joylashgan patrubok (quvurcha) orqali sodir bo‘ladi. Bunday sisternaning tushirish uskunasi klapani odatdagi rezinali birlashtirish halqasi o‘rniga misli xalqa o‘rnatiladi. Buni sababi doshqozonga quyiladigan yukni yuqori temperaturada va katta quyuqlikda bo‘lishidir. Bunday sisternalar yutug‘i kuyidagilardir: tushirish vaqtini qisqartirilishi, yukka isitish uskunasini yaqinlashtirilganda uni oqishi ehtimolini yo‘qolishi; ular safini kamayishi, kamchiligi esa bunday qoplamasi evaziga sof og‘irligini oshishi va uni faqat yuqori quyuqlikdagi yukni tushirishga mo‘ljallanganligi. Neft mahsulotlari tashiladigan sisternalarga sifat belgisi berilgan. Bitum tashiladigan sisternalarni doshqozoni baquvvat, tashqi izolyasiyasiga ega va uni ichiga ilonsimon uskuna belgilangan bo‘lib, u qotib qolgan bitumni eritish uchun ishlatiladi, lekin bu uskunani tez ishdan chiqishi tufayli bitumni tushirilish jarayoni ancha qiyinchilik tug‘diradi. SHuning uchun muxandis A.A.Skorbyashinskiy bunkerli yarimvagonni taklif qildi. (9.6 - rasm). 9.6 – rasm. Bunkerli yarimvagon Bu vagonlar platformalarga joylashgan bunker bo‘lib, ikkita devorga – biri bug‘ni yaqinlashtirish uchun, boshqasi esa aylanishi bo‘lgan devorga ega edi. To‘kish vaqtida bug‘ bunker devoriga yopishgan bitumni eritadi. Shundan so‘ng, bunker yukdan holi bo‘ladi. Bo‘sh bunkerni og‘irlik markazi uning tayanchiga nisbatan pastroq bo‘lgani uchun, uni avvalgi holiga qaytishi o‘ng‘aydir. Bunday bunkerni asosiy kamchiligi uni sisternaga nisbatan sof og‘irlik koeffitsientini kattaligidir. Bunkerli yarimvagonlarni so‘nggilarida bu kamchilik bir muncha to‘g‘rilangan, ya’ni 0,78 o‘rniga 0,65 rejalashtirilgan, uch o‘rniga to‘rtta miqdordagi bunker belgilangan, bu esa joylashtirish - to‘kishga sarflanadigan mehnatni ancha engillashtiradi. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling