25-mavzu. Ayollar kuylagining andozasini tayyorlash, tanlangan model asosida gazlama sarfini aniqlash va bichish tartibi. Reja


Download 472.5 Kb.
bet3/5
Sana09.01.2022
Hajmi472.5 Kb.
#255308
1   2   3   4   5
Vitachlkaning turlari. Kiyimni odam gavdasiga moslash va kiyimni gavdaga yaxshi yopishib turadigan qilish uchun asosiy detallarda vitachlkalar qilinadi. Vitachlkalarning kengligi va soni kiyim gavdaga qay darajada yopishib turishiga bog’liq bo’ladi. Vitachlkalar kiyim ko’krak qismida va bel qismida bo’ladi. Kiyim belga yaxshi yopishib turishi uchun vitachlkalar chuqurroq bo’lishi kerak. Sal yopishib turadigan bo’lsa vitachlkalar eskiz bo’ladi. Vitachlkalar yaxlit va qirqma bo’lishi mumkin. Vitachlkalar tikish uchun detalga ikkita belgi chizig’i qo’yiladi. 1-chiziq detalni bukish chizig’i, 2-chiziq vitachlkani kengligini belgilovchi chiziq bo’ladi. Vitachlka detal chetidan boshlangan bo’lsa, detal qirqimi tomonidan boshlab tikiladi. Detal o’rtasida joylashgan bo’lsa, uning bir uchi tomonidan boshlab tikiladi. Vitachlkaning bir uchi taxlama hosil qiladigan bo’lsa, oldin vitachlka uchini detal ko’pdalangiga biriktirib tikib olinadi. Keyin detalni burchak qilib burib belgi chiziq bo’ylab tikiladi. Murakkab chiziq bo’ylab joylashgan bo’lsa, oldin biriktirib kuklab olinadi, keyin biriktirib tikiladi.


Download 472.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling