25-mavzu. Ayollar kuylagining andozasini tayyorlash, tanlangan model asosida gazlama sarfini aniqlash va bichish tartibi. Reja
Download 472.5 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kiritma va koketkalarni tikish.
Qirqimlarni tikish. Qirqimlar vitachlkalarning bir turi bo’lib, bezak vazifasini o’taydi. Bichilgan detaldan qirqma qismining biri ikkinchisidan bir muncha uzunroq bo’ladi. Uzun qismiga burma beriladi, burma berilgandan keyin ikkala qism teng bo’ladi. Burma hosil qilingan detal tomonidan 0,7-1,0 sm chokning kengligida biriktirib tikiladi.
Kiritma va koketkalarni tikish. Kiyim old va ort bo’laklarini bezash uchun ularda kiritma, kesma va koketkalar bo’ladi. Ular to’g’ri, oval, murakkab shaklda bo’ladi. Bu detallar asosiy detallarga biriktirma yoki bostirma chok bilan tikiladi. To’g’ri yoki oval shakldagi koketkalarni asosiy detalga ulashda ularni o’ngini ichkariga qaratib qirqimlarini tekislab qo’yiladi va 1,25-1,5 sm kengglikdagi chok solib, biriktirib tikiladi. Oval va murakkab shakldagi koketkalarni bostirma chok bilan ulashda baxya qator kengligi 1 sm dan kengroq bo’lsa, koketka qirqimiga shu shaklda qirqib olingan mag’iz qo’yib ag’darma chok bilan tikiladi. Ichki burchakli kiritmani yoki koketkani asosiy detalga bostirma yoki biriktirma chok bilan ulanadi. Ulash jarayonidan ularning ichki burchaklari baxya qator chokining kengligicha kertib qo’yiladi. Keyin koketkani yoki kiritmani asosiy detal bilan o’ngini ichkariga qaratib qo’yiladi va biriktirib tikiladi. Detal o’ng tomonga ag’dariladi, dazmollanadi va bezak bahya qator yuritiladi. Bir tomonga qaratilgan taxlamalarni tikish uchun detal teskari tomonidan uchta Chiziq belgilanadi: 1-taxlama o’rtasini, 2-taxlama kengligini, 3-taxlama tikish choki tugaydigan joyini ko’rsatadi. O’rta chiziq bo’ylab detal o’ngi ichkariga qaratib bukiladi, 2-chiziq bo’ylab taxlama kuklanadi va tikiladi. Baxya qatorni 3-chiziq bo’ylab yuritib tugallanadi va dazmollanadi. Bir tomonga qaratilgan taxlama bir-biriga qaratilgan taxlama, qarama-qarshi tomonga qaratilgan taxlamalar bo’ladi. Bir-biriga qaratilgan taxlama biriktiruvchi vazifasini o’tashi ham mumkin. Bunda ikkita asosiy detaldan tashqari uchinchi qo’shimcha detal ham bo’ladi. Uchinchi detal asosiy gazlamadan bichilgan bo’lib, kengligi taxlamaning ikki tomoniga etadigan kirishi kerak, chokning kengligi 1,2-1,5 sm. Tikmay, burib xosil qilingan taxlamalarga ishlov berish. Yaxlit detalni belgi Chiziqlar yoki kertmalar bo’ylab bukib, zanjirsimon baxyali mashinada bir qator yoki ikki qator vaqtincha baxya qator yuritiladi. Kuklab hosil qilingan taxlama dazmolda yoki pressda dazmollanadi. Download 472.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling