25-mavzu. Ayollar kuylagining andozasini tayyorlash, tanlangan model asosida gazlama sarfini aniqlash va bichish tartibi. Reja
Download 472.5 Kb.
|
Burtma choklarni tikish. Burtma choklar mahsus shnur qo’yib bo’rttirilgan, mayda-mayda taxlama shaklida detal o’ngidan yoki teskari tomonidan tikilgan bo’ladi. Bo’rttirilgan chokni tikish uchun detal o’ngidagi chiziqlarga moslab, teskari tomoniga gazlama parchasi qo’yiladi.
Ayollar va qiz bolalar ko’ylaklari turli bezak choklar, taxlamalar, beykalar, quyma burmalar, turli baxya qatorlar, turlar, qoplam va bezaklar, kashta choklar, fornituralar bilan bezatiladi. Yubkani birinchi kiyib ko`rish (primerka)ga tayyorlash Ishni bajarish tartibi: 1.Teskari tоmоndan to`g`nоg`ich qadab belgilangan jоydan ko`klab qaviq sоlinadi, chоkning охiri mustahkamlanadi. 2.Yubkaning qismlari birlashtiriladi. 3.Yubkaning tоmоnlarini birlashtirib, to`g`nоgich qadaladi va beldan pastga qarab, buksa chizig`ini bir-biriga tushirib sirma qaviq sоlinadi. Chap tоmоnini esa beldan pastga 14—16 sm (zastyojka) tugmalash uchun qоldirib o`sha jоydan pastga qarab sirma qaviq sоlinadi. Etak va bel qismini belgilangan jоydan buklab, оchiq buklоv chоkida ko`klab chiqiladi Birinchi kiyib ko`rishni o`tkazishda ko`rilgan kamchiliklar tuzatiladi. Bunda belga kengrоq tasmani taqib, yubkani kiydiriladi, оld o`rtasini, оrqa o`rtasini to`grilab to`g`nоgich bilan to`g`nab qo`yiladi. Tekshirish o`ng tоmоndan bоshlanadi, to`g`ri kelmagan jоyini bo`r bilan belgilanadi. Agar kamchilik ko`p bo`lsa, ikkinchi kiyib ko`rish o`tkaziladi. Tekshirishda aniqlangan kamchiliklar to`g`rilanadi. 1-rasm 2-rasm 67 Vitоchkalarning turishi, skladkalarning tushishi, etak qismning bir хil kenglikda qayirilishi, yon chоklari va bоshqalar ko`rib chiqiladi. Masalan, vitоchka nоto`g`ri tikilgan bo`lsa, yana uning o`rnini belgilab qaytadan tikiladi. Birinchi kiyib ko`rishni o`tkazish. / 1.Belga tasma qo`yib turnab qo`yiladi. 2.Yubkani kiydirib gavdaga mоslab tasmaga to`g`nоgich bilan turnab qo`yiladi. 3.Agar yubka keng bo`lsa, yon chоkidan klinlar chetidan ko`prоq chоkka оlinadi, agar tоrrоq bo`lsa, chоkidan kengaytiriladi. 4.Chоkining оldiga yoki оrqaga o`tganini ko`rib jоyiga keltiriladi . 5.Agar vitоchka nоto`g`ri tursa, to`g`ri jоyini belgilanadi . 6.Skladkaning bоstirib tikiladigan o`rni belgilanadi . 7.Yubkaning uzunligini pоldan chizg`ich qo`yib aniqlanadi . 8. Etakning hamma tоmоnini bo`r yoki to`g`nоg`ich bilan belgilab chiqiladi . Ayollar ko’ylagini birinchi kiyib ko’rishda kiyimga kiritilishi lozim bo’lgan tuzatishlar gavdaning faqat o’ng tomonida ko’rsatiladi, gavda tuzilishida nuqsoni bo’lgan , masalan, bir yelkasi past va hakozo kishilarda esa o’ng va chap tomonlarida ko’k solib ko’rsatib qo’yiladi. Birinchi kiyib ko’rish vaqtida quyidagilarga e’tibor berish lozim. Birinchi kiyib ko’rishda lif oldining orqasining o’rta chiziqlari gavdaning aniq o’rtasidan o’tganligi tekshiriladi. Agar kiyim (ko’ylak) tugmali bo’lsa, kiyim orqasi yoki oldining o’ng va chap tomonlari (tugmalar, molniya va hokozalarning qayerga qadalishiga qarab) sal ortib chiqib, bir-birini qoplab turishi va ularning o’rta qismi bir chiziqda yotishi lozim. Bundan tashqari birinchi kiyish vaqtida yelka choklari tekshiriladi, yelkaning o’rtasiga to’g’ri kelmagan bo’lsa, chok so’tiladi va to’g’irlab yangidan tikib chiqiladi.Ko’krak vitchkasining yelkadagi yo’nalishi va kengligi hamda kiyimning fasoniga yarasha yon chokka yoqa o’miziga va boshqa joyga to’g’ri ko’chirilganligi, beldagi vitechkalar skladka yoki burmalarning turishi tekshiriladi. Ikkinchi kiyib ko’rishda kiyimning hamma chiziqlari shuningdek uzunligining to’g’riligi tekshirilishi lozim. Uzunlikni aniqlash uchun chizg’ichning bir uchi yerga (polga) tiraladi va etakning uzunligi shu chizg’ich bo’yicha tekshiriladi. Kiyimning belgilangan uzunligini chizg’ichning qaysi raqamiga to’g’ri kelishini aniqlangach etak aylanasining shu raqamga to’g’ri kelgan joylarini bor yoki sovun bilan yo bo’lmasa igna to’g’nog’ich bilan belgi qo’yiladi. So’ngra etak belgilar izidan qayrib tikiladi. Lif bilan yaxlit bichilgan yengni xususan puxta tekshirish kerak. Engning ustki choki yelka qo’lning qoq o’rtasidan o’tishi, o’ngga ham chapga ham siljimagan bo’lishi lozim. Yelka, yon choklar va boshqa choklar oddiy chok bilan tikiladi. So’ngra chokning qirqilgan chetlari mashinada yoki qo’lda yo’rmab tikiladi. Choklarni yo’rmashning bir nechta usuli bor. Mashinada yo’rmab chiqish bularning eng ko’p qo’llaniladigan turidir. Buning uchun chokning qirqilgan chetini 0,3-0,5 sm kenglikda teskarisiga qayirib eng chetidan ipak ip bilan mashinada bostirib tikiladi, ipning rangi gazlama rangidan farq qilmasligi lozim. Agar mashinaning yo’rmab tikiladigan maxsus moslamasi bo’lsa, u holda chokning qirqilgan cheti mashinada yo’rmab chiqiladi. Download 472.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling