25-mavzu. Ayollar kuylagining andozasini tayyorlash, tanlangan model asosida gazlama sarfini aniqlash va bichish tartibi. Reja
Download 472.5 Kb.
|
Qirqimlarga ishlov berish. Biriktirma choklarning qirqimlari (yon chok, elka, eng, umiz) choklari mahsus mashinada yormaladi. Chok xaqini bir tomonga yotqizib dazmollashda ikkala qirqim birga yormaladi. Titilmaydigan duxoba va ipak gazlamalarning qirqimlarini mahsus mashinada arra tishli qilib qirqsa ham bo’ladi. Adib ichki qirqimlari turli mag’izlar (eng uchi, cho’ntak, yoqa, umiz mag’izlarining) ichki qirqimlari mahsus mashinada yo’rmaladi. Ayrim detallar qirqimi mag’iz qo’yib tikiladi. detal chetiga mahsus tasma qo’yib mag’iz xosil qilishda mashinaga mahsus moslama qo’yib, tasmani ikki bukib, universal mashinada bostirib tikiladi. Bir qavat qiya bichilgan mag’iz qo’yib mag’iz chok xosil qilishda ham mahsus buklagich moslama yordamida mag’izni ichkari tomonga bukib, asosiy detalga bostirib tikiladi. Ikki qavat mag’iz qo’yib tikiladigan mag’iz chokni tikish uchun uning o’ngiga ustki tomonga qaratib, ikki bukib dazmollab olinadi. Gazlama parchaning qirqimlari asosiy detal qirqimlariga to’g’rilab qo’yiladi-da, biriktirib tikiladi. Keyin gazlama parchasini detal qirqimining atrofidan aylantirib, teskari tomonga o’tkaziladi va biriktirma chok yonidan baxya qator yuritib tikiladi. Asosiy detal qirqimlariga bezak beyka qo’yib tikish ham mumkin. Bezak beyka yalang qavat yoki ikki qavat qilib detalga ulanadi. Yalang qavat bezakni beyka asosiy detalining teskari tomoniga o’ng tomonini qaratib qo’yib, 0,5-0,7 sm kenglikda biriktirma Chok bilan tikiladi. Keyin beykani detal o’ngiga qaytarib, kirqimini ichkari tomonga 0,5-0,7 sm bukib, bukilgan ziydan, 0,1-0,2 sm oraliqda bostirib tikiladi. detal qirqimiga ikki qavat beyka qo’yib tikishda beykani uning o’ngini ust tomoniga qaratib, ikki bukib dazmollab olinadi. Beykani ochiq qirqimlarini detal teskari tomonidan qirqimlariga to’g’rilab qo’yib, biriktirib tikiladi. Beykani detal o’ngi tomoniga qaytarib, undan 0,1-0,2 sm kant chiqarib, yuqori ziyini asosiy detalga 0,1-0,2 sm masofada bostirib tikiladi.
Download 472.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling