25-mavzu Tashkiliy hujjatlar va ularning turlari
Download 256.01 Kb. Pdf ko'rish
|
25 мавзу (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilib oling.
Shartnoma - ikki yoki undan ortiq tomonning fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini
belgilash, o‘zgartirish yoki to‘xtatish haqidagi rasmiy hujjat. Shartnoma korxona, tashkilot, muassasa yoki xo‘jaliklar, shuningdek, fuqarolar o‘rtasida tuzilishi mumkin. Shartnomalar mazmunan turlicha bo‘ladi: Mahsulotlarni yetkazib berish shartnomasi, Ijara shartnomasi, Moddiy javobgarlik shartnomasi, Mehnat bitimi. Shartnomalar qonunga muvofiq tuzilgan bo‘lib, bu qoidaning buzilishi shartnomaning qonuniy kuchini yo‘qqa chiqaradi va uni shu ahvolda tuzgan yoki tuzishga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarni javobgar bo‘lishga olib keladi. Xo‘jalik shartnomalari, asosan, quyidagi zaruriy qismlar asosida tuziladi: 1. Shartnomaning nomi (Yetkazib berish shartnomasi, Ijara shartnomasi, Pudrat shartnomasi). 2. Shartnoma tuzilgan sana. 3. Shartnoma tuzilgan joy. 4.Shartnoma tuzayotgan tomonlar (xo‘jalik, korxona, tashkilot, muassasa) ning aniq va to‘liq nomi; tomonlar vakillarining ismi va ota ismlari, familiyalari. 5. Shartnoma matni (bu qism ba`zan boblarga bo‘linadi, har bir bob rim raqamlari bilan belgilanadi. Boblar bandlarga bo‘linib, ularning tartib raqamlari arab raqamlari bilan ko‘rsatiladi). Shartnomaning amal qilish muddati ham qayd etiladi. 6. Tomonlarning manzillari. 7. Tomonlarning imzolari va muhrlari. Shartnoma ikki nusxadan kam bo‘lmasligi kerak. Shartnomaning barcha nusxalari bir xil huquqiy kuchga ega bo‘ladi. Shartnoma namunasi Shartnoma Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumaniga qarashli "Andoq" qishlog‘i. Bir ming to‘qqiz yuz to‘qson to‘qqizinchi yilning beshinchi yanvari. "Andoq" fermer xo‘jaligi nomidan ish ko‘ruvchi xo‘jalik raisi Qodirov Mahmud Turdiyevich (keyingi o‘rinlarda "Ma`muriyat" yoki "Xo‘jalik" deb ataladi) bir tomon va mazkur xo‘jalik a`zosi Komil Salomovich Turg‘unov (keyingi o‘rinlarda "Xo‘jalik a`zosi" yoki "Xodim" deb ataladi) ikkinchi tomon bo‘lib, ushbu shartnomani quyidagilar haqida tuzdik: 1. Xo‘jalik ma`muriyati xo‘jalik ixtiyoridagi 5-bo‘limga qarashli 10 (o‘n) gektar yerni K.S.Turg‘unovga bug‘doy (tarvuz) ekish uchun ijaraga berdi. 2. Xo‘jalik hisobidagi yer ikki yil muddatga, 1995-yil 10-yanvardan 2001-yil 10-yanvargacha ijaraga berildi. 3. Yerdan foydalanish uchun to‘lanadigan haq shartlashayotgan tomonlarning kelishuviga muvofiq belgilanadi va qonunda ko‘zda tutilgan miqdordan oshirilmaydi. 4. Ijaragir yerni haydash, ekin ekish, yig‘ib-terib olish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. 5. K.S.Turg‘unovning yerdan boshqa maqsadlarda foydalanishi taqiqlanadi. 6. Ushbu yer favqulodda xo‘jalikka kerak bo‘lib qolgan taqdirda. yoki xo‘jalik tarqatib yuborilsa, mazkur shartnoma muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin. 7. Shartnoma muddati tugagandan so‘ng, K.S.Turg‘unov yerni topshirish majburiyatini oladi. 8. Ijara to‘lovi shartnoma bo‘yicha har bir gektar uchun olingan hosilning yarmi miqdorida belgilanadi. 9. Ijaragir aybi bilan yer foydalanilmay ushlab turilsa, xo‘jalikka yetkazilgan zarar hajmini aniqlash va uni undirib olish amaldagi qonunlarga muvofiq amalga oshiriladi. 10. Agar ko‘rilgan zararda Ijaragirning aybi bo‘lmasa, u moddiy javobgar hisoblanmaydi. 11. Ushbu shartnoma ikki nusxada tuzildi, birinchi nusxasi- Ma`muriyatda, ikkinchi nusxasi esa Ijaragirda saqlanadi. Shartnoma tuzuvchi tomonlarning manzillari: Ma`muriyat: Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumani "Andoq" fermer xo‘jaligi (imzo) M.T.Qodirov 1 -mashq. Shartnomaga oid quyidagi so‘z va so‘z birikmalarini daftaringizga yozib oling va gap tuzing. Shartnoma, buyurtmachi, muassasa, bajaruvchi, ijrochi, munosabat o‘rnatmoq, majburiyatlarini oladi, amalga oshiriladi, moddiy javobgar hisoblanmaydi, o‘z kuchini yo‘qotmaydi, ijaraga oluvchi (ijaragir), mehnat bitimi, ta`minlaydi, zimmasiga oladi, hal qiladi, bajaruvchining majburiyatlari, buyurtmachining majburiyatlari. 2 -mashq. Quyidagi so‘z va so‘z birikmalarining ma`nosini lug‘at yordamida aniqlang va ular ishtirokida gaplar tuzing. Zimmasiga oladi, munosabat o‘rnatmoq, ta`minlaydi, moddiy javobgar hisoblanmaydi, o‘z kuchini yo‘qotadi. Bilib oling. Download 256.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling